101
korxona tomonidan mazkur soliqlar to‘langanda hisobga olinadi, biroq asosiy vositalarni sotib olish
ishga tushirishda yuqorida ko‘rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo‘shiladi.
Xo‘jalik yurituvchi subektlar amaliyotida asosiy vositalarning dastlabki qiymati, odatda,
ularning korxonaga kelib tushishi sabablaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Asosiy vositalarning
korxonaga kelib tushishining asosiy manbalari quyidagilar: obektni oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha
sotib olish; kapital kiritmalar yakunlangandan keyin ishga tushirilgan obektning oldi-berdisi; tasischi
tomonidan ustav kapitaliga qo‘shilgan ulush; tekin tushum yoki davlat subsidiyasi; ayirboshlash; uzoq
mudlatli ijara shartnomasi moddiy-tovar zaxirasi tarkibidan o‘tkazish; qiymati avval belgilangan
asosiy vositalarga kapital kiritmalar;
Inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obektlarini aniqlash.
5-BHMSning 11-bandi haq evaziga olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga kiritilgan
quyidagi sarflarni belgilaydi: shartnoma bo‘yicha qurilish-montaj ishlari uchun pudratchilarga va
aktivlarni etkazib beruvchilarga to‘langan summa; asosiy vositalarga egalik huquqini olish bilan
bog‘liq ro‘yxatga olish yig‘imi, davlat bojlari va shu kabi boshqa to‘lovlar; bojxona bojlari va
yig‘imlari; asosiy vositalar obektlarini sotib olish bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar summasi; asosiy
vositalar obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun
to‘lanadigan summa; asosiy vositalarning obektlarini etkazib berish tavakkalchiligini sug‘urta qilish
bo‘yicha harajatlar; asosiy vositalarning sotib olishdagi vositachilarga to‘lanadigan haq; asosiy
vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, sozlash, ishga tushirishga to‘lanadigan harajatlar; aktivni maqsadli
foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa harajatlar;
5-BHMSning 12-bandiga muvofiq qurilish davrida qurilish uchun olingan uzoq muddatli kredit
bo‘yicha o‘tkazilgan foizlar ishga tushirilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga qo‘shiladi. Agar
xo‘jalik yurituvchi subekt asosiy vosita bilan bog‘liq sarflarni to‘lash uchun moliya-kredit
tashkilotlaridan maqsadli kredit olish bo‘lsa, mazkur maqsadli kredit bo‘yicha o‘tkazilgan foizlar
obektning ishga tushirilishi xo‘jalik yoki pudrat usullari bilan amalga oshirilganidan qatiy nazar, ishga
tushirilish jarayoni davomida asosiy vositalarning ishga tushirilayotgan obekti qiymatiga kiritilishi
kerak.
Asosiy vositani ishga tushirish yakunlangan, ya’ni u foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, foiz
xarajatlarini kapitallashtirish to‘xtatiladi, asosiy vositalar obekti foydalanishga berilgandan keyin
o‘tkazilgan foizli xarajatlar esa xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlar
(9610 - «Foiz ko‘rinishidagi xarajatlar" hisobvarag‘i)ga kiritiladi.
Korxonaning o‘z kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati sotib olingan aktiv
qiymati kabi tamoyil asosida belgilanadi, yani asosiy vositalarning ushbu obektlarini ishga tushirish
bo‘yicha aniq sarflar summasidan tashkil topadi.
Agar asosiy vositalarning obektlari chet el valyutasiga sotib olinsa, u holda ularning dastlabki
qiymati barcha to‘lanadigan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivni etkazib berish va montaj
qilish, o‘rnatish, ishga tushirish bo‘yicha sarflar va undan maqsadli foydalanish uchun ishchi holatiga
keltirish bilan bevosita bog‘liq har qanday boshqa xarajatlar yuk bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilgan
sanaladi O‘zbekiston Respublikasya Markaziy banki belgilagan kurs bo‘yicha summani chet el
valyutasining qiymatiga hisoblash yo‘li bilan milliy valyuta (so‘mlar)da belgilanadi va buxgalteriya
hisobida aks ettiriladi. SHuni ham ta’kidlash kerakki, asosiy vositalarning sotib olingan obektlari
to‘lovlari, moddiy-tovar zaxiralarini sotib olish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish
va yopish bilan bog‘liq xarajatlar va bevosita sotib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar
moddiy-tovar zaxiralarining tannarxiga kiritilmaydi, balki ular hisobot davrida yuzaga kelgan
xarajatlar deb etirof etiladi.
YUqorida bayon qilinganidek, asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati odatda ularning
korxonaga kelib tushish sabablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Quyida asosiy vositalarning kelib tushish
manbalariga qarab, ularning boshlang‘ich qiymati shakllanishi, ya’ni uni tan olish uchun maqbul
asoslar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: