Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti



Download 2,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/183
Sana14.04.2022
Hajmi2,77 Mb.
#550823
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   183
Bog'liq
buxgalteriya hisobi

 
Qisqa xulosa 
Xo‘jalik yurituvchi subektlarda buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil etish ulardagi mavjud 
nomoddiy aktivlardan samarali foydalanish hamda ularga sarflanadigan xarajatlar, shuningdek, 
eskirish summalarini xarajat obekti bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash mahsulot (ish va xizmat) lar 
tannarxining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishidir. Jumladan, moliyaviy natijalarning ham 
shakllanishiga obektiv yondashishga olib keladi. 
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Asosiy vositalar hisobini tartibga soluvchi qonuniy va meyoriy hujjatlarni aytib bering. 
2.
Korxonalarda asosiy vositalarni turkumlashdan maqsad nima? 
3.
Asosiy vositalar hisobining harakati deganda nimani tushunasiz? 
4.
Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari nechta va ular qanday hisoblanadi? 
5.
Asosiy vositalarni ta’mirlash qanday amalga oshiriladi va ularning hisobi qaysi schyotlarda 
hisobga olinadi? 
6.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish qanday amalga oshiriladi? 
7.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha moliyaviy natijalar qaysi schyotlarda hisobga 
olinadi? 
8.
Nomoddiy aktivlarning turkumlanishi hisob ishlariga qanday samara beradi? 
9.
Nomoddiy aktivlardan foydalanish muddati qanday aniqlanadi? 
10.
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash qanday amalga oshiriladi? 
11.
Nomoddiy aktivlar bo‘yicha moliyaviy natijalar qanday aniqlanadi? 
 
 
 
 
16- Mavzu. INVESTITSIYALAR HISOBI 
Reja: 
16.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar tarkibi 
 
16.2. Investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar hisobi 
 
16.3. Moliyaviy investitsiya fondlari hisobi 
 
16.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalar tarkibi 
Bozor munosabatlariga o‘tish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan 
iqtisodiy islohot teran va keng miqyosda davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga, aksioner 
jamiyatlari, xususiy korxonalar, qo‘shma korxonalar va shunga o‘xshaganlarni tashkil etishga 
asoslangan. Bu jarayonlar quyidagi infratuzilmalar bilan chambarchas bog‘langan: tijorat banklari, 
investitsiya va sug‘urta fondlari, birjalar, moliya – sanoat guruhlari, lizing kompaniyalari, maslahat va 
auditorlik firmalari va sh. k.
Kapital bozorini rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonda fond birjalari mavjudligini alohida etirof 
etish kerak. Qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish tegishli normativ huquqiy bazaga asoslangan.
22
Qimmatli qog‘ozlar muomalasi deganda qimmatli qog‘ozlarni tasarruf etuvchilarni almashishga 
olib keluvchi, ularni oldi – sotdi va boshqa xarajatlari tushuniladi. Qimmatli qog‘ozlarni har qanday 
korxona, aksioner jamiyati va kredit muassasalari chiqarish huquqiga ega. Qimmatli qog‘ozlar 
chiqarish va muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan 
aksioner jamiyatlarning aksiyalari, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va boshqalar kiradi. 
22
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida» gi 
farmoni. 1995 yil 7 sentyabrdagi; 2015 yil 11-yanvardagi 274-sonli qarori bilan kiritilgan o‘zgarishlar. O‘zbekiston Respublikasining 
«Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida» gi Qonun. 2008 yil 22 iyul.


124 
Aksiya
 
– aksioner jamiyatini boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat tugatilganda mulk 
qoldig‘ini taqsimlashda qatnashish huquqini beruvchi aksioner jamiyatining ustav kapitaliga 
qo‘shilgan mablag‘ni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u 
aksioner jamiyatining faoliyati davomida harakatda bo‘ladi. 
Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aksioner jamiyatlarining aksiyalarini 
ro‘yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga binoan
23
, hujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga 
ega bo‘lishi kerak: aksioner jamiyatining nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog‘ozning nomi – 
«aksiya», uning turi, tartib raqami, chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan aksiyalarning 
miqdori, ro‘yxatga oladigan organ tomonidan berilgan aksiyaning kodi, dividendlarni to‘lash muddati, 
aksioner jamiyati boshqaruvining raisi va bosh buxgalterining imzolari, aksiyalarni chiqarish kuniga 
bo‘lgan ustav kapitalining hajmi. 
Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul milliy va xorijiy 
valyutalarda, shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aktivlarni qo‘shish yo‘li bilan 
to‘lanishi mumkin. 
SHaxsini belgilash usuliga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga berilgan aksiyalarga bo‘linadi. 
Ismi yozilgan aksiyalarda mulkdorning maxsus daftarida ro‘yxatga olinadi. Bu o‘z navbatida kimda 
qancha va qanday aksiyalar borligini aniqlash imkoniyatini beradi. Ko‘rsatuvchiga berilgan 
aksiyalarda mulkdorning ismi ko‘rsatilmaydi, natijada jamiyat o‘zining paychilari to‘g‘risida 
axborotga ega bo‘lmaydi. Muomala nuqtai nazaridan ko‘rsatuvchiga berilgan aksiya afzalroqdir. 
Aksiya egalariga berilgan huquqlar hajmiga qarab aksiyalar oddiy va imtiyozliga bo‘linadi. 
Oddiy aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda qatnashish, hisobot davri tugaganda aksionerlar 
majlisi tomonidan aniqlanadigan miqdorda dividend olish va jamiyat faoliyatining moliyaviy 
natijalarini aniqlash huquqini beradi.
Imtiyozli aksiyalar aksioner jamiyatini boshqarishda qatnashish huquqini bermaydi, lekin 
korxona o‘z faoliyatini foyda bilan yakunlamaganda ham birinchi navbatda qat’iy belgilangan 
miqdorda dividend olish huquqini beradi. Bunday hollarda korxona rezerv fondidagi mablag‘lardan 
foydalanadi. 
Imtiyozli aksiyalarni chiqarish aksioner jamiyatiga o‘z mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan ustav 
kapitalini ko‘paytirish imkoniyatini beradi. 
Obligatsiya
 
– uni saqlovchilarga qat’iy belgilangan foiz bilan birga nominal qiymatini to‘lash 
majburiyatini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘ozdir.
Obligatsiyani tasarruf etuvchi obligatsiya chiqargan aksioner jamiyati yoki korxonaning, davlat 
yoki mahalliy hukumatning kreditori bo‘lib hisoblanadi. 
SHaxsini belgilash usuli va boshqa xususiyatlariga qarab ismi yozilgan va ko‘rsatuvchiga 
berilgan, foizli va foizsiz, erkin muomalada bo‘ladigan va muomala doirasi cheklangan 
obligatsiyalarga bo‘linadi. Obligatsiyalarni har qanday mulk shakliga ega bo‘lgan korxona chiqarishi 
mumkin. Ularni sotishdan olingan pul faqat korxonani rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin. 
Ichki davlat obligatsiyalari va mahalliy zayomlar bank muassasalari orqali tarqatiladi; ularni 
sotishdan olingan mablag‘lar tegishli Respublika yoki mahalliy budjetga o‘tkaziladi. Bular faqat 
ko‘rsatuvchiga berilgan obligatsiyalardir. 
Obligatsiyalar bo‘yicha foizlar ularning harakat muddati ichida davriy berib borilishi yoki 
obligatsiyaning harakat muddati tugagandan keyin bir yo‘la berilishi mumkin.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish