JK 289-moddasi 2-qismida
jangovar holatda sodir etilgan
harbiy
kemani tashlab ketganlik uchun javobgarlik nazarda tutiladi.
4-§. O‘zining biron a’zosini mayib qilish yo‘li
bilan yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan bo‘yin
tovlash (JK 290-moddasi)
Jinoyatning
bevosita obyekti
harbiy xizmat o‘tashning o‘rnatilgan
tartiblarini ta’minlovchi ijtimoiy munosabatlardir.
JK 290-moddasida
nazarda
tutilgan jinoyatning
obyektiv tomoni
o‘zining biron a’zosini mayib qilish, ya’ni harbiy xizmatchining o‘z
badaniga biron shikast yetkazish yo‘li bilan, shuningdek, o‘zini
yolg’ondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha
aldash yo‘li bilan harbiy xizmat vazifalarini bajarishdan bo‘yin tovlashi
yoki bu vazifalarni bajarishdan bosh tortish bilan bo‘yin tovlashda
ifodalanadi.
O‘zining biron a’zosini mayib qilish
yo‘li bilan, ya’ni harbiy
xizmatchini harbiy xizmatni o‘tashdan o‘zining biron a’zosiga qandaydir
shikast yetkazish yo‘li bilan bo‘yin tovlashi, harbiy xizmatchi
tomonidan
a’zolariga, tanasi to‘qimalariga shikast yetkazish bilan sog’lig’iga zarar
yetkazishi, shu bilan baravar davolash davrida yoki hamma vaqt harbiy
xizmat o‘tashiga to‘sqinlik qiluvchi kasallikning paydo bo‘lishi va
o‘tkirlashuvi uchun sharoit yaratishdan iboratdir. O‘ziga qandaydir shikast
yetkazish usullari turlicha bo‘lishi mumkin, ammo bu jinoyatni
kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega emas. Bu har qanday quroldan
tanaga jarohat yetkazish (to‘qimalarga o‘qotar quroldan otish, barmoqlarni
bolta bilan chopish va h.k.), haqiqatda mavjud kasalni medikamentlardan
noto‘g’ri foydalanish yo‘li
bilan chaqirish, sun’iy ravishda o‘zini kasallik
holatiga keltirish (metall narsalarni yutish, teri
ostiga zaharli narsalarni
kiritish va h.k.) bo‘lishi mumkin. Bo‘yin tovlash tarkibi uchun a’zoni
mayib qilish qanday yo‘l bilan sodir etilganligi ahamiyatsiz.
Belgilab qo‘yish lozimki, a’zolarga shikast yetkazishda aybdorning
sog’lig’iga zarar yetadi. Bunda, harbiy xizmatchining sog’lig’iga zarar o‘zi
312
tomonidan yoki uning iltimosiga ko‘ra, boshqa shaxs tomonidan
yetkazilishi holatni kvalifikatsiya qilishga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Agar harbiy xizmatchiga shikast yetkazish o‘zi
tomonidan emas,
uning iltimosiga ko‘ra boshqa shaxs tomonidan yetkazilgan bo‘lsa, unda
bu shaxs jinoyatga sherik sifatida jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim,
jinoyatning ijrochisi deb bunday iltimos bilan murojaat qilgan harbiy
xizmatchi
hisoblanadi, chunki u harbiy xizmat bo‘yicha vazifalarini
bajarishdan bo‘yin tovlagan.
A’zolariga shikast yetkazishda shikast darajasini aniqlash uchun maj-
buriy sud-tibbiy ekspertiza va harbiy-tabib komissiyasining harbiy
xizmatga layoqatliligi to‘g’risidagi xulosasi talab etiladi.
Agar sog’liqqa zarar yetkazish aybdorga bog’liq bo‘lmagan holatlar-
da sodir bo‘lsa, masalan, aybdor yaroqsiz vositalarni qo‘llashi munosabati
bilan yoki sog’liqqa yetkazilgan zarar o‘z
tavsifi bilan harbiy xizmat
bo‘yicha u yoki bu vazifalarni bajarishdan ozod etish uchun asos bermasa,
aybdorning harakati ushbu jinoyatni sodir etish uchun suiqasd deb tan
olinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: