Maxsus pedagogika kafedrasi logopedik ritmika fanidan



Download 241 Kb.
bet6/16
Sana12.07.2022
Hajmi241 Kb.
#780566
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Eshqulova Lola Logopedik Ritmika

Uchinchi guruh bolalarida kiinik jihatdan motor alaliya kabi belgilanuvchi, birmuncha o'ziga xos va turg‘un nutq rivojlanmaganligi kuzatiladi. Bir qator xorijiy mualliflar terminologiyasi bo‘yicha nutq patologiyasining bu shakli "rivojlanish afaziyasi" yoki ”tug‘ma afaziya" singari nomlanadi. Bu termin kattalardagi motor afaziyaga anologik holda vujudga kelgan. "Kattalardagi motor afaziya singari, bolalardagi nutq patologiyasining bunday shaklida ham bosh miya po ‘stloq nutqiy zonalarining zararlanishi (yoki rivojlanmaganligi) kuzatiladi va bunda birinchi navbatda broka zonasi zararlanadi” — bu taxminga asoslanib mualliflar yuqoridagi terminni kiritganlar. Kattalardagi afaziyadan farqli ravishda (shakllangan nutqning yo'qolishi), alaliyada bosh miya nutq zonaiarining erta zararlanishi (nutqqacha bo'lgan davrda) natijasida nutq rivojlanmay qoladi. Adabiyotlarda motor alaliyada miyaning o‘chog‘li jarohatlari muammosi keng muhokama qilingan. Motor alaliyada murakkab dizontogenetik-ensefalopatik buzilishlar kuzatiladi.Quyidagilar motor alamiyaning xarakterli belgilari hisoblanadi: barcha nutq komponentlarining shakllanishi— fonematik, leksik, sintaktik, morfologik, nutq faoliyatining barcha ko‘rinishlari va barcha og‘zaki va yozma nutq shakllari rivojlanmagan bo‘ladi. So‘nggi tadqiqotlaming ko‘rsatishicha, motor alaliyali bolalarda odatda artikulator imkoniyatlar yetarli bo‘ladi: nutqiy bo‘lmagan artikulatsiyani bajara oladilar, bundan tashqari ko‘pgina tovushlarni, hattoki alohida va bo‘g‘inlarda to ‘g‘ri talaffuz qilish holatidadirlar. Biroq motor alaliyali bolalaming farqli xususiyatlaridan biri shuki, ular bu imkoniyatlarini so'zlarni talaffuz qilishda amalga oshirolmaydilar. Shu sababli motor alaliya uchun so‘zlarning bo‘g‘in tuzilishi shakllanmaganligi, hatto yaxshi tanish bo‘lgan so‘zlarni faollashtirishdagi qiyinchiliklar xarakterli belgilardan biri hisoblanadi. Yetarlicha boy passiv lug‘atga ega holda, bolalar predmetlami, rasmlarni nomlashga, alohida so‘zlarni logoped ortidan takrorlashga (ayniqsa, murakkab bo‘g‘inli so‘zlarni) qiynaladilar. So‘zlarning bo‘g‘in tarkibi asosan tovush va bo‘g‘inlami tushirib qoldirish, o‘rnini almashtirish, boshqa bo‘g‘inlar yoki tovushlar bilan almashtirish hisobiga buziladi. Kattalar afaziyasini eslatuvchi holat yuzaga keladi. Literal (harfli), verbal (so‘zli) parafaziyalar (almashtirishlar) kuzatiladi. Bu almashtirishlarning xarakterli belgisi, ular turli xil turg‘un emasdir. Motor alaliyali bolalar uchun haddan tashqari past nutqiy faollik xosdir. Bunda bola intellekti qanchalik yuqori darajada bo'lsa va o‘z nutqiga tanqidiy qarash kuchli bo'lsa, u holda atrofdagilar bilan mimika va imo-ishora yordamida muloqat qilishning ikkilamchi kompensator shakli yaqqolroq ifodalangan bo‘ladi.
Nutqning to'liq rivojlanmaganligini R.Ye. Levina (1961) uch daraja bilan belgilaydi: nutqiy aloqa vositalarining umuman yo‘q bo‘lishidan to fonetik-fonematik va leksik-grammatik jihatdan rivojlanmaganlik elementlariga ega bo'lgan mukammal nutq buzilishigacha.
Nutq to‘liq rivojlanmaganligining 1-darajasi nutqning bo'lmasligi bilan xarakterlanadi. Bunday bolalar nutqsiz bolalardir. 4—6 yoshdagi bunday bolalaming lug‘at boyligi kambag'al, noaniq bo'ladi. Nutqiy tovushga taqlid qilish, tovushlar kompleksi bilan chegaralangan bo’ladi. Narsa va hodisalami farq qilmagan holda ifodalash, so‘zlarning ko‘p ma’noga ega bo‘lishi xarakterli xususiyat hisoblanadi: "tu-tu"-mashina, parovoz, samolyot, qayiq; "taq"-yiqildi, tushurib yubordi, sindirdi, buzdi. Bu bolalaming passiv lug'ati aktiv lug‘atiga nisbatan ancha boyroq lekin nutqni tushunish pasaygan bo‘ladi, ular ko‘p so‘zlarning m a’nosini tushunmaydilar. Tovushlar talaffuzida turg‘unlik bo‘lmaydi, tovushlar bir-biri bilan almashtiriladi, fonematik o‘quv buzilgan bo'ladi. Nutq to'liq rivojlanmaganligining bu darajasiga ega bo'lgan bolalar uchun tovushlar analizi bo‘yicha berilgan topshiriqlar tushunarsiz bo'ladi.
Nutq to‘liq rivojlanmaganligining 2-darajasi dastlabki keng qo'llanadigan odatdagi nutqning bo'lishi bilan xarakterlanadi. Bolalar oddiy jumlalardan foydalana biladilar, ma’lum lug'at boyligiga ega bo'ladilar. Ular narsalar, hodisalar, alohida belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqing qo'pol darajada rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan bo'ladi. Ular ikki-uch so'zdan iborat gaplardan foydalanadilar. Lug'at boyligi shu yoshga mos keladigan normadan kam bo'ladi. Umumlashtiruvchi so'zlarni (mebel, kiyim, sabzavotlar, mevalar va boshqalar) bilmaslik kuzatiladi. Harakat, belgisini bildiruvchi so'zlardan foydalanishda qiyinchiliklar kuzatiladi, predmetnomini va boshqa belgilarini bilmaydilar. Kelishik formalarini chalkashtiradilar, fe’l sonini ot soniga moslashtira olmaydilar. Nutqning fonetik tomoni shu yoshga mos keluvchi normadan orqada qoladi. Shunday kamchilikka ega bo‘lgan bolalar bo‘g‘inlar o‘rnini almashtiradilar, undoshlar ketma-ket kelganda tovushni qisqartiradilar.
Nutq to‘liq rivojlanmaganligining 3-darajasi — nutqda leksikgrammatik va fonetik-fonematik jihatdan rivojlanmaganlik elementlari kuzatiladi. Bolalar nutqqa ega bo‘lgan holda kishilar bilan aloqa bog‘lay oladilar, lekin buni ota-ona (tarbiyachi) ishtirokida, ularning muayyan tushuntirishlari yordamida bajaradilar. Bunday bolalar uchun erkin holda aloqada bo‘lish juda qiyin. Tovushlarni talaffuz qilishda ularni bir-biridan ajrata olmaslik, tovushlar guruhini artikulatsiya jihatidan osonroq boigan tovushlarga almashtirish ba’zi hollarda tovushlarni buzib talaffuz qilish bu bolalar uchun xarakterlidir. Lug‘at ham normadan orqada qolgan bo‘Jadi, lug‘at boyligi analizida leksik holatlarning o‘ziga xosligi ko‘rinadi. Tekshirishda gaplarni, gaplarda so‘zlarni oxirigacha gapirmaslik kabi turg'un grammatik xatolar kuzatiladi. Ko‘pchilik hollarda ular qo'shimcha qo‘shilish bilan so‘z m a’nosining o‘zgarishini tushunib yetmaydilar.

Download 241 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish