16.2. Investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar hisobi
Moliyaviy qo‘yilma bu korxonaning qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlari,
ya’ni pul mablag‘larini qo‘shma korxonalar, aksioner jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari,
nomoddiy va boshqa aktivlariga qo‘shish shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish
tarzida berilgan debitor qarzlardir.
Muddatiga qarab moliyaviy qo‘yilmalar qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘ladi. Bundan
tashqari, moliyaviy qo‘yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o‘tkazish qimmatli qog‘ozlarni sotib olish
maqsadiga bog‘liq. Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib
olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo‘lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli
qo‘yilmalarga kiradi.
126
Moliyaviy qo‘yilmalar sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lib olingan aksiyalar, turli
sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo‘yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz
berish bo‘yicha shartnomalar hisoblanadi. Korxonaning amalga oshirgan qo‘yilmalariga bo‘lgan
huquqini tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo‘yilmalar mablag‘lari alohida hisobga olinadi.
Qimmatli qog‘ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni
qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to‘lov topshiriqlari kiradi.
Moliyaviy qo‘yilmalar hisobi 5800 – «Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi
schyotlar» va 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar»da yuritiladi.
Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini ko‘rib chiqamiz. 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni
hisobga oluvchi schyotlar» aktiv, pulli, Debet saldosiga ega bo‘lib, u oy boshiga bo‘lgan moliyaviy
qo‘yilmalar summasini ko‘rsatadi. Bu schyotning Debetida: qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, boshqa
korxonalarga qilingan qo‘yilmalar, berilgan qarzlar summasi bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalar aks
ettiriladi. Krediti bo‘yicha – qimmatli qog‘ozlarni qaytarish, sotish, qaytarilgan qarz summalar
bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalar aks ettiriladi.
0600–«Uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» bo‘yicha quyidagi:
0610 - «Qimmatli qog‘ozlar”; 0620-«SHu’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsyalar»; 0630 - «Qaram
xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar»; 0640 - «CHet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga
investitsiyalar»; 0690 - «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotlar ochilishi mumkin.
Aktivlarni investitsiyalarga o‘tkazish tartibi va ularning turlari: 12 –“Moliyaviy investitsiyalar
hisobi», 8-“Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar»
va 14 - «Qo‘shma faoliyatda qatnashish ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirish» buxgalteriya hisobi
Milliy andazalari bilan tartibga solinadi.
0610-“Qimmatli qog‘ozlar» schyotida davlat va mahalliy foizli zayom obligatsiyalari va shunga
o‘xshagan qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan mavjud uzoq muddatli qo‘yilmalar harakati hisobga olinadi.
0620-«SHu’ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsyalar», 0630-«Qaram xo‘jalik jamiyatlariga
investitsiyalar» va 0640 - «CHet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar» schyotlarida
shu’ba, qo‘shma, uyushgan va qaram korxonalarga qo‘yilgan mavjud uzoq muddatli qo‘yilmalar
hamda ularning harakati hisobga olinadi.
0690-«Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotida kelajakda foyda olish maqsadida davlat
korxonalari yoki xayriya, ekologik jamiyatlariga qo‘yilgan uzoq muddatli investitsiyalar hisobga
olinadi. Bu schyotlarning Debeti 5110-«Hisob – kitob schyoti» 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib
ketishi», 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyotlari» va qimmatli qog‘ozlar sotib olish, boshqa
korxonalarga qo‘yilgan investitsiya, berilgan qarzlar qaysi mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishiga
qarab, boshqa schyotlarning krediti bilan korrespondentlanadi. YUqorida keltirilgan schyotlar bo‘yicha
analitik hisob dastlabki hujjatlarga asosan qo‘yilmalar, qimmatli qog‘ozlar turlari, qarzdor korxonalar
bo‘yicha yuritiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining mavjudligi, fond birjalarida qimmatli qog‘ozlarni oldi – sotdi
muomalalarini amalga oshirilishi aksiya obligatsiyalarni nominal qiymatidan ortiq yoki kam baholarda
sotib olinishini nazarda tutadi. Aksiyalar ularni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy xarajatlar
summasida qabul qilinadi va hisobga olinadi. Fond birjasida aksiyalar kursini oshishi va kamayishiga
va aksiyalar bo‘yicha olinadigan dividendga qarab aksiyalarni sotish qiymati bilan nominal qiymati
orasidagi farq yoki potensial foyda olishga yoki zarar qilishga olib keladi.
Qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga olish uchun 5800-«Qisqa muddatli
investitsiyalar» schyotidan foydalaniladi. Bu schyot aktiv bo‘lib, Debet qoldig‘i oy boshiga qolgan bir
yilgacha muddatga sotib olingan qimmatli qog‘ozlar yoki berilgan qarzlar summasini aks ettiradi.
Debet oboroti hisobot oyida sotib olingan qimmatli qog‘ozlar, berilgan qisqa muddatli kreditlar va
depozitga berilgan summani ko‘rsatadi. Kredit oborotida sotilgan aksiyalar, qaytarilgan obligatsiyalar
yoki zayomlar va depozit summalar aks ettiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan qo‘yilmalar hisobi qo‘yilmalar
turlari bo‘yicha quyidagi: 5810-«Qimmatli qog‘ozlar»; 5830-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» va
5890-«Boshqa joriy investitsiyalar» schyotlarda yuritiladi. Bu schyotlar bo‘yicha muomalalar
hujjatlari uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalarga o‘xshagan, ularning analitik hisobining tuzilishi va
yuritilishi ham shunday.
127
Boshqa korxonalarga asosiy vositalarni qo‘yish yo‘li bilan uzoq va qisqa muddatli qo‘yilmalar
qilinsa, 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti kreditlanib 0600 va 5800–schyotlarning
tegishli schyotlari debetlanadi, Agar nomoddiy va boshqa aktivlar qo‘yilma qilinsa, 9220-«Boshqa
aktivlarning chiqib ketishi» schyoti kreditlanadi. Aksiyalar sotib olinsa, boshqa korxonalarning ustav
kapitaliga moliyaviy qo‘yilmalar o‘tkazilsa, 5110, 5210 – schyotlari kreditlanib, 0600 va 5800 –
schyotlarning tegishli schyotlari debetlanadi. Sotilgan yoki qaytarilgan va o‘tkazib berilgan qimmatli
qog‘ozlarning balans qiymatiga 9220 – schyot debetlanib 0600 va 5800 – schyotlarning tegishli
schyotlari kreditlanadi. Depozit qo‘yilmalar va berilgan qarzlarning qaytarilishi 5110 va 5210 –
schyotlarning debeti va 0600 va 5800– schyotlarning tegishli schyotlarini kreditida aks ettiriladi.
Aksiyalar bo‘yicha olinadigan dividendlar hisoblanganda 4840-«Olinadigan dividendlar» schyoti
debetlanib 9520-«Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar» schyoti kreditlanadi. Obligatsiyalar
bo‘yicha foizlar hisoblansa, 4830-«Olinadigan foizlar» schyoti debetlanib 9530-«Foizlar
ko‘rinishidagi daromadlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu dividend va foizlar olinsa, 5110 «Hisob-kitob
schyoti» debetlanib 4840 va 4830 – schyotlari kreditlanadi.
Korxonaning aktividagi aksioner jamiyatlaridan sotib olingan aksiya va obligatsiyalari turli
sabablarga ko‘ra sotilishi mumkin: aksiyalar rejadagi foydani keltirmasligi; aksiya va obligatsiyalarni
faqat uzoq vaqt ichida foyda olish uchun emas, balki ularni keyinchalik sotish yo‘li bilan foyda olish
maqsadida sotib olinishi.
Qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotishdan olingan natijani aniqlash uchun 9220-«Boshqa
aktivlarning chiqib ketishi» schyotidan foydalaniladi. Bu schyotga xo‘jalik muomalalarini yozish
nomoddiy aktivlarni sotish hisobiga o‘xshagan.
Sotilgan yoki qaytarilgan qimmatli qog‘ozlarning balans qiymatiga 9220 -schyoti debetlanib
0600 va 5800 - schyotlarning tegishli schyotlari kreditlanadi. Ushbu qiymatliklarni sotishdan foyda
olinsa, 9220 - schyoti debetlanib, 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti
kreditlanadi. Zarar qilinsa -9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib, 9220 -schyoti
kreditlanadi. Qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan tushumga 5110 yoki 5210- schyoti debetlanib
9220 -schyoti kreditlanadi.
Obligatsiyalarni sotib olishdan maqsad ularning nominal qiymatiga qarab foiz olish, shuningdek
qaytarilgandan so‘ng obligatsiyalarning nominal qiymatini olishdir. SHu boisdan obligatsiyaning
haqiqiy qiymati bilan nominal qiymati orasidagi farq shunday amortizatsiyalanishi kerakki, qaytarilish
vaqtida haqiqiy qiymati obligatsiyaning nominal qiymatiga teng bo‘lsin. Bunda ikki variant mavjud:
- obligatsiyani nominal qiymatidan ortiq summaga sotib olinishi. Bunday hollarda obligatsiyalar
bo‘yicha foizlar sotib olingan vaqtda olingan daromad hisobidan ularning qiymatlari orasidagi farqini
qisman hisobdan chiqarish yo‘li bilan haqiqiy qiymati nominal qiymatiga etkazib qo‘yiladi;
- obligatsiyani nominal qiymatidan kam summaga sotib olinishi. Bunday hollarda obligatsiyadan
foydalanish muddati ichida undan olinadigan foiz daromadini ko‘paytirish yo‘li bilan obligatsiyani
qaytarish muddatigacha uning sotib olish narxi nominal qiymatiga etkazib qo‘yiladi.
Obligatsiyalarni haqiqiy sotib olish qiymati bilan nominal qiymati orasidagi farqi, ularning
muomalada bo‘lish muddati ichida bir tekisda - xo‘jalik faoliyatining natijasiga o‘tkazib boriladi.
Bunda ikki variant mavjud:
- obligatsiya nominal qiymatidan ortiq summaga sotib olinishi. Bunday hollarda obligatsiyaning
haqiqiy qiymati har oyda qiymatlar orasidagi farqini zararga o‘tkazish yo‘li bilan nominal qiymatiga
etkazib qo‘yiladi;
- obligatsiyani nominal qiymatidan kam summaga sotib olinishi. Bunday hollarda obligatsiyani
qaytarish muddati ichida farqini bir qismini har oyda hisoblab, firmaning foydasiga o‘tkazish yo‘li
bilan nominal qiymatiga etkazib qo‘yiladi.
Qisqa muddatli obligatsiyalar va shunga o‘xshagan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foiz summasini
puli olingunga qadar foydaga o‘tkazsa bo‘ladi. Uzoq muddatli obligatsiyalar bo‘yicha foiz hisoblash
mumkin emas, chunki moddiylashtirilmagan foyda hosil bo‘ladi. Ehtiyotkorlik prinsipiga binoan
moliyaviy natijalarni aks ettirishda uzoq muddatli obligatsiyalar muomalalari bo‘yicha sodir bo‘lgan
zararlarni foyda yoki zararlar schyotiga o‘tkazish mumkin, lekin hisobotda, buxgalteriya hisobi
bo‘yicha amaldagi Nizom talab qilganidek, bu demak, olingan foyda miqdorini buzib ko‘rsatishdir.
128
Uzoq muddatli obligatsiyalarni sotib olish xarajatlari ularning nominal qiymatidan ortiq bo‘lsa,
uzoq muddatli obligatsiyalar muomalalari bo‘yicha zararlar obligatsiyalarni muomalada bo‘lish
muddati ichida har oyda teng qismda korxonaning zarariga o‘tkazib boriladi. Lekin bunday
muomalalarning foydasi yo‘q, shuning uchun ham ularga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Uzoq muddatli obligatsiyalar ko‘pincha qirqib olinadigan talonlari bilan chiqarilib,
obligatsiyalarni muomalada bo‘lgan davri ichida vaqti - vaqti bilan ular bo‘yicha foizlar to‘lanadi.
Bunday hollarda obligatsiyalarni sotib olish qiymati bilan nominal qiymati orasidaga farqi har gal
korxonaga daromad hisoblaganda hisobdan chiqarib boriladi. Agar obligatsiyalarni sotib olish qiymati
ularning nominal qiymatidan ortiq bo‘lsa, har gal foiz hisoblanganda obligatsiyalarning nominal
qiymatidan ortiq summaning bir qismiga haqiqiy daromad kamaytirib boriladi. Schyotlarda
quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi: Dt 4830-«Olinadigan foizlar» – obligatsiyalar bo‘yicha
olishga tegishli bo‘lgan foizlar summasiga, Kt 0610 «Qimmatli qog‘ozlar» – obligatsiyalarning
nominal qiymatidan olingan haqiqiy qiymatining bir qismiga, 9530-«Foizlar ko‘rinishidagi
daromadlar» schyoti – olishga tegishli foizning qolgan qismiga, ya’ni 4830 va 0610 – schyotlarga
o‘tkazilgan summalar orasidagi farqiga.
Xalqaro buxgalteriya hisobi andozasi konsepsiyalariga binoan, boshqa aktivlar kabi,
investitsiyalar ham faqat o‘zlarida mujassamlangan foydani korxona kelajakda olishga etarli darajada
ishonchi bo‘lsagina buxgalteriya hisobida aktivlar tarkibida hisobga olishi mumkin. Ularni sotib olishi
uchun birgina qilingan xarajatlar etarli emas. Bu xarajatlar kelajakda iqtisodiy naf keltirishi
to‘g‘risidagi ishonchni tasdiqlash zarur. Basharti bunday ishonch bo‘lmasa, qilingan sarflar aktivlar
emas xarajatlar deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |