1-2-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Meva va sabzavotlarni saqlashdagi talablar.
Mahsulotlarning navini aniqlash
Ishning maqsadi: Meva va sabzavotlarning sifatini standartlarga muvofiq aniqlashni o‘rganish. Meva va sabzavotlarni saqlashda qo‘yiladigan talablarni aniqlash.
Topshiriq: Yangi meva va sabzavotlarning standartlari bilan tanishish. Karam, ildizmevalar, piyoz, olma yoki boshqa meva-sabzavot mahsulotlaridan (bir-ikki xilidan) o‘rtacha namuna olish va ularning sifatini aniqlash.
Kerakli qurilmalar va materiallar: Meva va sabzavotlardan o‘rtacha namuna (o‘quv jarayoni uchun meva va sabzavotlardan 2 kg olsa bo‘ladi), standartlar, namunalarni ajratish uchun chashka, chizg‘ich, pichoq, 10 kg gacha bo‘lgan tsiferblat tarozi. Navini hisoblash bo‘yicha nazorat topshirig‘ini o‘qituvchi beradi.
Ishni bajarish uslubi: Meva va sabzavotlarning sifati oziq-ovqat, mazalik va texnologik qimmatlari bilan tavsiflanadi. Ular kimyoviy va mexanik tarkibi, fizikaviy xossalari, tashqi tovarlik ko‘rinishi va bu xossalarini saqlash davomida yo‘qotmaslik qobiliyatiga bog‘liqdir. Meva va sabzavotlarning sifatiga mahsulotning navi, agrotexnikasi, yetishtirish sharoitlari, terish muddati va usullari ham ta‘sir etadi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar saqlash muddati va sharoitiga qarab ham o‘zgaradi.
Mahsulotning har bir partiyasidan ajratib olingan o‘rtacha namuna bo‘yicha meva va sabzavotlarning sifati aniqlanadi. Bir vaqtda topshirilgan yoki qabul qilingan, bir xil botanik navga ega bo‘lgan va bir xil qadoqlangan har qanday miqdordagi meva-sabzavotlar partiya hisoblanadi.
Xom ashyolar taralarda keltirilganda har bir transportdagi, har bir 100 dona taradan o‘rtacha namuna uchun uch donadan tara ajratib olinadi. Agar avtomobilda (traktor telejkalarida) 100 donadan ortiq taralar bo‘lsa, u holda har bir ortiqcha 50 donasidan yana bittadan tara olinadi. So‘ngra har bir ajratib olingan idishdan (yuqorisidan, o‘rtasidan va pastidan) kamida 10% meva va sabzavotlar olinadi. Ajratib olingan mahsulotlar o‘zaro aralashtirilib, ulardan kamida 10 kg miqdorida o‘rtacha namuna olinadi.
Standartlarga muvofiq barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rtacha namunalar tekshiriladi va analiz qilinadi (har bir mahsulot uchun alohida standart mavjud). Agar mahsulotlardagi yashirincha kamchiliklar aniqlanishi lozim bo‘lsa, misol uchun piyozning bug‘iz chirish kasalligini aniqlash uchun o‘rtacha namunadan kamida 50 piyoz kesiladi.
Karam, lavlagi va sabzilar uyum holida keltirilganda, har bir uyumdan (yuqorisidan, o‘rtasidan va pastidan) o‘rtacha namuna olinadi:
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |