Nazorat savollari:
1. Meva sharbatlarini tindirish usullari.
2. Meva sharbatlari asosan qanday holatda bo‘ladi?
3. Sharbatni yoritish uchun tanin va jelatin eritmalarini tayyorlash.
4. Sharbatni yoritish uchun jelatin, tanin, bentonitning kerakli miqdorlari qanday aniqlanadi?
5. Kombinatsion usulni izoxlab bering.
6. Ferment moddalarning ta‘sirini izoxlab bering.
7. Bentonit loyining ta‘sirini izoxlab bering.
8. Sharbatni yoritishda qanday hisob-kitob ishlari bajariladi?
17-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Konserva mahsulotlari ishlab chiqarishda xom-ashyo
va materiallar sarfini hisoblash
Xom ashyo sarfi, asosiy va yordamchi materiallarning ishlab chiqarilayotgan (1 t (1 mshb) sharbat, 1 t (1 mshb) tomat pasta va h.k.) birlikka nisbatan aniqlanadi. Bundan tashqari xom ashyo va materiallarning vaqt birligidagi (soat, kun, yil) harajati hisoblanadi. Xom ashyo va materiallar hisobi har bir mahsulotning retsepturasi asosida tuziladi.
Xom ashyo hisobi xom ashyoni korxonaga olib kelish va liniya (sex) ning ishlash grafiklari asosida bajariladi.
Xom ashyo va materiallarning sarflash normasini aniqlash
Bir tonna yoki bir ming shartli banka (mshb) ishlab chiqarilgan mahsulotga sarflangan xom ashyo va materiallar normasi texnologik instruktsiyalarda keltiriladi. Sarflash normalari retseptura chiqindilar va yo‘qotishlar normalari asosida hisoblanadi.
1 t yoki 1 mshb ga sarflangan xom ashyo quyidagicha aniqlanadi:
S - 1 t yoki 1 mshb ga retseptura bo‘yicha sarflangan xom ashyo miqdori, kg.
х - chiqindilar va yo‘qotishlar miqdori, %.
Qiyom yoki sous uchun sarflangan shakar va tuz miqdori quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
S - 1 t yoki 1 mshb uchun qiyom (sous) miqdori, kg.
м - qiyom (sous) dagi shakar (tuz) miqdori, %.
х - qiyom (sous)ning yo‘qotishlari, %.
Yo‘qotishlar va chiqindilar har bir operatsiyaga kelib tushadigan xom ashyoga nisbatan berilganda, xom ashyo sarflash normasi quyidagicha aniqlanadi.
х1, х2, х3 - har bir operatsiyadagi yo‘qotishlar va chiqindilar.
n - operatsiyalar soni.
Kontsentrlangan pomidor mahsulotlari uchun (tomat pasta, tomat pyure) uchun 1 mshb sarflangan xom ashyo normasi quruq moddalar miqdorini hisobga olib aniqlanadi. 1 mshb ning netto massasi 400 kg deb qabul qilingan holda, xom ashyo sarflash normasi quyidagicha aniqlanadi:
m1 - pomidorning quruq moddalar miqdori, %.
m2 - tayyor mahsulotning quruq moddalar miqdori, (12 %).
1 t tomat pasta uchun sarflangan xom ashyo miqdori:
Djem, povidlo, murabbo kabi mahsulotlar uchun 1 mshb yoki 1 t ga sarflangan xom ashyo normasi quyidagicha aniqlanadi.
1. Mahsulotning chiqishi (retseptura komponentlari asosida).
А1, А2, . . . Аn - komponentlar miqdori (mevalar, qiyom, shakar), kg.
2. 1 mshb (400 kg) mahsulotni tayyorlash uchun kerak bo‘lgan komponentlar massasi, kg.
va hokazo.
1 t mahsulotni tayyorlash uchun kerak bo‘lgan komponentlar massasi (kg).
va hokazo.
3. 1 mshb yoki 1 t uchun sarflangan komponentlar normasi.
va hokazo.
va hokazo.
х1, х2, х11, х21 - tegishli komponentlarning yo‘qotishlari, %.
Sarflash normalari aniqlangandan keyin liniya va tsexning bir soatda, smenada va mavsumdagi ishlab chiqarish quvvati (ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori) va kerak bo‘lgan xom ashyo miqdori aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |