Umumiy harakatlarni rivojlantirish uchun
-ustki qo’l-oyoqlar, panja, barmoqlar uchun;
-pastki qo’l-oyoqlar uchun;
-tayoqcha, koptok bilan qarshilikni yengib chiqish mashqlari;
-gavda uchun mashqlar kabi harakatli o’yinlar tavsiya etiladi.
Musiqa ostida polda doskachalar ko’rinishidagi to’siqlar izidan; chizilgan yo’l bo’yicha; oyoq tumshuqida, tovonida, butun tovonda yurish keng qo’llaniladi. Harakat ko’nikmalarining asta-sekin shakllanishiga e’tibor qaratish muhim. Oldin bolalar uning dinamikasida harakatlar obrazinining yaxlitligini qabul qilishlari uchun pedagog o’zi hayajon bilan kerakli tempda harakatlarni boshidan oxirigacha bajaradi. Keyin bo’lib tashlangan harakatlar ancha sekin tempda harakatlarni tashkil etadigan hamma elementlarni tushuntirgan qolda ko’rsatiladi. Bundan keyin bolalar pedagogning ko’rsatmalarini eshitib o’zlari harakatlarni ishlab chiqadilar. U bolalarning e’tiborini ular bajaraѐtgan harakatlarning to’g’riligiga qaratadi va ularni rag’batlantiradi. Sekin-asta musiqa hamrohligi kiritiladi, oldin pedagogning tushuntirishlari bilan, keyin bolalar mustaqil musiqa ostida harakatlarni bajaradilar.
Xulosa
Nutqida kamchiligi bo’lgan bolalarni korreksiyalashda to’g’ri tashxis qo’yish asosiy o’rinni egallaydi. Shunki har bir tashxisning o’zining korreksion mashg’ulotlari bor. Bu maqolamizda biz asosan nutqi to’liq rivojlanmagan bolar bilan logoritmik mashg’ulotlar o’tkazish orqali korreksiyalash yo’llarini ko’rib chiqamiz.Nutqning to’liq rivojlanmasligi deganda eshitish va intellekti normada bo’lganidagi nutq anomaliyasi tushiniladi, bunda nutqning barcha komponentlari
yani nutqning fonetik-fonematik, leksik va grammatik tomonlari buzilgan bo’ladi.
Nutqning to’liq rivojlanmaganligida asosan nutqning kechroq paydo bo’lishi, lug’atning kambag’alligi, agrammatizm, talaffuz kamchiliklari kuzatiladi. Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda xotiraning sustligi sabapli lug’at boyligi juda kambag’al bo’ladi. Shu bilan bir qatorda bu bolalarda mushaklar tonusining o’zgarishi, ifodalanmagan muvozanat va harakatlar koordinatsiyasi buzilishlari, qo’l barmoqlari differensirlashgan motorikasining etarli emasligi, umumiy va oral praksisning shakllanmaganligi bilan xarakterlanadi. Bunday hollarda logoritmik mashg’ulotlar o’tkazish ko’proq yordam beradi.
Logopedik ritmika so’z, musiqa va harakatning uyg’unlashubiga asoslangan bo’lib logoritmikaning yana bir vazifasi turlisha anomaliyali rivojlanish va nutq buzilishi bo’lgan odamlarni davolashda qo’llaniladi. Logoritmikaning nutq nuqsonlarini korreksiyalovchi vazifalariga nafas olish, motor, sensor funksiyalarini rivojlantirish, harakatlarni, musiqalarni eslab qolish asnosida xotirasini rivojlantirish kiradi.Logoritmikada diqqat-etiborni faollashtiruvchi mashqlar xotiraning barcha shakllarin ko’ruv, eshitish, musiqa orqali motor ko’rinishlarini rivojlantiradi. Asosan bu logoritmik mashg’ulotlarni musiqa rahbari bilan hamkorlikda olib borish maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib aytganda logoritmik mashg’ulotlani bolalarning xotirasini rivojlantirish jarayonida qollanganimizda shunga amin bo’ldikki logoritmik mashg’ulotlar bolaning xotirasini rivojlantirish bilan bir qatorda uning umumiy motorikasini, diqqatini va o’ylashini ham teng rivojlantiradi. Sababi bola mashg’ulotlar davomida to’g’ri bajarish uchun harakatlarning va sonlarning ketma-ketligini eslab qolishga harakat qiladi. Bizga ma’lum nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarning lug’at boyligi juda kambag’al bo’ladi. Ularning lug’at boyligini rivojlantirishimiz uchun dastlab ularning xotirasini mustahkamlashga harakat qilishimiz kerak. Buning uchun esa bizga logoritmik mashg’ulotlar ju’da katta yordam beradi. Sababi bola mashg’ulotlar jarayonida ham so’zlarni ham harakatni eslab qolishga harakat qiladi.
Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalar nutqining о‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan pedagogic psixologik adabiyotlar taxlili nutq rivojlanmasligining kelib chiqish ontogneziga bog’liqliligi va nutqning rivojlantirish yо’llarining shart-sharoitlari xaqidagi ma‘lumotlarini adabiyotlar taxlili kо’rsatdi. Bola nutqining rivojlanishi nerv sistemasidagi jaroxat о’choqlarga bog’liqligi va ularni nutqning barcha komponentlarini ta‘sir xususiyatlari nutqiy rivojlanmasligining darajalarida kо’rsatilgan. Nutqning rivojlanishi tafakkur rivojlanishi bilan bog’liq bо’lganligi sababli,bola nutqidagi barcha nutq komponentlarining qay darajada rivojlanishiga bog’liqdir. Bu komponentlarni rivojlanishi bolaning nerv sistemasini о’sishi, ta‘lim-tarbiyaning tо’g’ri olib borilishi bilan bog’liq bо’ladi. Bolaning nutqi tevarak-atrof va undagi kishilar mehnati о’rtoqlari va kattalar bilan muloqot asosida rivojlanib boradi. Har qanday nutq nuqsonlarida korreksion ishlarning olib borilishi kabi nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalar nutq faoliyatini faollashtirishda bilish faoliyatlarini rivojlantirishning axamiyati kattadir. Chunki bilish faoliyatlarni rivojlantirmasdan turib nutqni rivojlantirish katta qiyinchiliklarga olib keladi. Muammoning dolzarbligi nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatini xolatini о’rganish va korreksion ishlarni tо’g’ri olib borishdan iboratdir. Psixologik nuqtai nazardan insonning bilish jarayonlariga diqqat, sezgi, idrok, xotira, tafakkur xayol kabi jarayonlar kirib insoning bolalikdan rivojlanishi mobaynida ushbu jarayonlar ham turli faoliyatlarda rivojlanib boradi.Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlaydigan, yо’naltirilgan tusdaligidan iborat. Tevarak atrofdagi olamning kо’plab ta‘sirlari orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, о’ylaydi.Ongning bu xossasisini uning diqqat kabi xususiyati bilan о’zaro bog’liq deb hisoblashadi.Diqqat bilish jarayonlaridan farqli о’laroq, о’zining alohida mazmuniga ega emas, u barcha bilish jarayonlarining jо’shqin jixatidir.Diqqat individning hissiy aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yо’naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir. Diqqat sezgi, xotira, tafakkur va harakat jarayonlarida namoyon bо’lishi mumkin.Bog’chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning diqqatini xoyatda beqaror bо’lishi bilan harakterlanadi. Masalan, bolaga yangi о’yinchoq bersangiz о’yinchoqni juda qiziqib kо’ra boshlaydi, lekin ayni shu paytda yana bir boshqa о’yinchoqni kо’rsatilsa, birinchi о’yinchoqni tashlab ikkinchiga talpinadi.
Nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalar normal rivojlangan bolalardan topshiriqni bajarishda masofa vaqt, tafakkur kо’rsatkichlarida ortda qoladilar, xarakatlar ketma-ketlik tartibini buzib, uni tashkil etuvchi qismlarni qoldirib ketadilar. Nonutqiy jarayonlarni tо’g’ri baxolash nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalar atipik rivojlanishi qonuniyatlarini aniqlash va shu bilan birga ularning о’rnini tо’ldirishi imkoniyatlarini aniqlash uchun zarurdir. Bolalarda bilish faoliyatlarini rivojlanish tevarak-atrof, kishilar mehnati va bola yashayotgan muhitdagi barcha predmetlar va narsalarni bilish, о’rganish orqali ularning idroklari rivojlana boradi. Idrokning obyektiv faoliyati inson faoliyatining ilgarilanganligidir. Shu bilan birga faoliyat, amaliyot idrokning rivojlanishiga harakatlarning tо’g’ri va tо’la aks etishiga yordam beradi. Nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalar о’ziga xos hususiyatlarga ega bо’lib, ularda nutqning rivojlanmasligi natijasida eshituv va nutq zonalarining zararlanishi natijasida idrok rivojlanishi nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalarda sust rivojlanadi. Ular atrof muhitdagi narsa va hodisalarni kо’ra biladilar, ularni farqini, ulardagi о’zgarishlarni bilsalarda nutq orqali tushuntira bera olishda qiynaladilar. Nutqi tо’liq rivojlanmagan bolalarda kо’ruv idroki о’ziga xos xususiyatga ega. Kо’rish analizatorlari atrof olam haqidagi turli xil axborotlarni olishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |