Maxsus ta’lim vazirligi a. A. Safoev


Rezba, tishli gildirak va shlisli vallarni juvalash



Download 18,04 Mb.
bet113/118
Sana12.06.2022
Hajmi18,04 Mb.
#659033
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Bog'liq
mashinasozlik texnolgiyasi va loyihalash asoslari 1

Rezba, tishli gildirak va shlisli vallarni juvalash. Sovuq holda shakldor yuzalarini juvalash usuli bilan olish bir qator afzalliklarga ega, ulardan asosiysi - juda yuqori unumdorlik, ishlov berishni past tannarxi, ishlov berilgan detallarni yuqori sifati. Juvalangan detallar toliqishga qarsxiligi yuqori bo’ladi, chunki juva bilan shakl olishda material tolalari kesilmaydi. (11.4-rasm)
Juvalash rezba, kichik shlisli vallar va kichik modulli tishli gildiraklar olishda ishlatiladi.
Tishli galdirakalarini juvalash. Yuza qatlamlarni plastik deformasiyalash tishli gildiraklarni ishlash muddatini oshiradi. Oldingi ishlov berishdan qolgan mikronotekisliklar maxsus asbob yordamida ezish hisobiga silliqlanadi.
Ishlov beriladigan tishli gildirak uchta po’latdan tayyorlangan, tishlari yaltiroqlangan, andoza gildiraklar bilan zich ilashishga kirgiziladi. Ular ishlov beriladigan gildirakka prujinalar yordamida bosiladi va bosim kuchi sozlanadi. Andoza gildiraklardan biri yetakchi bo’lib, ishlov beriladigan gildirakni va u orqali qolgan ikki andoza gildirakni aylantiradi. ¢ildiraklar xarakati reverslanadi. Ishlov berishda moylovchi materiallar ishlatiladi.
Juvalash tish profilini va uni o’lchamlarini gadir-budurliklarini silliqlash orqali faqat qisman tuzatadi.
Juvalash asboblari legerlangan po’latlardan tayyorlanadi, termik ishlov beriladi va etkaziladi.
Juvalash uchun rezba juvalash maxsus dastgohlari ishlatiladi va ular avtomatlashtirilgan.
Avtomatlashtirilgan dastgoh-presslarda shlitslar juvalanadi. Kombinatsiyalangan juvalash (issiq uvalash va so’ng sovuq kalibrlash) usuli ham qo’llanilmoqda.

    1. Elektrokimyoviy va elektrofizikafiy ishlov berish usullari.

Yuqorida ko’rib chiqildgan mexanik ishlov berish usullari kesiladigan qatlamning plastik deformatsiyalanishini, ishlov berilayotgan doirada yuqori xaroratni va kesuvchi asbobning jadal qizishini keltirib chiqaradi.
Bundan tashqari zamonaviy qattiq va o’ta qattiq materiallarga kesuvchi yoki abraziv asboblar yordamida ishlov berish mumkin emas. Ayniqsa ulardagi kichik diametrdagi teshiklarga, ensiz ariqchalarga va boshqalarga umuman ishlov berishni imkoni yo’q.
Shuning uchun elektroximiyaviy va elektrofizikaviy materiallarga ishlov berish usullari oxirgi paytda keng qo’llanilmoqda, bu usul yordamida zamonaviy o’ta mustahkam va qiyin ishlov beriladigan materiallarga va nometall konstruksion
materialiga ishlov berishda ishlatiladi, ba’zida esa u yagona ishlov berish usuli xisoblanadi.
Elektroximiyaviy va elektrofizikaviy usulida ishlov berilayotgan detal yuzasini shakli, o’lchami, gadir-budurligi va xossalarini o’zgartirish elektr toki va uni razryadi, elektromagnit maydon, elektron yoki optik nurlanish, plazma oqimi va hakozolar ta’sirida amalga oshiriladi, bu usullar elektro energiyasini boshqa energiya turlariga aylantirilmasdan bevosita texnologik maqsadlar uchun ishlatiladi, bunda elektr energiyasi ishchi doirada kimyoviy, issiqlik va mexaniq ta’siri orqali ishlatiladi.
Ba’zida elektroximiyaviy va elektrofizikaviy usullari kombinasiyalashgan holda ishlatiladi.
Elektroximiyaviy va elektrofizikaviy usullarining asosiy qismida ishlov berish yuzadan qirindi chiqishi xisobiga boradi. Shuning uchun bu operatsiyalar o’lchamli ishlov berishga kiradi, ba’zilarida esa qirindi chiqarmasdan ishlov beriladi va ular o’lchamsiz ishlov berishga kiradi.
Elektroximiyaviy va elektrofizikaviy ishlov berish usullarining asosiy afzalliklari quyidagilardir:
-deyarli xoxlagan fizik-mexanikaviy xususiyatlariga ega bo’lgan tok o’tkazuvchi va toko’tkazmaydigan materiallarga ishlov bersa bo’ladi va bunda katta mexanik kuchlar ishlatilmaydi hamda qo’llanilayotgan asbob yuzasi ishlov berilayotgan yuza bilan bevosita kontaktda bo’lmaydi;
-mashinasozlikni barcha operatsiyalarida qo’llash mumkin bo’ladi va tayyorlamani ishlov berilayotgan yuzasi shakli, o’lchami, gadir-budurligi, xususiyatlari o’zgartirish bo’yicha katta texnologik imkoniyatlarga ega;
- jarayonda ishchi malakasi oddiy bo’lgan holda qiyin shakldagi tayyorlama olish mumkinligi;
-jarayonni texnologik asosiy ko’rsatkichlarini ishlov berilayotgan material fizik-mexaniqaviy xususiyatlarga bogliq bo’lmaydi;
-elektroximiyaviy va elektrofizikaviy usullarda detalga ishlov berish detalni eksplutasion xususiyatlarga deyarli ta’sir qilmaydi;
-qo’llanilayotgan asbobni nisbatan oddiyligi, kichik tannarxi, yeyilishi deyarli yo’qligi;
-oddiy mexanik ishlov berishda qiyin bajariladigan va sifati past operatsiyalarni jadallashtirish imkonini yaratiladi;
-qimmat va kam topiladigan, tanqis asboblarni po’lat va qattiq qotishmalarni, ishlov berilayotgan materiallarni iqtisod qilinadi.

Download 18,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish