2.2.NTR bolalarda dastlabki so’zlarni shakllantirishda logopedik ritmikani qo’llash
Kattalar so‘ziga taqlid qilish ehtiyoji paydo bo‘lganidan so‘ng,bolalardan urg‘uli bo‘g‘inni talaffuz qilishga, so‘ngra bir-ikki-uch bo‘g‘inli so‘zlaming ohang-ritmik sur’atiga erishishga urinish zarur (bola so‘zning tovush tarkibini taxminan talaffuz qilishi mumkin). Bolalaming bir gapda ikki so‘zni birlashtirish o‘quvini egallashi nutq rivojlanishida muhim yutuq hisoblanadi, masalan "koptokni ber".
Bolalar o‘z istaklarini imo-ishoralar, amorf so‘zlaryoki buyruq fe’lidagi
bosh kelishikda, o‘zgarmaydigan otlarda ifodalashga o ‘rganishlari lozim. Ba’zi bolalar tavsiya qilingan fe’llarning bo‘g‘in tuzilishini darhol egallab ololmasliklarini yodda tutish lozim. Shu sababli dastlab faqat urg‘uli bo‘g‘inni talaffuz qilish lozim, ammo keyinchalik minimum darajada ikki bo‘g‘in talaffuz qilinadi.
Nutq rivojlanishining bu bosqichida tovush talaffuzini to‘g‘rilash tavsiya etilmaydi. Logoped bolalarning talaffuz imkoniyatlariga e’tiborsiz qarashi mumkin. Biroq, nutq shakllanishining ma’дum bir bosqichlarida biz qaysi tovushlarga ahamiyat bermasligimizga befarq emasmiz.
M,p (b) ,m(g) undoshlari hosil bo ‘lish joyiga ko ‘ra boshqa undoshlar bilan
aralashmaganligi maqsadga muvofiqdir (biroq shart emas) masalan "k" tovushi bilan barcha undosh tovushlar yumshoq va qattiqqa, jarangli va jarangsizga farqlanmay qolishi mumkin.Barcha til-tanglay oldi undoshlari (sh, j, ch, sh) bitta umumiy frikativ tovush, masalan, yumshoq "s" bilan aralashishi mumkin. Sirg‘aluvchi va shovqinlilami qo‘poI ravishda aralashtirish ham ruxsat etiladi. Sonorlarning yo‘qligi qonuniyat hisoblanadi. Ammo nutqni tiklashning shu bosqichida yoq "y" tovushining mavjudligiga alohida e’tiborni qaratish lozim. Bu
tovushni oy, ay, ey diftonglariga taqlid qilish asosida osongina keltirib chiqarish mumkin.
Agar nutqning tovush buzilishlari murakkab va bola hech bo'lmaganda tovushlarning taxminiy artikulatsiyasini ham egallay olmagan bo‘lsa, u holda logopedik ish so‘zlarni ritmik-ohangli talaffuz qilish bazasidan boshlash lozim. Bolalar ohang musiqiy surati saqlangan muhim so‘zlaming ayrim zaxirasi bilan qisqa frazali nutqni egallaganidan so‘ng tovush talaffuzi korreksiyasi bo‘yicha ish boshlanadi. Uch yoshli bolalar bilan bu ishni ”chug‘urlash so‘zlari" materiali ustida boshlash maqsadga muvofiqdir. Quyidagi logopedik usullardan foydalanish tavsiya etiladi:
predmetlar yoki predmetli rasmlarni nomlash;
predmetni olish, berish, uzatish va hokazolarni iltimos qilish;
predmet yoki uning tasviri haqida logoped boshlagan jumlalami tugallash;
harakatlarni buyruq shaklida nomlash.
Bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan so‘zlarni ko‘p marotaba gapirish muhim
shart-sharoit hisoblanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ongli ravishda eslab qolish qobiliyati tarkib topadi, xotira xajmi kengayadi; vazifa ixtiyoriy diqqatni mashq qildirish uni foydali bilimlar bilan boyitishdan iborat. Bolalarda bilish faoliyatin rivojlanishida xayol ijodiy faoliyat uchun zarurdir, shuning uchun uni bog ‘cha yoshidan boshlab rivojlantirib boorish katta ahamiyatga ega. Maktabgacha tarbiya yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur xayoli bо’ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy hayol tarkib topadi. Bolalar bilish faoliyati tevarak atrof tabiati kishilar mehnatini kо ‘ra bilishlari va maktabgacha tarbiya muassasasida tarbiyachinin g va logopedning olib brogan mashg ‘ulotlarida ularni har tomonlama bilish faoliyatlari rivojlantiriladi.Ulardagi kamchiliklar korreksiyalanadi.Bolalarning bilish faoliyatlaridan idrok, xotira, diqqatni turli xildagi didaktik о’yinlar asosida rivojlantiriladi.
“О’xshashini olib kel” о’yini
О’yining maqsadi: Narslarning nomini eslab qolishga о‘rgatish orqali bolalarning lug‘atini boyitish Harakat dinamikasiga e’tibor berish.
О‘yin uchun jihozlar: Turli о’yinchoq va buyumlar, shu buyumlarning rasmi aks ettirilgan kartochkalar. Katochkalar bunday vaqtda juft bо ‘lishi ham mumkin. Buyumlar о‘rniga kartochkalardan foydalanish ham tavsiya etiladi.
О’yinni о‘tkazish: Bu о’yinni uch xil variantda о’ynash mumkin.
I.Variant. Juft kartochkalarning bir nusxasini xonaning har yeriga tarqatib qо‘yiladi.Bolaga kartochkaning ikkinchi nusxasi beriladi. Bola qо‘liga olgan kartochkada nimaning rasmi aks ettirilgan bо ‘lsa, oldin uning nomini shaklini aytadi.Sо’ng bolaga kartochkalardan xuddi shuning o’ziga о’xshashini topib kelish vazifasi beriladi. Bola qо’lidagi kartochkaning о’xshashini topib kelganidan keyin uni bolalarga kо’rsatadi va nomini yana bir bor takrorlaydi.
II.Variant.Bolaga kartochka kо’rsatiladi va orqasini о’girib qо’yiladi. Bola kо’rib esida qolgan bо’yicha kartochkaning о ‘xshashini topib olib keladi va u haqda sо’zlab beradi.
III.Variant.Kartochkalar о’rnida buyumlardan foydalaniladi. Buyumlarga qarab ularning rasmlari yoki rasmlarga qarab toppish vazifasi beriladi. Har ikki variantda ham birinchisidan singari buyumning nomini qayta ayttirish usuli qо ‘llaniladi.
“О’xshaydimi-о’xshamaydimi” о’yini.
O’yining maqsadi: Bolalarning narsalarning tuzilishi, tashqi ko’rinishi haqida tushunchalarni mustahkamlash, so’z boyligini orttirish va idrok qilishga o’rgatish va so ‘zlab berish qobilyatini o’stirish.
O’yin uchun jixozlar: Ikkita uy jihozlari, ikkita o’yinchoq, ikki xil gulning rasmi va boshqalar.
1.“Kim chaqqon”.Bolalarga istalgan biror matndagi ko’p uchraydigan xarflarni, masalan, ―o‖ yoki ―e‖ harflarni tez va aniq belgilab chiqish tavsiya etiladi.Testning muvaffaqiyatli bajarilishi, bajarilish vaqti, xatolar soni va belgilanmay qoldirilgan xatolar soni bilan baxolanadi. Bu ko’rsatkichlar qanchalik kam bo‘lsa, test shunchalik yaxshi bajarilgan bo’ladi. Bunda bolani rag’batlantirish va uni qiziqtirishlarni oshirishga erishish kerak.Diqqatni ko’chuvchanligi va taqsimlanishi mashq qildirish uchun vazifani o ‘zgartirish kerak. Bunda, bitta harfni vertikal chiziq bilan boshqasini gorizantal chiziq bilan uchirish yoki o’qituvchining ishorasi bilan shu harflarni o‘chirishda o‘rnini almashtirish mumkin. Masalan, bir hafrni o ‘chirish, ikkinchi harfni tagiga chizish, uchinchiharfni doira ichiga olish va x.k.
Bunday mashqlarning maqsadi –odatiy harakatlarni avtomatisizm darajasiga yetkazish, aniq bo ̳ysuntirilgan, aniq maqsadni aniqlash. Mashqlar davomiyligi bolaning yoshiga qarab belgilanadi. (kichik maktab yosh –15 min; o’smirlar uchun 30 minutgacha)
2. “Diqqatni jamlash.”Atrofdagi narsa buyumlarda tana organlarida yoki fikrlarda o’tkzilishi mumkin. Diqqatni jamlash mashqlarning har bir minutdan yarim soatgacha vaqt ajratiladi. Vaqt belgilanib, kerakli holat tanlanadi va muskullari bo ̳shashtiriladi. So’ng diqqatni jamlash ob‘ekti tanlanadi. Agar mashq davomida diqqat boshqa narsalarga chalg’iy boshlasa, asabiylashmasdan, tushkunlikka tushmasdan, diqqatni yana kerakli ob‘ektga qaratiladi. Mashq uchun belgilangan vaqt davomida kishi diqqatining chalg’ishi uch martadan oshmasligi muhim xisoblanadi.
“Pashsha”.
Mashqni o‘tkazish uchun 3x3 shaklidagi to’qqizta katakli o’yin maydoni chizilgan. Taxta va plastilin bo ‘lagi zarur bo ‘ladi. Plastilin o‘rgatilgan pashsha vazifasini bajaradi. Taxta vertikal holatda turg’izilib, qatnashuvchilarga o’yinning borishi tushuntiriladi;
pashshani bir katakdan boshqasiga o’tishi uchun ―o’ngga, chapga, yuqoriga, pastga kabi buyruqlar beriladi.
o’yin boshida pashsha markaziy katakda joylashadi.
Buyruqlarni qatnashchilar navbatma-navbat beradilar. O’yinchilar pashshani diqqat bilan kuzatib, pashshaning o‘yin maydonidan chiqib ketishiga yo’l qo’ymasliklari kerak. O’yin davomida kimdir buyrug’i bilan xato qilsa yoki pashsha maydondan chiqib ketsa, to’xta buyrug’i berilib, pashshani yana markaziy katakka qaytarilib, o’yin boshidan boshlanadi.Pashsha o’yinni qatnashchlaridan diqqat bilan berilib o’ynashini talab qiladi. Mashq yaxshi o’zlashtirilganidan so’ng uni yanada murakkablashtirish mumkin. Buning uchun maydondagi kataklar sonini 4x4 qilib oshirish mumkin. Yoki pashshalar sonini oshirish mumkin. Bunda har bir pashshaga buyruqlar alohida qilib beriladi.
“Musiqali yurishlar”
Bolalar aylana shaklida turadilar va «birinchi,«ikkinchi» hamda «uchinchi»ga sanoq sanaydilar. Birinchi raqam ostidagilar musiqa ostida ashulaning ikki qatorini kuylagan holda aylana bo’ylab o’ng tomonga yuradilar. Bir vaqtning o’zida birinchilar bilan birgalikda ikkinchi raqamli bolalar ashulaning qolgan ekki qatorini kuylagan holda chap tomonga yura boshlaydilar. Uchini raqamli bolalar esa bu vaqtda turgan joylarida musiqaga jo’r bo’lib kaftlari bilan chapak chala boshlaydilar. So’ngra harakatlar almashadi, ya’ni o’ngga tomon yuradilar, uchinchilar chapga tomon yura boshlaydilar va birinchilar esa qarsak chaladilar va nihoyat uchinchi raqamli bolalar o’ng tomonga, birinchi raqamlilar esa chap tomonga yuradilar va ikkinchi raqamlilar esa qarsak chaladilar.
“Barmoqlar”.
Qatnashuvchilar o’rindig’larida doira hosil qilib o’tiradilar. Qo’llarini tizzalariga qo’yib bir-biriga chalishtirib bosh barmoqlarini erkin qoldiradilar.
Boshlandi ishorasi bilan bosh barmoqlarini bir-biri atrofida sekin-asta ma‘lum tezlikda va bir yo’nalishda aylantira boshlaydilar. Bosh barmoqlari bir-biriga tegib ketmasligi muxim. Shuharakatda diqqatni jamlanadi.
To’xta ishorasi bilan to’xtatiladi.Mashqning davomiyligi 5-15 minut, ba‘zan qatnashuvchilar o’zlarini g’alati xis qiladilar: barmoqlari ko’payib yoki kamayib qolgandek, harakat yo’nalishi o’zgargandek.
Kimdir o’zini kuchli bezovta xis qiladi. Bu qiyinchiliklar diqqat ob‘ektining odatdagidek bo’lmaganligidan kelib chiqadi.
“Selektor”
Mashqni bajarish uchun qatnashchilardan bir kishi qabul qiluvchi etib tayinlanadi.
Qolganlar ya‘ni uzatuvchilarning har biri turli sonlardan boshlab,turli yo’nalishlarda ovoz chiqarib sanaydilar. Qabul qiluvchi‖ esa qo’lida tayyoqqa tutib, jimgina eshitadi. U har bir uzatuvchiga navbatma-navbat to’g’rilanib eshitilishi kerak. Agar u qaysidir uzatuvchini eshitish qiyin bo’lsa qo’lidagi tayyoq bilan balandroq ishorasini beradi. Agar eshitish oson bo’lsa, tovushni pasaytirish mumkin.
Qabul qiluvchi ma‘lum muddat ishlagandan so’ng tayoqchasini boshqa qatnashchiga beradi va o’zi o’zgartiruvchiga aylanadi. O’yin davomida tayyoqcha hamma qatnashchilarni aylanib chiqadi.
“Eng hushyor”.
О’quvchilar yarim doira shaklida turishlari kerak. Bir o’yinchi oldingi chiqib bir necha daqiqada o’yinchilar joylashish tartibini eslab qolishi kerak. So’ng o’rtoqlariga teskari o’tirib turib, qatnashchilarning joylashishi tartibini aytib chiqadi. O‘yin davomida har bir qatnashchi shu mashqni bajaradi. Kim xato qilmay aytsa, o’sha g’olib bo’ladi.
Hohlagan bolasini diqqat bilan ko’rib olishni taklif qiladi.So’ngra ko’zini yumib, shunday tasvirlansiniki, qolgan bolalar kim to’g’risida gapirilayotganini fahmlasinlar.
“Adashib qolgan hikoyatchi”.
О‘quvchilar doira shaklida turib oladilar, olib boruvchi baxs mavzusini aytadi. Biron bir ishtirokchi mavzuni ochib bera boshlaydi, keyin esa tasodifiy assotsiatsiyalarga tayanib mavzudan chetga chiqa boshlaydi.U bir mavzudan ikkinchi mavzuga, undan yana boshqasiga o ‘tib ketadi. U o ‘zining hikoyasini iloji boricha chalkashtirib yuborishga harakat qiladi.Buni qatnashchilar kuzatib turishlari kerak. Chunki so’z boshqa ishtirokchiga o’tkazib yuborilishi mumkin. Kimga so’z tegsa u bu bilan chalkash hikoyani oxiridan boshiga qarab yechishi kerak. U olib boruvchi boshlangan mavzuga olib borishi kerak. Keyin o ‘zi hikoyani chalkashtirib aytib beradi va h.k.
“Minora quramiz”
Agar sizda turli o’lchamdagi kublar bo’lsa, bolangiz bilan quyidagi o’yinni o’tkazing. Shunday qilingki, bola o’zi qurayotgan minorasi mustahkam, pishiq bo’lishi uchun pastki g’ishti yirik bo’lishi shartligini tushunsin. Minora balandlashgan sari g’ishtchalari ham maydalashib borishi lozimligini anglagan bola o’z minorasini aynan shunday quradi. Bolaga minora qurish jarayonida har safar g’ishtchalarning eng yirigini olishni o’rgating. Ularni taqqoslash uchun bir —biriga qo’yib ko’rish kerak. Minorani haqiqiy g’ishtcha kublardan qurib bo’lgach, karton g’ishtlardan ham shu tartibda yasashga o’tish mumkin. Agar bolaga qo’g’irchoq berib, u minoragacha yoki zinapoyaga qanday qilib ko’tarila olishini ko’rsatsangiz, bolaning qiziqishini yanada orttirgan bo’lasiz. Undan tashqari bola minora qurish jarayonida quruvchilar haqida qo’shiqni aytishini tavsiya bering.
“Koptokli mashqlar”
Bolalar aylana shaklida turib ketma-ketlikda bir ashulani kuylaydilar. Ashulaning bir qatorini kuylab koptokni bir-birlariga navbatma-navbat uzata boshlaydilar va har kim koptokni kimga uzatganini eslab qoladi. Koptok ashula qatorlarining ketma-ketligi bo’yicha irg’itiladi – birinchi bola koptokni ikkinchi bolaga, ikkinchi esa koptokni avval yuqoriga bir marta dumalatib, keyin uchinchi bolaga irg’itadi. Uchinchisi esa shu tarzda to’rtinchiga, to’rtinchi beshinchiga irg’itadi va hamma bolalar turgan joylarida aylanadilar. Koptokni otish yana boshqatdan boshlanadi, bunda bolalar joylarini bir necha marta almashinishlari mumkin. Bu o’yinlar bolalarning umumiy motorikalarini rivojlantirish bilan bir qatorda harakatlarni eslab qolish orqali xotirasini ham mustahkamlaydi. Shu bilan birga musiqiy ritmga tushishni o’rganib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |