Bolalaming passiv lug‘ati quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1. Bola doimiy ko‘ruvchi predmet nomlari.
2.O‘zi yoki tanish kishilari bajargan xatti-harakatlar nomlari.
3. Ayrim holatlar nomlari (issiq, sovuq, iliq).
Bolalarda kattalar so ‘ziga taqlid qilish ehtiyojini paydo qilish zarur. So‘z taqlidi faoliyati kattalar tomonidan hech qanday tuzatish kiritilmay, istalgan nutq-tovushlarda ifodalanib namoyon bo ‘ladi.
Logopedik ta’sir ko'rsatishning asosiy vazifalari:
1. Bolalarni quyidagi turdagi ikki so‘zli gaplarni to ‘g‘ri tuzishga o ‘rgatish: murojaat + buyruq (buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan), buyruq+predmet nomi (tushum kelishigidagi ot).
2. Ayrim kundalik so‘z birikmalarini yodlatish.
3. So‘zning urg‘uli bo‘g‘inini talaffuz qilish.
4.O‘zgalar nutqini tushunish hajmini kengaytirish.
Bu bosqich bayon qilishda (gapda) ikki-uchta, ba’zan to‘rtta amorf so'zlarni hech bir grammatik bog‘lovchilarsiz bog‘lash imkoniyati mavjud bolalar bilan logopedik ish olib borishga mo’ljallangan. Bolalaming amorf so‘zlari bir-ikki, kamdan-kam uch bo‘g‘indan, shuningdek, so‘z tovush taqlididan iborat bo’ladi. Nutq tuzilishi ritmikligini idrok qila olmaslik bolani so‘zning ritmik ohang tomonini qiyinchilik bilan o'zlashtirishiga olib keladi. Buning natijasida so‘z uzoq vaqtga qadar o‘zining bo‘g‘inma-bo‘g‘in ifodasini topa olmaydi. Keyinchalik ayrim bolalar she’rlami qiyinchilik bilan yodlaydilar, chunki ular she’riy shaklning ritm va qofiyasini payqay olmaydilar. Ko'pdan buyon ma’lumki, o'rganilayotgan nutqiy rivojlanish darajasidagi bolalaming turli bo‘g‘in tuzilmasiga ega so‘zlarni talaffuz qilish qobiliyati, so‘zlarni gapga birlashtirish imkoniyati bilan uzviy bog‘liqdir. Ikki, so‘ngra uch so‘zni jumla (hatto amorf-o‘zak so'zlardan iborat) paydo bo’lgani zahoti, taqlid bo‘yicha awal ikki, so‘ng uch bo‘g‘inli so‘zlami talaffuz qilish imkoniyati yuzaga keladi, masalan: mashina so‘zi- "mosina", "osina", "posina".
Nutqni tushunishni rivojlantirish. Nutq rivojlanishining bu darajasida nutqni tushunish ko‘pincha noaniqligi bilan xarakterlanadi. Bolalaming predmet miqdorini (ko‘p-kam -bitta), kattalikni (kattakichik), ta ’mni (shirin-sho‘r), shuningdek, predmetlarning fazoviy joylashuvini (agar bu predmetlar bola uchun odatdagi joylarida tursa) farqlashga o‘rganishi maqsadga muvofiqdir. Agar bola qunt bilan rang yoki kattalikni ularning so‘zli belgisi bilan taqqoslay olmasa u holda rang nomlarini eslab qolish bo‘yicha ishni birmuncha keyingi muddatlarga qoldirib predmetlami rangi yoki kattaligi b o ‘yicha solishtirish bilan chegaralanish kerak. Bolalarni, ayrim ot va fe’llarning birlik va ko‘plikdagi grammatik shakllarini farqlashga o‘rgatishga alohida e’tiborni qaratish lozim. Biroq, bunday vazifalar faqatgina ularda predmet miqdori haqidagi tasawurlari shakllangandagina mumkin ekanligini bilish lozim; bitta-ko‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |