188
Savollar
1.
Yordamchi maktabda sinfdan tashqari qanday ish turiari bor?
2. Yordamchi maktabda sinfdan tashqari ishlaming tarbiyaviy ahamiyati nimadan
iborat?
3. Maktabdan tashqari ishlami tashkil etishda qanday qiyinchiliklar uchraydi?
Pedagogik mahorat
H ar bir pedagog o ‘z mehnati va bolalarni sevishi kerakligini o‘tmish
pedagoglari ham ko‘p takrorlaganlar. Yordamchi maktabda oligofrenopeda-
gogning aynan mana shu ikki sifati o‘z mehnatining ustasiga aylanishiga,
pedagogik mahoratni egallashiga yordam beradi.
Oligofrenopedagogning pedagogik mahorati bir qator komponent-
lardan tarkib topadi. U m um iy pedagogika, um um iy psixologiya,
oligofrenopedagogika, oligofrenopsixologiya, oligofreniya klinikasi
bo‘yicha ilmiy bilimlarni, ya’ni kasbiy bilimlar, kasbiy qobiliyat, pedagogik
etika va pedagogik texnikani o ‘z ichiga oladi. Oligofrenopedagoglar maxsus
maktabda o‘zlarining tinimsiz mehnat faoliyatlari jarayonida o ‘z ishlarining
chinakam ustalariga aylanadilar.
Pedagogik m ahorat — bu avvalo oligofrenopedagogga pedagogik
vaziyatni hozirgi zamon maxsus maktabi oldida turgan milliy-g‘oyaviy
pedagogik vazifalarga muvofiq tarzda hal etish imkonini beradigan kasbiy
bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashdir.
Pedagogik m ah o ratn ing nazariy asosi kasbga oid bilim lardir.
Oligofrenopedagog oliy o ‘quv yurtidayoq ilmiy bilimlar tizimini puxta
egallab olishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashda maxsus psixologiya,
maxsus pedagogika, oligofreniya klinikasiga doir bilimlar katta rol o ‘ynaydi.
Fan asoslarini yaxshi egallagan ayrim oligofrenopedagoglar sinf bilan
aloqa o ‘mata olmaydilar, o'quvchilar bilan to ‘qnashuvlarga duch keladilar.
0 ‘quvchilar darsdan qochib ketishga, darsga kirmaslikka bahona izlaydilar.
Bularning barchasi oligofrenopedagog tarbiyaviy jarayon, tarbiyaviy
malakalar haqida yetarli darajada bilimlarga ega emasligidan dalolat beradi.
Pedagogik mahoratni egallash uchun oligofrenopedagogga faqat o ‘z
p re d m e ti y u z a sid a n b ilim la rg a ega b o ‘lish i k ifo y a q ilm a y d i.
O ligofrenopedagog maxsus psixologiya, maxsus pedagogikaga doir
bilimlarni o'zlashtirishi va ularni muntazam to‘ldirib borishi kerak.
Ilmiy maxsus psixologik-pedagogik bilimlar tizimining mavjudligi
o ‘qituvchiga faqat o ‘z sinfmi ham da ayrim o‘quvchilarni o ‘rganish va
ularga to ‘g‘ri tavsiyanoma berishdangina emas, balki bolalar jamoasi va
uning har bir a ’zosining rivojlanish istiqbollarini ham belgilash imkonini
beradi.
189
M axsus m aktablarda oligofrenopedagog-tarbiyachining am aiiy
faoliyati bu ko'plab pedagogik vazifalarini o ‘z vaqtida kechiktirmay
hal qilishdir. 0 ‘zining kasbga doir bilimlaridan mohirona ijodiy foydalana
olgan oligofrenopedagog o ‘z vazifasini m uvaffaqiyatli hal etishi
m um kin.
Oligofrenopedagog o ‘zining pedagogik mahoratini egallash uchun
o ‘quvchini korreksion-rivojlantirish va shakllantirishning hozirgi bosqichda
nimalarga erishmoqchi ekanligini aniq tasaw ur qilishi lozim. Bunda u
milliy g‘oya va tarbiyaning umumiy maqsadlariga asoslanishi bilan bir
vaqtda tarbiyaning birinchi galdagi vazifalarini aniqlash, yuzaga kelgan
pedagogik vaziyatda maxsus psixologik-pedagogik bilimlarni qo'llashni
talab qiladi.
Tarbiyaviy ishda maqsadga qat’iy va zo‘r g‘ayrat bilan intilish talab
qilinadi. Biz nimaga erishmoqchi bo‘Iganligimizni bilishimiz va buni hech
qachon unutmasligimiz kerak.
Ammo maxsus pedagogika, maxsus psixologiyaga doir bilimlar ba’zan
yordamchi maktabda muayyan tarbiyaviy lahzalarda yuzaga keladigan barcha
vazifalarga tayyor javoblar bera olmaydi.Oligofrenopedagogning faoliyati —
ijodiy faoliyat va aynan bilimlarni ijodiy qo‘llash mohir pedagogning
o ‘zigaxos xususiyatini ko‘rsatib turadi. Pedagoglarga bir xil qolipda
ishlash uchun ko‘rsatma berilmaydi. Chunki maxsus maktabda turli xil
tashxisga, o‘ziga xos xususiyatga ega bo'lgan bolalar o‘qiydilar. Shu bois
doim o ularga o ‘zingiz boshqarm oqchi b o ‘lgan psixik hodisalarning
qonuniyatlarini o ‘rganish va shu qonunlami hamda ularni qo‘llamoqchi
bo‘lgan muhitlarni nazarda tutib ish ko‘ring, deb aytamiz...
Faqat mana shu muhitlarning hamda yordamchi maktab tarbiyalanuv-
chilari shaxsining bunday o ‘ta xilm a-xilligida qandaydir umum iy
ko‘rsatmalar berish mumkin emas. M ana shuning uchun ham biz oligo-
frenopedagoglarda yordamchi maktabda o ‘quvchilami imkoni boricha
o ‘rganishni, o'quvchilarni o ‘rab turgan muhitni, turli pedagogik tarixni,
sharq mutafakkirlarining tarbiyaga oid qarashlari, hadislar va boshqa
pedagogikaga oid manbalardan foydalanishni, bu maqsadga erishish sari
og‘ishmay borishni maslahat beramiz.
Yordamchi maktabda oligofrenopedagog faoliyat jarayonida o ‘ta xilma-
xil kasbiy va shaxsiy sifatlarini namoyon qiladi. Bu sifatlar bir-biri bilan
uzviy bog‘langan va o ‘qituvchining amaiiy faoliyatida bir butun sifatida
yuzaga chiqadi. Shaxsiy sifatlar, maxsus bilimlar va kasbiy tajribaning
murakkab ham da ko'p qirrali birikmasini pedagogik qobiliyatlar deb
atash qabul qilingan.
Pedagogik qobiliyatlarning shakllanishiga oligofrenopedagoglarni
tayyorlab yetishtiradigan oliy o ‘quv yurtida ta’lim-tarbiya jarayoni katta
ta ’sir ko'rsatadi.
190
A m m o h a r b ir b o ‘lajak o ‘q itu v c h i-d e fe k to lo g va m aklalula
ishlayotgan oligofrenopedagog o ‘zlarida pedagogik qobiliyatni o'stinsli
uchun zo‘r ishtiyoqni namoyon qilishlari kerak. Pedagoglik qobilivati
pedagog faoliyatining shartigina emas, balki natijasi hamdir.
Pedagoglik mahorati o ‘qituvchida pedagoglik odobi (nazokati)ning
mavjudligi bilan xarakterlanadi. 0 ‘qituvchining um um iy m a ’naviy
tarbiyalanganligi pedagoglik odobining asosidir. Pedagoglik odobi — bu
o ‘quvchilarga nisbatan pedagoglik etikasining o ‘ziga xos am alga
oshirilishidir. Pedagoglik odobi — bu o ‘qituvchining yuksak insoniyligi,
insonga mehribonligi, o ‘zini tuta bilishi, sabr-bardoshi, har qanday
vaziyatlarda ham xayrixohlik munosabatlarini o‘rnata bilishi, qamrab
oluvchi m a’naviy xulq-atvordir. Pedagoglik odobiga ega b o ig a n
olig o fren op edago g y o rd am ch i m aktab o ‘q u v ch ilari, o ta -o n a la r,
ham kasblari b ilan b o £ladigan o ‘z m u n o sab atlarin i ustalik bilan
boshqaradi. Pedagoglik odobida aw alo insonga chuqur hurmat namoyon
bo'ladi.
Y o rd am ch i m a k ta b o ‘q itu v c h isi a lo h id a y o rd am g a m u hto j
o‘quvchining tarkib topayotgan shaxsi bilan ish ko‘radi va uni aqli zaif
o ‘quvchilar bilan bo‘ladigan barcha munosabati: insonga mumkin qadar
ko‘p talabchanlik va unga nisbatan mumkin qadar ko‘p hurm at tamoyili
asosida qurilishi kerak.
Oligofrenopedagogning malakasi pedagoglik odobi bilan bog‘langan.
Bu pedagoglik vaziyatni baholash, o ‘quvchilarning xususiyatlarini hisobga
olish, ta ’sir keltirib chiqarishi mumkin bo ‘lgan holni oldindan ko‘rish
malakasidir. Pedagoglik odobi yuksak pedagoglik mahorati mavjudligining
belgisidir.
Pedagoglik odobini egallash oligofrenopedagogdan o ‘z ustida puxta
o‘ylab ishlashni talab qiladi. 0 ‘qituvchi o‘z xatti-harakatini doimo nazorat
qilishi, o ‘z qarashi bilan yordamchi maktab o ‘quvchilari xatti-harakatiga
o ‘z m un osabatin i bildira bilishi kerak. Y a’ni, pedagoglik odobi
oligofrenopedagogda o ‘z tuyg'ularini ifoda qilishning sof tashqi malakalari
m avjud b o ‘lishini ham n azarda tu ta d i. M alakalar — pedagoglik
mahoratining tarkibiy qismi b o iib , u pedagoglik texnikasi deb ataladi.
Pedagoglik texnikasi oligofrenopedagogga yordamchi maktab o ‘quvchilari
va ulaming ota-onalari bilan muloqotda boMishda to‘g‘ri muomala tarzini
tanlash imkonini beradi. Muomala tarzi, bolalar bilan munosabat uslubi,
metodikani to ‘g‘ri tanlash — bulaming barchasi pedagoglik texnikasiga
kiradi. Yordamchi maktabda o ‘quvchilar bilan ishlaganda pedagoglik
texnikasi oligofrenopedagoglarga o'quvchilar jamoasidagi munosabatlami
boshqarish imkonini beradi.
0 ‘qituvchining pedagoglik mahorati, uning intellekti va madaniyatiga
maxsus ta ’limni isloh qilishning asosiy yo‘nalishlarida jiddiy e’tibor
191
beriladi va bu o ‘rinda yordamchi m aktabda oligofrenopedagog o ‘z
pedagoglik mahoratini, kasbga doir vazifalami hal qilish qanchalik qo‘lidan
kelishini doimo tekshirib borishi, bola ongi ham da qalbiga kirishning
umidbaxsh yo'llarini izlashi kerakligi ta’kidlab o ‘tiladi. Maxsus maktab
islo h o tid a yordam chi m aktabda oligofrenopedagog tarbiyasi o ‘z
tarbiyalanuvchilarini faqat bilimlar bilan qurollantirib qolmasdan, ularga
o‘zining odobi bilan, xatti-harakati bilan ham, turmush tarzi, o ‘z qiyofasi
bilan ham ta ’sir qiladi. Uning intellekti va madaniyati, haqgo‘yligi va
insoniyligi, uning m a’naviy sifatlari yordamchi maktab o ‘quvchilari
tomonidan namuna sifatida qabul qilinadi. Shuning uchun ham yordamchi
maktab oligofrenopedagogi u qaysi predmetni olib borishidan qat’i nazar,
yoshlar uchun m a’naviylik murabbiysi, taqlid uchun yuksak namuna,
o ‘mak bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |