111
chiqish uchun foydali xizmat muddatining butun davomidagi umumiy baholangan jami ishlab
chiqarish hajmini va konkret bir yildagi ishlab chiqarish hajmini aniqlash zarur. Ishlab chiqarilgan
mahsulot
birligi soni, ishlangan soatlar miqdori, bosib o‘tilgan tonnakilometr
miqdori va shunga
o‘xshaganlar ishlab chiqarish hajmi sifatida qabul qilinishi mumkin.
Eskirishni hisoblashning ishlab chiqarish usulida eskirishning yillik summasi hisobot
davridagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) hajmining tabiiy ko‘rsatkichi
hamda asosiy vositalar
obektining tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang‘ich (qayta tiklovchi) qiymatining ushbu
asosiy vositalar obektining butun foydali xizmat muddati davomida ishlab chiqariladigan mahsulot
(ish, xizmat)larning taxminiy baholangan hajmiga bo‘lgan nisbatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Asosiy vositalardan intensiv ravishda foylalanilgan, shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti kuchli
tasir ko‘rsatgan hollarda asosiy vositalarning eskirishini tezlashtirish yo‘li bilan ifodalanib, u quyida
keltirilgan ikkita usul orqali hisoblanadi: ikki karrali eskirish me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq
usuli va yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul).
Ikki karrali eskirish me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha eskirishni hisoblash
davrida aktivning eskiradigan qiymati kamayib boradi. Ushbu usul bo‘yicha eskirishni bir tekisda
(to‘g‘ri chiziqli) hisoblash usulidan kelib chiqib hisoblangan eskirish me’yori ikki karraga oshirilib,
mazkur hisobot davridagi tegishli asosiy vositaning qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki karrali
eskirish me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli bo‘yicha eskirishni
hisoblashda taxminiy
baholangan tugatish qiymati boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan chegirib tashlanmaydi.
Ikki karrali eskirish me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida yillik eskirish summasi
asosiy vositalar obektining hisobot yili boshidagi qoldiq qiymati va ushbu obektning foydali xizmat
muddatidan kelib chiqib hisoblangan va ikki karraga oshirilgan eskirish
meyoriga asoslangan holda
aniqlanadi.
Masalan: oldingi -misolda kompyuterning foydali xizmat muddati 5 yilga teng edi. Mos holatda,
to‘g‘ri chiziqli usulda yillik eskirish me’yori 20 % (100% / 5)ni tashkil etadi. Ikki karrali eskirish
me’yori bilan kamayib boruvchi qoldiq usulida, eskirish me’yori 40 % (2 x 20%) ga teng bo‘ladi.
Ushbu 40 %dagi qatiy stavka har yil oxirida asosiy vositaning balans qiymatiga nisbatan ishlatiladi.
14.3-jadval
Kompyuter bo‘yicha eskirish hisoblanishi
Eskirish
hisoblanish
davri
Boshlang‘ich
(qayta
tiklash)
qiymat
Eskirishning yillik summasi
To‘plangan
eskirish
summasi
Qoldiq
qiymati
1-yil oxiri
1 100 000
40% x 1100000= 440000
440 000
660 000
2-yil oxiri
1 100 000
40% x 660000= 264 000
704 000
396 000
3-yil oxiri
1 100000
40% x 396000=158 400
862 400
237 600
4-yil oxiri
1 100000
40% x 237600=95 040
957440
142 560
5-yil oxiri
1 100 000
(40%x 142560=57024
«nazorat maqsadida")
100000-57440= 42560
1000 000
100 000
Yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul)ga muvofiq, har bir yil uchun eskirish me’yori eskirish
muddatining oxirigacha qoladigan eskiriadigan qiymatning ulushi sifatida aniqlanadi. Ushbu ulush,
eskirish stummasi tugashigacha qolgan to‘liq yillar raqami (soni)ni eskirish muddatini tashkil qiluvchi
yillarning tartib raqami yig‘indisiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Yillar yig‘indisi usuli (kumulyativ usul)da yillik eskirish summasi asosiy vositalar obektining
tugatish qiymati chegirib tashlangan boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati hamda maxrajida ob’ektning
foydali xizmat muddati yillari yig‘indisi va suratida obektning foydali
xizmat muddati oxirigacha
qolayotgan yil soni (raqami) bo‘lgan nisbatdan kelib chiqib aniqlanadi.
112
Masalan: oldingi -misolda kompyuter 5 yillik foydali xizmati muddatiga ega edi. Foydalanish
yillari soni (raqamlari)ning yig‘indisi 15 (kumulyativ son)ni tashkil etadi.
14.4-jadval
Kompyuter bo‘yicha eskirish hisoblanishi
Eskirish hisoblanish
davri
Eskirish qiymati
Eskirishning
yillik summasi
To‘plangan
eskirish
summasi
1-yil oxiri
1000 000
(5/15x1000000)= 333333,3
333333,3
2-yil oxiri
1 000 000
(4/15x1000000)= 266666,7
600000,0
3-yil oxiri
1 000 000
(3/15x1000000)= 200000,0
800000,5
4-yil oxiri
1000 000
(2/15x1000000)= 133333,3
933333,3
5-yil oxiri
1000 000
(1/15x1000000)= 66666,7
1000000,0
Keyinchalik har bir kasrni 1000000 so‘mga teng bo‘lgan amortizatsiyalanadigan qiymatga
ko‘paytirish yo‘li bilan har yilgi eskirish summasi aniqlanadi: yani 5/15, 4/15, 3/15, 2/15,1/15.
Soliq
solish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida asosiy vositalarning
boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatiga nisbatan foizlarda yillik eskirish me’yori belgilangan bo‘lib,
ular xarajatlarga bir tekisda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: