Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

 
14.5. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aniqlash va qayta baholash 
natijalari hisobi 
5-son BHMSning 20-bandiga muvofiq, majburiyatlari umumiy summada ifodalangan asosiy 
vositalar obektlarining boshlang‘ich qiymati mazkur summani asosiy vositalar alohida obektining 
joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Bu erda, nazarda tutiladiki, agar 
xo‘jalik yurituvchi sub’ekti buxgalteriya hisobida alohida identifikatsiyalanalgan asosiy vositalarning 
bir necha obektini bitta shartnomaviy qiymatga sotib olsa, bunday holatda umumiy summaga sotib 
olingan asosiy vositalar har bir obektning kirim qilinishi lozim bo‘lgan qiymati, ya’ni boshlang‘ich 
qiymati sotib olingan asosiy vositalar obektlarining umumiy bozor qiymatidagi har bir obektning 
bozor qiymati ulushiga qarab aniqlanadi. Ushbu me’yor mohiyatini quyidagi -misolda ko‘rib 
chiqamiz. 
4-misol. "Hamkor" MCHJ 2016 yil 20 mayda "Operativ" AJdan mulkiy majmuani 250 000 
m.so‘m bo‘lgan umumiy summaga sotib oldi. Ushbu mulkiy majmua quyidilardan iborat: ishlab 
chiqarish binosi, minorali inshoot va madanli ichimliklarni quyish bo‘yicha texnologik liniya. 2016 
yil 25 mayda xarid bo‘yicha barcha summa to‘lab berildi. Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, davlat 
boji to‘lovi, brokerlik haqi bilan bog‘liq sarflar, shuningdek aktivni ishchi holatga keltirish bilan 
bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar, shu jumladan sotib olingan mulkni baholash bo‘yicha sarflar jami 
50000m.so‘mni tashkil etdi. Baholovchi kompaniyaning xulosasiga ko‘ra asosiy vositalarning har bir 
obekti quyidagi tarzda baholandi: ishlab chiqarish binosi 1600000 m.so‘m, minorali inshoot 1200000 
m.so‘m, texnologik liniya 800000 m.so‘m. 
Baholovchi kompaniyaning xulosasidan kelib chiqib, har bir asosiy vositalar obektining bozor 
qiymatining sotib olingan asosiy vositalar obektlarining umumiy bozor qiymatidagi ulushini 
osonlikcha aniqlash mumkin bo‘ladi. Ular quyidagi ko‘rinishga ega: 
Asosiy vositalar 
Obekti 
Bozor 
qiymati 
Bozor qiymatining 
ulushi 
Ulush hisob-kitobi 
Ishlab chiqarish binosi 
1 600 000 
4/9 
1 600 000/3 600 000 
Minorali inshoot 
1 200 000 
1/3 
1 200 000/3 600 000 
Texnologik liniya 
800 000 
2/9 
800 000/3 600 000 
Jami: 
3 600 000 
YUqorida keltirilgan mulkiy majmuani sotib olish va uni ishchi holatiga keltirish bilan bog‘liq 
umumiy xarajatlar summasi 300000 m. so‘mga teng (250000+50000 m.so‘m) bo‘lgani sababli, sotib 
olingan asosiy vositalar har bir obektning boshlang‘ich qiymati quyidagi ko‘rinishga ega: 
Asosiy vositalar obekti 
Boshlang‘ich 
qiymat 
Bozor kiymatining 
Ulushi 
Hisob-kitob 
Ishlab chiqarish binosi 
133 000 
4/9 
(4/9x300 000) 
Minorali qurilma 
100 000 
1/3 
(1/Zx300000) 
Texnologik liniya 
67 000 
2/9 
(2/9x300 000) 
JAMI: 
300 000 
"Hamkor" MCHJ buxgalteriya hisobida mulkiy majmuani sotib olish bilan bog‘liq operatsiyalar 
quyidagicha aks ettirilali: 


114 
a) asosiy vositalar obektlarini xarid qilishning umumiy summasiga: Dt 0820 -"Asosiy vositalarni 
xarid qilish" schyoti - 250000 m.so‘m, Kt 6010 -"Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga 
to‘lanadigan schyotlar" schyoti-250000 m.so‘m. 
b) xarid qilingan asosiy vositalar obektlari haqini to‘lash: Dt 6010 - «Mol etkazib beruvchilar va 
pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti-250000 m.so‘m, Kt 5110 - «hisob-kitob schyoti" 
schyoti- 250000 m.so‘m. 
v) asosiy vositalar obektlarini xarid qilish va ularni ishchi holatga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar 
summasiga: Dt 0820 - «Asosiy vositalarni xarid qilish" schyoti- 50000 m.so‘m, Kt 6990 - «Boshqa 
majburiyatlar" schyoti -50000 m.so‘m. 
g) xarid qilingan asosiy vositalar obektlarini kirim qilish (foydalanishga topshirish): Dt 0120 - 
«Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar ishlab chiqarish binosi" schyoti-133000 m.so‘m, Dt 0120 
- «Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar minorali inshoot" schyoti- 
100000 m.so‘m, Dt 
0130 - «Mashinalar va uskunalar texnologik liniya" schyoti- 67000 m.so‘m, Kt 0820 - «Asosiy 
vositalarni sotib olish" schyoti -300000 m.so‘m. 
5-son BHMSning 21 moddasida buxgalteriya hisobiga qabul qilingandan so‘ng asosiy 
vositalarning qiymati, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va mazkur standartda belgilangan 
holatlardan tashqari hollarda, o‘zgartirilmasligi nazarda tutilgan. Masalan, 5-son BHMSga muvofiq, 
buxgalteriya hisobiga qabul qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini o‘zgartirishga 
qo‘shimcha qurilish, qo‘shimcha jihozlash, rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish, texnik qayta 
qurollantirish, qisman tugatish va asosiy vositalarni qayta baholash holatlarida ruxsat etiladi. 
Qo‘shimcha qurish, qayta jihozlash, zamonaviylashtirish ishlariga asosiy vositalar obektining 
texnologik yoki xizmat vazifasini ortiqcha yuklamalar va boshqa yanada yaxshilaydigan sifatlar orqali 
o‘zgartirishlar natijasida kelib chiqadigan ishlar kiritiladi. YA’ni asosiy vositalar obekti bilan bog‘liq 
amalga oshirilgan keyingi xarajatlar aktiv sifatida tan olinishi mumkin, qachonki ular asosiy vositalar 
samaradorligini dastlab hisoblangan me’yorlarini sezilarli ravishda oshirish yoki asosiy vositalarning 
ushbu obektini dastlab balansga qabul qilishda belgilangan xizmat qilish me’yori jiddiy tarzda 
uzaytirish yo‘li bilan ularning holatini yanada muhim ravishda yaxshilashga olib kelsa. 
Odatda, qayta tiklash ishlarida ishlab chiqarishni takomillashtirish va texnik iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq asosiy vositalarning mavjud obektlari qayta o‘zgartiriladi va 
ushbu ishlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ish, xizmatlar) sifatini yaxshilash va 
nomenklaturasini o‘zgartirish maqsadida asosiy vositalarni qayta tiklash loyihasi bo‘yicha amalga 
oshiriladi. Texnik qayta qurollanish deyilganda ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab 
chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ma’naviy jihatdan eskirgan va tabiiy ravishda 
emirilgan uskunalarni o‘ta unumdor yangilari bilan almashtirish va zamonaviylashtirish asosida asosiy 
vositalar yoki ularning alohida qismlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha 
kompleks tadbirlar tushuniladi. 
YUqorida qayd etilganidek, asosiy vositalar obektini qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha jihozlash, 
rekonstrukiiya qilish, zamonaviylashtirish va texnik qayta qurollantirishga xarajatlari tugallanishi 
natijasida asosiy vositalar obektining dastalabki qabul qilingan amal qilishi me’yorining 
ko‘rsatkichlarini oshishi sababli, ushbu xarajatlar mazkur obektlarning boshlang‘ich qiymatini 
oshiradi. 
Asosiy vositalarning dastlab tan olingan qiymatini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan keyingi sabab 
ularni qayta baholashdir. Masalan, asosiy vositalarni qayta baholash deganda, asosiy vositalar 
obektlarining qayta tiklash qiymatini bozor narxining hozirgi darajasiga mos keltirish maqsadida vaqti-
vaqti bilan aniqlashtirish tushuniladi. Xo‘jalik yuritish amaliyotida asosiy vositalarning boshlang‘ich 
qiymati O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari bilan ham qayta baholanishi mumkin. 
Bunday vaziyatda asosiy vositalarni qayta baholash natijasida buxgalteriya hisobi va hisobotida 
joriy qiymati bo‘yicha aks ettirilishi kerak. Bunda 5-son BHMSga muvofiq, joriy qiymat deganda 
asosiy vositalarning muayyan sanaga qadar bo‘lgan holatga ko‘ra amaldagi bozor narxlari bo‘yicha 
qiymati yoki bitim tuzishni xohlagan, xabardor, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan tomonlar o‘rtasida bitim 
tuzilgan holda aktivni egallash yoki majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan summa tushuniladi. 


115 
Asosiy vositalarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati qayta baholangan holda, ularning qayta 
baholash sanasiga qadar to‘plangan eskirish summasi asosiy vositalar boshlang‘ich (qayta tiklash) 
qiymatining tegishli o‘zgarish indekslariga nisbatan tuzatiladi va keyinchalik eskirish hisoblanishi 
qayta baholangan qiymatdan kelib chiqib amalga oshiriladi. 
Ma’lumki, asosiy vositalar hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxi bo‘yicha bevosita qayta 
hisoblash yoki indekslash yo‘li bilan qayta baholanishi mumkin.
17
Agar qayta baholash natijasida asosiy vositalarning bahosi oshadigan bo‘lsa, asosiy vositalar 
obektining qo‘shimcha oshgan bahosi summasi zaxira kapitali tarkibidagi 8510 - «Mulkni qayta 
baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. Biroq, qayta baholash natijasida asosiy vositalar, 
shuningdek arzonlashishi ham mumkin. Bunda, qayta baholash natijasida asosiy vositalar obekti 
bahosining arzonlashgan qismi summasi ushbu obekt bo‘yicha oldingi hisobot davrlarida o‘tkazilgan 
qayta baholash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shimcha oshgan baho summasi miqdorida zaxira kapitalini 
kamaytirishga, yani 8510 - «Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar" schyotiga olib boriladi. 
Asosiy vositalar ob’ekti bahosining arzonlashgan qismi summasining ushbu ob’ekt bo‘yicha 
qo‘shimcha oshgan baho summasidan ortiqcha miqdori 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar" 
schyotiga olib boriladi. 
Hisobot yilining birinchi sanasiga bo‘lgan holatida o‘tkazilgan asosiy vositalarni qayta baholash 
natijalari buxgalteriya hisobida aks ettirilishi lozim. Qayta baholash natijalari oldingi hisobot yili 
uchun tuzilgan moliyaviy hisobot malumotlariga kiritilmaydi va hisobot yilining boshlanish sanasidagi 
moliyaviy hisobot malumotlarini shakllantirishda qabul qilinadi. Bunda, oldingi yil oxiri holatidagi 
malumotlarning hisobot yili boshlanishi holatidagi malumotlar bilan to‘g‘ri kelmasligi hisobot yilining 
birinchi sanasidagi holati bo‘yicha o‘tkazilgan asosiy vositalarning qayta baholanishi natijalari sifatida 
tushuntiriladi va u joriy davr uchun tuzilgan moliyaviy hisobotning tushuntirish xatida bayon etiladi. 

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish