Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

to‘g’ri qasd bilan 
sodir etiladi. Aybdor, harbiy kema komandirining 
komandasi yo‘q bo‘lishiga qaramasdan kemani tashlab ketayotganini 
anglaydi va shuni istaydi. Ehtiyotsizlik shaklidagi ayblar ham jinoiy 
javobgarlikni mustasno etadi.
Jinoyat 
subyekti
– komandir yoki harbiy kema komandasi a’zosi. 
Harbiy kema komandasi harbiy xizmatchilardan shakllanadi, ammo uning 
tarkibiga o‘quv yig’inlari o‘tayotgan davrdagi harbiy majburlar ham 
kirishlari mumkin. 
311 


JK 289-moddasi 2-qismida
jangovar holatda sodir etilgan harbiy 
kemani tashlab ketganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi. 
4-§. O‘zining biron a’zosini mayib qilish yo‘li 
bilan yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan bo‘yin 
tovlash (JK 290-moddasi) 
Jinoyatning 
bevosita obyekti 
harbiy xizmat o‘tashning o‘rnatilgan 
tartiblarini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlardir.
 
JK 290-moddasida
nazarda tutilgan jinoyatning 
obyektiv tomoni 
o‘zining biron a’zosini mayib qilish, ya’ni harbiy xizmatchining o‘z 
badaniga biron shikast yetkazish yo‘li bilan, shuningdek, o‘zini 
yolg’ondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha 
aldash yo‘li bilan harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlashi 
yoki bu vazifalarni bajarishdan bosh tortish bilan bo‘yin tovlashda 
ifodalanadi.
O‘zining biron a’zosini mayib qilish 
yo‘li bilan, ya’ni harbiy 
xizmatchini harbiy xizmatni o‘tashdan o‘zining biron a’zosiga qandaydir 
shikast yetkazish yo‘li bilan bo‘yin tovlashi, harbiy xizmatchi tomonidan 
a’zolariga, tanasi to‘qimalariga shikast yetkazish bilan sog’lig’iga zarar 
yetkazishi, shu bilan baravar davolash davrida yoki hamma vaqt harbiy 
xizmat o‘tashiga to‘sqinlik qiluvchi kasallikning paydo bo‘lishi va 
o‘tkirlashuvi uchun sharoit yaratishdan iboratdir. O‘ziga qandaydir shikast 
yetkazish usullari turlicha bo‘lishi mumkin, ammo bu jinoyatni 
kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega emas. Bu har qanday quroldan 
tanaga jarohat yetkazish (to‘qimalarga o‘qotar quroldan otish, barmoqlarni 
bolta bilan chopish va h.k.), haqiqatda mavjud kasalni medikamentlardan 
noto‘g’ri foydalanish yo‘li bilan chaqirish, sun’iy ravishda o‘zini kasallik 
holatiga keltirish (metall narsalarni yutish, teri ostiga zaharli narsalarni 
kiritish va h.k.) bo‘lishi mumkin. Bo‘yin tovlash tarkibi uchun a’zoni 
mayib qilish qanday yo‘l bilan sodir etilganligi ahamiyatsiz. 
Belgilab qo‘yish lozimki, a’zolarga shikast yetkazishda aybdorning 
sog’lig’iga zarar yetadi. Bunda, harbiy xizmatchining sog’lig’iga zarar o‘zi 
312 


tomonidan yoki uning iltimosiga ko‘ra, boshqa shaxs tomonidan 
yetkazilishi holatni kvalifikatsiya qilishga ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Agar harbiy xizmatchiga shikast yetkazish o‘zi tomonidan emas
uning iltimosiga ko‘ra boshqa shaxs tomonidan yetkazilgan bo‘lsa, unda 
bu shaxs jinoyatga sherik sifatida jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim, 
jinoyatning ijrochisi deb bunday iltimos bilan murojaat qilgan harbiy 
xizmatchi hisoblanadi, chunki u harbiy xizmat bo‘yicha vazifalarini 
bajarishdan bo‘yin tovlagan. 
A’zolariga shikast yetkazishda shikast darajasini aniqlash uchun maj-
buriy sud-tibbiy ekspertiza va harbiy-tabib komissiyasining harbiy 
xizmatga layoqatliligi to‘g’risidagi xulosasi talab etiladi. 
Agar sog’liqqa zarar yetkazish aybdorga bog’liq bo‘lmagan holatlar-
da sodir bo‘lsa, masalan, aybdor yaroqsiz vositalarni qo‘llashi munosabati 
bilan yoki sog’liqqa yetkazilgan zarar o‘z tavsifi bilan harbiy xizmat 
bo‘yicha u yoki bu vazifalarni bajarishdan ozod etish uchun asos bermasa, 
aybdorning harakati ushbu jinoyatni sodir etish uchun suiqasd deb tan 
olinishi mumkin. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish