O‘ZBeKISTON ReSPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYoT INSTITUTI
“Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta
ishlash texnologiyasi” kafedrasi
“QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARINI SAQLASH VA QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI” fanidan
LABORATORIYA ISHLARI
Qarshi – 2021
Tuzuvchi: katta o‘qituvchi F.Saydalov
Taqrizchilar: QarMII, “Kimyo” kafedrasi
dotsenti t.f.n. F.Suvanova
“Qashqadaryo oziq-ovqat mollari ulgurji
savdo bazasi” bosh muhandisi A. Ravshanov
Uslubiy ko‘rsatma QarMII “QXMS va DIT” kafedrasi yig‘ilishida (Bayon №___ “___”__________ 2021 yil), Texnologiya fakulteti uslubiy komissiyasida (Bayon №___ “___”__________2021 yil), Institut Uslubiy Kengashida (Bayon №___ “___”__________2021 yil) muhokama etilgan va o‘quv jarayonida foydalanishga tavsiya etilgan.
Uslubiy ko‘rsatma 5410500 – “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” bakalavr ta‘lim yunalishi talabalari uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, unda fan bo‘yicha o‘tiladigan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish tartibi, nazariy qismi va nazorat savollari keltirilgan. Har bir laboratoriya ishi uchun kerakli materiallar, asbob-uskunalar, ishning bajarilish tartibi, bajarish usullari yoritilgan.
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi agrar-sanoat xalq ho‘jaligiga ega mamlakat hisoblanadi. Uning xududida texnik, yem-ozuqa hamda oziq-ovqat xom ashyosi yetishtiriladi. Oziq-ovqat xom ashyosining qayta ishlab ichki bozorni ta‘minlash, eksport qilish qayta ishlash sanoatining vazifasidir.
Mustaqil O‘zbekistonda qayta ishlash sanoati asta-sekin davlat tasarrufidan xo‘jaliklar, aktsiyadorlik jamiyatlar va xususiy mulkchilar ixtiyoriga o‘tmoqda. Jumladan, xususiy shakldagi yirik tomatni qayta ishlash, olma va uzumni qayta ishlash, zamonaviy assortimentdagi xalq iste‘moli mahsuloti ishlab chiqarish korxonalari shakllandi. Ushbu korxonalardagi mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi zamon bilan barobor rivojlanishi, yangi assortiment, tara va yorliq dizayni, mahsulot ozuqaviy qiymati va boshqa talablar yuksak darajada rioya qilinishi uchun zamonaviy texnolog mutaxassislar konserva ishlab chiqarish texnologiyasi mahsulot ko‘rsatkichlarini talabiga javob beruvchi darajada ishlab chiqarishni ta‘minlash kerak. Bu bilan birgaliqda dunyo bozorida vujudga kelgan yangi mahsulot yoki mahsulot sifatiga yangi talab, yangi dizayn va hokazoni zamonaviy axborot yig‘ish vositalaridan foydalanib, shu sharoitga korxonani tez moslanishini ta‘minlash kerak. Korxonaning rivojlanish yunalishini aniq, bexato belgilash kerak.
Ushbu predmetni o‘zlashtirishda konserva mahsulotining barcha ko‘rsatkichlarini aniqlash, baho berish, texnik vositalardan foydalanish ko‘nikmasi, ularning tuzilish va ishlash printsipi haqida chuqur tushuncha va o‘z xulosasini shakllantirish tajribasini hosil qilish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |