107
kerak; agarda haqiqiy xarajatlar zaxira qilingan mablag‘lar summasidan oshib ketsa, unda ortiqcha
summa "Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar" elementi tarkibida aks ettiriladi.
Zaxiralarni hisoblash bo‘yicha operatsiyalar 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar
zaxiralari" schyoti krediti va harajatlarni hisobga oluvchi schyotlar debeti bo‘yicha aks ettiriladi.
Zaxira qilingan mablag‘lar summasi hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy xarajat va to‘lovlar,
8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar zaxiralari" schyotining debeti hamda xarajatlarni hisobga
oluvchi schyotlarning krediti yozuvi orqali, zaxiralarning kamayishiga olib boriladi.
U yoki bu zaxira bo‘yicha summalarning tashkil etilishi va undan foydalanishning to‘g‘riligi
smetalar, hisob-kitoblar va shunga o‘xshaganlarning malumotlari bilan vaqti-vaqtida solishtirilib
boriladi va zarur hollarda ularga tuzatishlar kiritiladi.
5-son BHMSning 50-bandiga muvofiq, chiqib ketayotgan asosiy vositalar obektining qiymati
balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Asosiy vositalar korxona balansidan ularni: tugatishda;
sotganda; almashtirilganda; tekinga berilganda; ta’sis ulushi sifatida ustav kapitaliga berilganda; uzoq
muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha berilganda; kamomad yoki yo‘qotishlar aniqlanganda;
qatnashchilar tarkibidan qatnashchining chiqishi natijasida berilishi hollarida hisobdan chiqariladi.
Bitta asosiy vositada turlicha foydali xizmat muddatiga ega bo‘lgan bir necha mustaqil obektlar
bo‘lgan hollarda, asosiy vositani qayta tiklashda ushbu har bir obektning almashtirilishi alohida
inventar obektining chiqib ketishi yoki xarid qilinishi sifatida hisobga olinadi.
Asosiy vositalar obektini qisman tugatish hollarida uning boshlang‘ich qiymati va to‘plangan
amortizatsiyasi obektning tugatilgan qismiga tegishli boshlang‘ich qiymati va to‘plangan amortizatsiya
summasiga mos holda kamaytiriladi.
Asosiy vositalar obektlari chiqib ketishidan olinadigan moliyaviy natija, asosiy vositalarning
chiqib ketishidan olinadigan daromad summasidan ularning qoldiq qiymatini hamda asosiy
vositalarning chiqib ketishi bilan bog‘liq egri soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali
aniqlanadi.
Asosiy vositalar obektlarining chiqib ketishidan ko‘rilgan moliyaviy natijani aniqlashda, ilgari
qayta baholangan asosiy vositalar obektlarini qo‘shimcha baholash summasining qoldig‘i, ya’ni
avvalgi qo‘shimcha baholash summalarining asosiy vositalar ushbu obektining avvalgi
arzonlashtirilgan summasidan oshib ketgan qismi, asosiy vositalarning chiqib ketishidan olinadigan
daromad tarkibiga kiritilib, ayni vaqtda 8510 - «Mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar"
schyoti bo‘yicha zaxira kapitali kamayadi.
O‘zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi qonuniga muvofiq, asosiy
vositalarning haqiqiy mavjudligini aniqlash va ularning saqlanishini nazorat qilish maqsadida korxona
tomonidan asosiy vositalarning inventarizatsiyasi vaqti-vaqti bilan, lekin ikki yilda kamida bir marta,
kutubxona fondlari bo‘yicha esa besh yilda bir marta o‘tkaziladi.
Asosiy vositalarning inventarizatsiyasi 19-sonli buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq
belgilangan tartibda o‘tkazilad
14
Korxonalarda mulklarni inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan
asosiy vositalarning kamomadi va ortiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa
tortilishi amaldagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
15
Do'stlaringiz bilan baham: