Maxsus pedagogika



Download 6,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/163
Sana31.12.2021
Hajmi6,87 Mb.
#249812
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   163
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po latova P.M

4-chizjna
186


Sinfdan  tashqari  ishlarga  asosan  o‘qituvchi  va  tarbiyachilar  rahbarlik 
qiladilar.  Sinfdan  tashqari  ishlarda  o ‘quv  ishlaridan  tashqari  o ‘zlarini 
boshqarish  malakalari  ham  shakllantirib  boriladi.
Yordamchi  maktablardagi  sinfdan  tashqari  ishlar  o ‘tkazilish  shakliga 
ko‘ra  ommaviy,  guruhli,  individual  bo‘lishi  mumkin.
Sinfdan tashqari ishlarga siyosiy axborotlar, maktab kechalari, ertaliklar, 
sayohatlar  uyushtirish,  ko‘rgazmalar  namoyish  etish  kiradi.  G uruhli 
sinfdan tashqari ishlarga esa suhbatlar, o ‘yin, maishiy mehnat turlari kiradi.
Sinfdan tashqari ishlarga sinfdan tashqari o‘qishni ham kiritish mumkin. 
S infdan  ta sh q ari  o ‘qish  n u q son li  b o la la rn in g   shaxsiy  sifatlarin i 
shakllantirishda asosiy, yetakchi vositalardan sanaladi. Uning asosiy vazifasi 
nuqsonli  bolalarni  aqliy,  axloqiy,  estetik  jihatdan  rivojlantirib,  ularda 
mustaqil  o‘qishga  qiziqishni  tarbiyalashdan  iborat.  Yordamchi  maktab 
o'quvchilari  sodda,  kichik  hajmli,  bezakli  badiiy  adabiyotlami  o'qishlari 
tavsiya  etiladi.  Sinfdan  tashqari  o ‘qish  alohida  soatlarda  o ‘tkaziladi. 
Boshlang‘ich sinf o ‘quvchilari tarbiyaviy guruhlarda shug‘ullansalar, yuqori 
sinf o ‘quvchilari  turli  to ‘garaklarda  shug‘ullanishlari  mumkin.  Tarbiyaviy 
guruhlarda bolalar individual yoki jamoa bo‘lib o ‘qiydilar. 0 ‘qituvchi o‘qilgan 
mavzulami tushuntirib beradi.  Individual  o'qish  uchun  birmuncha sodda, 
kichik  matnlar tanlanadi.  To‘garaklarda  esa  asosan  o ‘quvchilar  individual 
shug‘ullanadilar. Talab etilsa, o ‘qituvchiga murojaat etadilar.  Barcha turdagi 
sinfdan  tashqari  o ‘qishga  o ‘qituvchilar  boshchilik  qiladilar,  maslahat 
beradilar,  sayohatlar  tashkil  etadilar,  diafilm  va  kinofilmlar  ko‘radilar, 
fikr almashadilar.  Sinfdan tashqari o ‘qishga rahbarlik ishlariga oila ham jalb 
etilishi mumkin. Ota-onalar yig'ilishlarida o‘qituvchi ota-onalami bolalarga 
tavsiya  etilgan  adabiyotlar bilan  tanishtiradi.  Kitob  bilan  ishlash  usullarini 
tushuntiradi.
Sinfdan  tashqari  o‘qish  hisobga  olinadi,  lekin  baholanmaydi.  Sinfdan 
tashqari  o ‘qish,  nazorat  qilish,  hisobga  olish  shakli  asosan  o ‘qilgan 
adabiyotlar  yuzasidan  suhbatlar  uyushtirishdir.  Yordamchi  maktablardagi 
maktabdan  tashqari  ishlar  ham  sinfdan  tashqari  ishlar  kabi  ta ’lim- 
tarbiyaviy,  ommaviy-madaniy  ishlardan  iborat  bo‘ladi.
Maktabdan  tashqari  ishlar  mazmunan,  shaklan,  vazifalari  bo‘yicha 
sinfdan tashqari  ishlarga o‘xshab  ketadi.  Maktabdan tashqari  ishlar asosan 
maktab  rahbarlari  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bu  ishlarda  bolalarning 
imkoniyatlari albatta inobatga olinishi kerak. Turli toifadagi bolalarga yozgi 
umumiy  va  maxsus  lagerlar  tashkil  etiladi.
Sinfdan,  maktabdan tashqari ishlar nihoyatda muhim ahamiyatga ega. 
Ularni  to ‘g‘ri  tashkil  etish  maktabning  aqli  zaif bolalarga  bo‘lgan  ta’lim- 
tarbiyaviy  ta’sirini  oshirishga  imkon  beradi.  0 ‘quv  meteriallarini  puxta 
o ‘zlashtirish  bolalarni  atroflicha  rivojlantirish  uchun  zarur  sharoit 
yaratadi.  Sinfdan tashqari  ishlarda  dars  materiallarini  takrorlashga imkoniyat
187


yaratiladi. 0 ‘quvchilaming sensor tajribalari boyib boradi.  Ulaming harakat 
sistemalari  rivojlanadi.  Sinfdan  tashqari  ishlar  o ‘quv  materiallarini 
mustahkamlash va chuqurlashtirishda mustaqil ishlash uchun sharoit yaratadi. 
Bolalarda  madaniy  xulq-atvor  malakalarini  tarbiyalaydi.  0 ‘quvchilaming 
bo‘sh vaqtlarini uyushtirishga yordam beradi. Aqli zaif bolalarning ijtimoiy- 
foydali  faoliyatda faol  qatnashishiga ko‘maklashadi.
Sinfdan tashqari ishlarning yana bir turi to'garak ishlaridir. To‘garak ishlariga 
asosan  4—9-sinf o ‘quvchilari  qabul  qilinadi.  Ba’zan  esa  yoshi  katta  3-sinf 
bolalari ham qabul qOinishi mumkin. To‘garak ishlari haftada bir marta ma’lum 
soatlarda o'tkaziladi. Ba’zan o‘quvchilar ikkita to‘garakka ham qatnashishlari 
mumkin.  T o‘garak  ishlarining  og‘ir,  yengilligiga  qarab,  mashg‘ulotni 
boshlashdan  oldin  tayyorgarlik  vaqti,  tanaffus  belgilanadi.  To‘garakka 
o ‘quvchilar  o ‘z  xohishlari  bilan  qatnashadilar.  Bolalarning  qiziqishlari, 
imkoniyatlari,  qobiliyatlari  hisobga  olinishi  kerak.  To‘garak ishlari  bir yilga 
rejalashtiriladi. To‘garak rahbarlari qaysi materialni qachon, qanday o ‘rganish 
kerakligini yaxshilab ko‘rib chiqib, rejalashtiradi.  Mashg‘ulot uchun tanlangan 
m avzu  o ‘quvch ilarn ing   tafak k u rin i  riv o jlantirad ig an,  cham alash 
xususiyatlarini  o ‘stiradigan,  nutqidagi  kamchiliklami  tuzatadigan  bo'lishi 
kerak. Mashg‘ulot jarayonida lug‘at ustida ham ish olib boriladi. 0 ‘quvchilar 
yangi so‘z va atamalarga duch kelsalar, o‘qituvchi shu so‘z haqida tushuncha 
berib,  mashg‘ulot  uchun  tutilgan  daftarga  yangi  so‘zlami  yozdirib  boradi. 
To‘garakda  har  bir  o‘quvchining  muvaffaqiyatini  yoritib  boruvchi  alohida 
jumal  bo‘ladi.  Sinfdan  sinfga  ko‘chirish,  tavsifnoma  berish  vaqtlarida  shu 
jumal  materiallaridan  ham  foydalaniladi.  0 ‘quvchilaming to‘garak ishlariga 
kirishib  ketishlari  uchun  mashg‘ulot jarayonida  ulaming  ruhini  ko‘taruvchi, 
qiziqishlarini  orttiruvchi  materiallardan  ko‘proq  foydalanish  kerak.  Har 
bir  bolaning  aqliy  rivojlanishi,  mashg‘ulotga  tayyorgarligi,  charchashi  kabi 
xislatlariga alohida e’tibor beriladi. 0 ‘quvchilardagi tirishqoqlik, berilgan ishni 
mustaqil  bajarishga  intilishi  qo'llab-quwatlanishi  kerak.  Darsda tortinchoq, 
kamgap bolalarning ayrimlari to ‘garak ishlarida faol qatnashadilar.  To‘garak 
ishlari  o ‘tkazilishi  mazmuni,  shakliga  ko‘ra  darsdan  farq qilganligi  sababli, 
bolalar to‘garaklarda birmuncha unumli ishlaydilar. To‘garak ishlari iloji boricha 
bolalarning qiziqishlariga, imkoniyatlariga qarab olib borilsa yaxshi natijalarga 
olib  keladi.  Yordamchi  maktablarda  turli  fanlardan  sinfdan  tashqari  ishlar 
olib borish  mumkin,  olib  boriladigan  sinfdan tashqari  ishlarning  nuqsonni 
tuzatishda  ahamiyati  katta.  Bu  bolalar  mantiqiy  fikrlashga,  xotiraning, 
diqqatning  turg‘unlashuviga  erishadilar,  olgan  bilimlari  sinfdan  tashqari 
ishlarda mustahkamlanadi, amaliy mazmun kasb etadi. Turli hayotiy  hisoblash 
ishlari aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishida, lug‘atining boyishida, mo‘ljal 
olish,  chamalash  ishlarida,  savdo ishlarida topshiriqlami bajarishlari  uchun, 
ularga  estetik  did,  mehnat  qilish  uchun  zarur ko‘nikma  va  malakalarining 
shakllanishiga yordam beradi.

Download 6,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish