Maxsus pedagogika


Yordamchi  maktab  tarbiyachisi



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

Yordamchi  maktab  tarbiyachisi. 
Aqli  zaif  bolalarni  tarbiyalash  va 
o ‘qitish  ustida  yordam chi  m a k ta b -in te rn a t  va  kuni  uzaytirilgan 
maktablarda  olib  boriladigan  butun,  ko ‘p  qirrali  ish  asosan  tarbiyachi 
tom onidan  amalga  oshiriladi.
Tarbiyachi ishining mazmuni va tashkiliy shakllari juda turli- tumandir. 
Tarbiyachi  o ‘quvchilarning  yuqori  o ‘zlashtirishlarini  ta ’minlashga 
yo‘naltirilgan  ish  olib  boradi,  ulam ing  g‘oyaviy-siyosiy  tarbiyasini  va 
axloqiy xislatlari tashkil topishini,  m ehnat, jismoniy va  estetik tarbiyani 
amalga oshiradi.  Bolalar faoliyatini uyushtiradi, ulami sanitariya-gigiyena 
malakalariga  odatlantiradi va ulaming tashqi  ko‘rinishiga  va  kayfiyatiga 
qaraydi,  ota-onalar  bilan  ish  olib  boradi  va  hokazo.
Tarbiyachining  asosiy  vazifalariga  quyidagilarni  kiritish  mumkin:
1. 0 ‘ziga biriktirilgan guruhdagi bolalarning normal tarbiyasini amalga 
oshiradi,  ulam i  hayotga  tayyorlaydi.
2.  Tarbiyachi  o ‘z  guruhidagi  bolalar  bilan  sinfdan  va  maktabdan 
tashqari  ishlarni  olib  boradi.
3. Bolalarni ijtimoiy-foydali mehnatga va o‘z-o‘ziga xizmat ko'rsatishga 
jalb  etadilar,  tarbiyachi  o ‘quvchilar  bilan,  maktab  psixologi,  shifokori 
va  logopedi  bilan  doimiy aloqada  bo'ladi.
4.  Bolaning  ota-onalari  bilan  doimiy  muloqotda bo‘ladi.
0 ‘qituvchining  huquqi  qanday  bo‘lsa,  tarbiyachining  huquqi  ham
shundaydir.
1 3 - 3 3
193


Yordamchi maktabda o‘quvchilarni  nim a uchun o'rganm oq kerak? 
Yordamchi  maktabda  o'quvchilarni  hozirgi  davr  talablari  darajasida 
to ‘g‘ri tarbiyalash uchun ularni yaxshi bilmoq kerak.  Oligofrenopedagog 
yordamchi  maktab  o ‘quvchisidan  qancha  yiroqlashsa,  ta ’lim-tarbiya 
ishlariga  shuncha  pu tur  yetadi.  Y ordam chi  m aktabda  korreksion- 
tarbiyaviy  ishning  m uvaffaqiyati  k o ‘p  jih atd an   uning  yordam chi 
maktab  o ‘quvchilari  ichki  dunyosiga  chuqur singib  kirishiga,  ularning 
kechinmalari  ham da  xulq-atvorini  tushunishga  bog‘liq.
Yordamchi maktab o ‘quvchisining qanday yashayotganligini,  uning 
qiziqish  va  mayllari  qandayligi,  his-irodasining  o ‘ziga  xosligi  ham da 
xarakter xususiyatlarini o ‘rganishimiz  deganda,  uning qalbiga mumkin 
qadar  ishonchli  yo‘l  topish,  unga  tarbiyaviy  ta ’sir  etishning  yanada 
m aqbul  u slu b larid an   foydalanish  dem ak d ir.  O ligofrenopedagog 
yordamchi  m aktab  o ‘quvchisining  individual  xususiyatlarini  yaxshi 
o ‘rgangan  va  yaxshi  tushungan  taqdirdagina  bu  o ‘quvchi  shaxsini 
muvaffaqiyatli tarbiyalab yetishtira oladi.  Oligofrenopedagog yordamchi 
maktab  o ‘quvchilarini  faqat  darsdagina  emas,  balki  sinfdan  tashqari 
vaqtda  ham  ularga  tarbiya  berishi,  ota-onalari  bilan  suhbatlashganda, 
o'quvchilar  uy  sharoitlari  bilan  tanishganda  ham ,  har  xil  sayrlar, 
tadbirlar  davomida  ham  ularni  o ‘rganib  boradi.
Maxsus  ta ’lim  tizimidagi  muassasalar  nizomida  o ‘quvchilarning 
individual  xususiyatlarini,  ularning  hayot  sh aro itlarini  o ‘rganish 
zarurligi  k o ‘rsatib  berilgan.
Y ordam chi  m aktab  o ‘quvchilarining  o ‘ziga  xos  xususiyatlari, 
ularning  qiziqishlari,  mayllari,  ular  olgan  tarbiya  darajasini  nazarga 
olgan holda m a’lum maqsadga qaratilgan va ta ’sirchan reja tuzish  oson 
b o ‘ladi.
T o‘g‘ri,  yordamchi  maktab  o ‘quvchilarini  o ‘rganish  ko ‘p  vaqt  va 
kuch talab etadi. Ammo keyinchalik bular hammasi katta ijobiy natijalar 
beradi.  Y ordamchi  maktab  o ‘qituvchisi  o ‘quvchilarni,  ularning  o ‘ziga 
xos xususiyatlarini bilgan holda ular kamoloti jarayonini muvaffaqiyatli 
ta rz d a   y o ‘lga  solib  k etish i  m u m k in   b o 'la d i.  Shu  b ilan   birga, 
o ‘qituvchining  har qaysi  o ‘quvchi  to ‘g‘risida  bilganlarini  ham   hisobga 
olish lozim.  Bular yordamchi maktab o ‘quvchilariga korreksion tarbiya 
berish jarayonida  ularga  bir xilda  talablar  qo‘yish  va  ularga  bir zaylda 
muom ala  qilishga  erishishga  yordam  beradi.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish