Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

 
 
20.4. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarning 
sintetik hisobi 
Xodimlarga tegishli ish haqi, mukofot, nafaqalar hisoblashni amalga oshirish bilan bir vaqtda bu 
summalar korxona buxgalteriyasida tegishli registrlarda hisobga olib boriladi. 
Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi Nizomga binoan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan 
mehnatga haq to‘lash xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga o‘tkaziladi. 
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagilar kiradi: 
- xo‘jalik yurituvchi subektda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq 
bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda 
bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan 
bajarilgan ishni hisobga olish bo‘yicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi tusdagi 
to‘lovlar; 
- kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar; 
- ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsiya tusdagi to‘lovlar, shu 
jumladan: 


156 
- texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va 
bayram kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qo‘shimcha haq; 
- smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qo‘shib olib borganlik va xizmat ko‘rsatish zonalarini 
kengaytirganlik uchun ustamalar; 
- hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro‘yxati bo‘yicha og‘ir, zararli mehnat va tabiiy-
iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji 
uchun ustamalar; 
- aloqa, temir yo‘l, daryo, avtomobil transporti va katta yo‘llar xodimlarining va doimiy ishi yo‘lda 
o‘tadigan yoki qatnov tusiga ega bo‘lgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xo‘jalik yurituvchi subekt 
joylashgan joydan jo‘nagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha to‘lanadigan yo‘lda 
o‘tgan har bir sutka uchun to‘lanadigan ustamalar; 
- qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita band bo‘lgan, shuningdek 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun 
ishning ko‘chma va qatnov xususiyati uchun ustama; 
- doimiy ravishda er osti ishlarida band bo‘lgan xodimlarga ularning shaxtada ish joyiga jo‘nab 
ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha o‘tadigan normativ vaqt uchun qo‘shimcha haq; 
- mehnatga haq to‘lashning rayonlar bo‘yicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsientlari 
va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq cho‘l, suvsiz va yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik uchun 
koeffitsentlar bilan belgilangan to‘lovlar; 
- xo‘jalik yurituvchi subekt joylashgan joydan ish joyiga va orqaga qaytadigan yo‘lda o‘tadigan 
kunlar uchun vaxtada ishlash jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek xodimlarning meteorologiya 
sharoitlariga ko‘ra va transport tashkilotlarining aybi bilan yo‘lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif 
stavkasi, oklad miqdorida to‘lanadigan summalar; 
- ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va qonun hujjatlari bilan 
belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining normal davom etishidan ortiq ishlaganligi 
munosabati bilan beriladigan dam olish kunlari, uchun haq to‘lash; 
-ishlamagan vaqt uchun haq to‘lash: 
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi va qo‘shimcha ta’tillar, navbatdagi 
foydalanilmagan va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalar, o‘smirlarning imtiyozli soatlari, 
bolani ovqatlantirish uchun onalar ishidagi tanafuslar, shuningdek tibbiy ko‘riklardan o‘tish bilan 
bog‘liq vaqt uchun haq to‘lash; 
- majburiy ta’tilda bo‘lgan xodimlarga, asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan holda haq to‘lash; 
- donor xodimlarga qonni tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon topshirilgan har bir kundan 
keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq to‘lash; 
- davlat vazifalarini bajarganlik uchun mehnat haqi to‘lash; 
- xo‘jalik yurituvchi subekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular tomonidan fuqarolik-
huquqiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ishlar bajarilganligi uchun haq to‘lash, agar bajarilgan 
ish uchun xodimlar bilan hisob-kitob xo‘jalik yurituvchi subektning o‘zi tomonidan amalga oshirilsa 
pudrat shartnomasi ham shu jumlaga kiradi; 
- belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi xodimlar mehnatiga haq 
to‘lash fondiga kiritiladigan to‘lovlarning boshqa turlari. 
Barcha bu mehnat xarajatlari bevosita quyidagi schyotlarning debeti bo‘yicha 2010-«Asosiy 
ishlab chiqarish», 2310-«YOrdamchi ishlab chiqarish», 2510-«Umum ishlab chiqarish xarajatlari», 
2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar», 2710-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar» 3100- 
«Kelgusi davrlar xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan 
hisoblashishlar» schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi. 
Ishchilarning ta’til vaqti uchun hisoblangan ish haqi summasiga 8910-«Kelgusi xarajatlar va 
to‘lovlar zaxiralari» (agar korxonaga bunday zaxira mablag‘larini tashkil qilish huquqiy berilgan 
bo‘lsa) schyoti Debetlanib 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar» schyoti 
kreditlanadi va 15-qaydnomasga binoan 10 va 10/1 jurnal-orderlarida aks ettiriladi. 


157 
Ishga qobiliyatsizligi bo‘yicha nafaqa va ijtimoiy sug‘urta organlari mablag‘lari hisobidan 
to‘lanadigan boshqa to‘lovlar 6520-«Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar» schyotining Debeti 
va 6710-schyotning kreditiga yozilib 10/1 jurnal-orderida aks ettiriladi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish