Maxsus pedagogika kafedrasi logopedik ritmika fanidan


Logopedik ishda nutqni tushunishni rivojlantirish va taqlidni faollashtirish



Download 241 Kb.
bet10/16
Sana12.07.2022
Hajmi241 Kb.
#780566
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Eshqulova Lola Logopedik Ritmika

2.1.Logopedik ishda nutqni tushunishni rivojlantirish va taqlidni faollashtirish
Logopedik ta’sir ko‘rsatishning asosiy vazifasi — istalgan tovushning namoyon bo’lishi shaklida bolalaming taqlidiy nutqni faoliyatini hosil qilish, nutqni tushunish hajmini kengaytirishdan iborat. Bu bosqich gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ish uchun mo’ljallangan. Bunday bolalaming faol nutqi alohida so‘zlardan iborat: bolaga yaqin tanish kishilarni nomlash, tovush taqlidi, so‘z qismlaridan iborat ("da" yoki "dada", "bo" yoki "bobo", ”bi-bi”-mashina va hokazolar). Gapirmaydigan bolalarda, qoidaga ko‘ra kattalar so‘ziga taqlid qilish ehtiyoji bo‘lmaydi. Agar nutqiy taqlid faoliyati mavjud bo‘lsa, u holda bu jarayon ikki-uch noto‘g‘ri artikulatsiyalanuvchi tovushlardan tuzilgan bo‘g‘in komplekslari orqali amalga oshiriladi: undosh+unli yoki aksincha unli+undosh. Gapirmaydigan bolalaming faol lug‘atida ayrim hollarda 5—10 ta, ba’zida esa 25—27 ta so‘z birliklari bo‘ladi. Nutq rivojlanishi mobaynida bola tomonidan faqat shunday alohida so‘zlardan foydalanish davri so‘zgap yoki bir so‘zdan iborat gap davri deb nomlanadi. Bir so‘zdan iborat gaplar nutqning normal shakllanishi jarayonidagi singari nutq rivojlanishi buzilishining barcha shakllarida ham bolalar nutqi rivojlanishining boshlang'ich nuqtasi hisoblanadi. Bir so‘zdan va amorf so‘zlardan iborat gaplar davrida nutqni tushunish darajasi turlicha boiishi mumkin: bolaning o‘ziga qaratilgan oddiy iltimoslarni qiyinchilik bilan tushunuvchi eng past darajadan so‘zlarning alohida grammatik shakllari ahamiyatini tushunishgacha, masalan, otlarning birlik va ko‘plik shakllarini farqlashga qiynaladilar. Ayrim gapirmaydigan bolalar sodda ko'makchili konstruksiyalar m a’nosini tushunadilar. Bunga ikki predmetning fazoviy munosabatini misol qilib ko‘rsatish mumkin: quti ichida, quti ustida, quti ostida quti yonida. Ba’zi bir bolalar yetarlicha passiv lug‘atga ega boiadilar, ular ota-onasi, logoped va boshqalar iltimosiga ko‘ra og'zaki ifodalangan, yetarlicha murakkab va turli xil topshiriqlarni bajarish qobiliyatiga egadirlar. Bunday bolalar haqida ota-onalari odatda shunday deydilar: "Hamma narsani tushunadilar, biroq gapirmaydilar". Ayrim bolalarda nutqni tushunish juda chegaralangan boiadi. Bolalaming nutqni yaxshi tushunishi va yetarli darajada passiv lug‘atga ega ekanligi haqida tasavvur tug‘ilganda ham qo‘shimcha tekshiruvlar orqali shu yoshdagi sog’lom bolalarga nisbatan nutqni tushunishning chegaralanganligini aniqlashga erishiladi. Agar gapirmaydigan bolalaming nutqni tushunishi darajasi past bo’lsa, u holda logopedik ishni birinchi navbatda nutqni tushunishni kengaytirishdan boshlash lozim. Logopediya amaliyotidan ma’lumki, nutqni yetarlicha yaxshi tushunish tufayligina bola gapira boshlashi mumkin. Agar nutqni tushunish darajasi birmuncha yuqori bo’lsa, istalmagan tovush nutq ko‘rinishlarini hosil qilish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi. Logopedik ta’sirning asosiy vazifasi passiv lug‘at boyligini to‘ldirishdan iborat. Bolalarga o'yinchoqlari, tana a’zolari, kiyim-kechaklari, jonivorlar, alohida predm et va hodisalar nomlari va shu kabilarning nomlarini eslab qolish taklif etiladi. Passiv fe’l lug‘ati bolaning o ‘zi tomonidan amalga oshiriluvchi xattiharakatlar nomidan iborat bo’lishi lozim (o‘tiribdi, yuribdi, kiyinyapti va hokazo). Bundan tashqari o‘ziga yaqin kishilar bajarayotgan xattiharakat nomlarini ham bilishi lozim, ammo bu lug'at faqat bolaning bevosita bir necha marotaba o ‘zi kuzatgan xatti-harakatlar nomi bilangina chegaralanishi mumkin. Shuni esda tutish lozimki, nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarda passiv fe’l lug‘ati passiv predmet lug‘atidan birmuncha kam boiishi mumkin. Shu sababli agar bolalar predmet nomlarini bilsa, u holda imkon qadar tezroq ulami harakat nomlarini tushunishga, shuningdek, sodir etilayotgan harakatlar yuzasidan berilayotgan savollami tushunishga o‘rgatish zarur: qayerda? qayoqqa? nima? nimga? qayerdan? kim uchun?
Nutqni tushunishni rivojlantirishning dastiabki bosqichlarida bolalardan alohida so‘zlarni tushunishning aniqligi talab qilinmaydi, shu sababli qayerga-qayerdan, och-yop va hokazo singari so‘zlami farqlash vazifasi birinchi o ‘ringa qo‘yilmaydi. Qayerda? Kimga? va shu kabi savollami tushunishga o ‘rgatish jarayonida bolalar dastlab bu so‘zlarning turlicha tovush ifodasiga tayanmaydilar, balki savolning keng nutqiy matniga tayanadilar. Buning uchun logoped savolida bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan "yordam beruvchi" so‘z bo‘lishi kerak. Shundan so‘nggina bolalar bu savollarni yaxshi tushunishga o ‘rganadilar. Sekin-asta savollardan barcha "yordam beruvchi" so‘zlar olib tashlanadi. Shu sababli logoped dastlab jaranglanishi bo‘yicha o'xshash so‘roq so‘zlar bilan birga turli xil predmet va harakatlar nomini qo‘llaydi, masalan: qayerdan olding? (kitob) qayerga qo‘yding?, kimga berding? Xuddi shunday qo‘g‘irchoqni kiyintirish (kiyinmagan boisa), eshikni yopish (ochiq bo‘lsa) iltimos qilinadi, ammo bola oldiga ikki harakatdan birini tanlab bajarish masalasi qo‘yilmaydi, masalan: qoshiqni ol—qoshiq bilan ol. Logopedik ishning keyingi bosqichlarida so‘roq so‘zlari bir xil fe’llarda qollaniladi: qayerga kelding? qayerdan kelding? va hokazo.O‘ziga qaratilgan nutqni (normal eshitish va birlamchi saqlangan intellektda) yomon tushunuvchi gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ish vaziyatni ko‘p marotaba takrorlab gapirishdan boshlanadi. Katta odam vaziyatdan foydalanib bola olgan predmetlami, bajargan harakatini, bolaning his qilgan hissiyotlarini (sovuq, issiq va h.k.) nomlaydi. Katta odam 2—4 so‘zdan iborat qisqa gaplar bilan orasida pauzalar qilib, aynan bir so‘z birikmasini 2—3 marotaba takrorlaydi. Nomlanuvchi predmetlaming turlicha o‘zaro munosabatini aks ettiruvchi so‘zlar har xil grammatik shakllarda bir necha marotaba takrorlanadi. Barcha so‘zlar bo‘g‘inlarga bo‘linmay tabiiy ohangda gapiriladi, ammo cho'zib talaffuz qilinuvchi unlilar o‘z holicha gapiriladi. Logopedning butun nutqi bolaga qaratilgan savollar bilan boyitilgan boiishi lozim. Bolada faol lug‘atida mavjud nutqiy vositalar yordamida kattalar bilan muloqot qilish ehtiyojini tug‘dirish zarur. Bolaning ushlagan, silagan, ko‘rgan predmetlari nomini eshitgan, o‘zi bajargan harakatlari nomini ko‘p marotaba eshitganidan so‘ng, boladan tanish predmetni olib kelish yoki shu predmet bilan bog‘liq biron-bir harakatni bajarishni iltimos qilish mumkin. Agar bola bu iltimoslami tushunmasa logopedning o‘zi predmetni oladi va uning nomini yana bir marotaba takrorlaydi. Gapirmaydigan bolalar bilan ishlashda, bunday bolalaming passiv lug‘atini chalg‘ituvchi so‘zlar bilan to’ldirish tavsiya etilmaydi. Mashg‘ulotni o'tkazishda o‘yinchoqlar, kiyim-kechak, oziq-ovqat va shu kabilar ko‘rgazmali material bo‘lib xizmat qiladi. Nutqsiz bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ishda kattalar so‘ziga taqlid qilish ehtiyojini tug‘dirish mas’uliyatli vazifa hisoblanadi. Taqlidiy nutqiy reaksiyalar har qanday tovush komplekslarida ifodalanishi mumkin. Shu sababli logoped shunday bir sharoitni yaratishi zarurki, bunda bolada aynan bir tovush birikmasini talaffuz qilish (takrorlash) istagi paydo bo‘lishi lozim. Chunonchi, logoped iltimosiga ko‘ra bola hayvonlar va qushlar ovoziga taqlid qiladi: "mo‘-mo‘”, ”ku-ku”, "chi-chi” va hokazo. Nutq rivojlanishining bu davrida bolalar o ‘yinchoqlarni, tanish predmetlami, harakatlarni, o‘z istaklari va munosabatlarini o‘zlariga qulay tovush shaklida nomlashlari mumkin. Bu davrdan "sakrab o ‘tib ketishga” urinish noto‘g‘ri boiardi. Biroq bolalarning avtonom nutqini kengaytirish shart emas. Dastlabki imkoniyatdayoq so‘z kombinatsiyalariga o‘tish muhim. Bunda bolada hech bo‘lmaganda so‘zlarning ayrim qismlarini taqlid bo‘yicha amalga oshirish zarur. Bolalar nutqini faollashtirish yoki nutqiy taqlidni hosil qilish bolaning amaliy faoliyati o‘yin, ko‘rgazmali vaziyat bilan uzviy bog’liq bo‘lishi lozim. Bunga turli xil, ammo zaruriy shart sharoitlarda erishiladi: bola bilan hissiy aloqaga kirishishda, nutqni tushunishning ma’lum darajasida, diqqat turg‘unligida, taqlid motivatsiyasining mavjudligida ko‘p narsa o ‘yinlarning qanchalik qiziqarli tashkil qilinishiga, gapirmaydigan bolalam ing ijobiy hissiyotlariga qanchalik chuqur ta’sir etishga, logopedning qay darajada ijodkorligiga bogliqdir. Taqlidiy nutqiy faoliyatni faollishtirishda kerakli natijaga erishish uchun taqlidni rivojlantirishni umuman olganda "Men kabi bajar" dan boshlash kerak. Bolalarni predmet bilan bajariluvchi harakatlarga, qo‘l, oyoq, bosh harakatlariga taqlid qilishga o‘rgatisb lozim. Logoped o ‘zi va bolalaming xatti-harakatlarini so‘zlar bilan, agar iloji bo‘lsa she’riy shaklda to ‘ldirib turadi. Qo‘l panjalari harakatlariga taqlid qilishni rivojlantirishga, ayniqsa, jiddiy yondashish tavsiya etiladi(mayda qo‘l motorikasi rivojlantirilmaydi, balki qo‘l harakatlariga taqlid rivojlantiriladi). Logopedik ishning yakuni Og‘zaki nutqni shakllantirish bosqichida olib boriladigan logopedik ish yakunida bolalar passiv lug‘atlarida predmet va harakatlarni ularning so‘z belgisi bilan taqqoslashga o ‘rganishlari lozim.

Download 241 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish