KURS ISHINING OB’EKTI. Nutqi to’liq rivojlanmagan bola
KURS ISHINING PREDMETI. Maktabgacha yoshdagi bolalar va ularda nutqning to’liq rivojlanmaganlikni aniqlash va ulardagi nutqiy nuqsonlarni bartaraf etish ustida ishlash metodlari, mazmuni, shakl va usullari.
KURS ISHINING MAQSADI.
- Nutqi to’liq rivojlanmaganlikning klinik-pedagogik tashxisini o’rganish;
- Nutqi to’liq rivojlanmaganlikning kelib chiqish sabablari va boshqa kamchiliklardan differensatsiyalay olish;
- Nutqi to’liq rivojlanmaganlikni bartaraf etishda korreksion-logopedik ish tizimi ishlab chiqish;
KURS ISHINING METODI:Kuzatish,suhbat,so’rovnoma,interfaol,o’yin
Bolalarda normal nutqni rivojlantirish maktabgachaa ta’lim davrining asosiy vazifasi hisoblanadi, maktabgacha yoshning nihoyasiga kelib bola kattalarga xos bo’lgan o’g’zaki nutqning asosiy shaklini egallashi, ya’ni nutqning ikki shakli- dialogik va monologik nutqni egallab olishi shart.
Ma’lumki, normal nutqda bolalarning boshqalar bilan voqea-hodisalar ta’siri natijasida o’zaro munosabati, aloqasi ifodalanadi. Bu ifoda bir yoki bir nechta jumlalarda o’z aksini topishi mumkin. Nutqning normada shakllanishida bolaning tevarak-atrof bilan munosabati, muomala shakli katta rol o’ynaydi. Maktabgach katta yoshdagi bolalarda nutqni shakllantirishda ancha-muncha tajriba, malaka va ko’nikmalar mavjud bo'lganligini hisobga olib, ularda nutqni shakllantirishda, avvalo, ertaklar matnini tinglahda nimalarga e’tibor berishimiz kerakligini aniqlab olishimiz zarur. Bular, avvalo, ona Vatanimiz haqida dastlabki tasavvurlarni shakllantirishdan boshlanadi.
"Nutqning to‘liq rivojlanmaganligida nutqning kechroq paydo bo‘lishi, lug‘atning kambag‘alligi, agrammatizm, talaffuz kamchiliklari kabi kuzatiladi." Nutqning to ‘liq rivojlanm aganligi tushunchasi bola nutqi rivojlanishining aniq holatidan kelib chiqqan holda, o‘zining etiologiyasi bo'yicha nutq rivojlanmaganligining turli xil ko‘rinishlariga yagona pedagogik yondashuv imkoniyati haqidagi ilg‘or nuqtayi nazarga asoslanadi. Nutqning to'liq rivojlanmaganligi termini nutq rivojlanishi buzilishiga g ‘oyat chuqur yondashuvni ifodalaydi va uni tahlil qilish pedagog zimmasidadir. Bunday yondoshuv mutaxassisdan katta umumbiologik va tibbiy malakani talab qiluvchi, nuqson tuzilishini patogenetik jihatdan tahlil qilishni talab qilrhaydi. Biroq pedagog-logoped uchun kim bilan ishlashi, to‘liq rivojlanmaganlik qay yo‘sinda paydo bo’lgani, nutq rivojlanishi tempiga qo‘shilib keluvchi nevrologik buzilishlar, genetik belgilar, psixik faoliyat va bola shaxsining xususiyatlari, dori-darmonli davolanishning bor yoki yo‘qligi va boshqa omillarning qanday ta’sir etishi ma’lum ahamiyatga ega. Bular pedagogning shifokor bilan birgalikdagi ishi jarayonidagina aniqlanishi va tahlil qilinishi mumkin. Nutq ma’lum bir biologik shart-sharoitlar mavjudligida va eng avvalo markaziy nerv tuzilishning normal rivojlanishi va ishlashida yuzaga keladi. Biroq nutq muhim ijtimoiy funksiya hisoblanadi. Shu sababli uning rivojlanishi uchun biologik shart-sharoitlarning o'zigina yetarli emas, u bolaning kattalar bilan muloqotga kirishishi jarayonida yuzaga keladi. Bunda bolaning hissiy jihatdan yaqin kishisi bilan (onasi) muloqoti yetakchi ahamiyatga egadir. Muloqot ehtiyoji bolaning atrofdagi odamlar bilan aloqaga kirishishi jarayonida shakllanadi. U bola hayotining dastiabki ikki oyida, uning birlamchi organik talablari va yangi taassurotlarga ehtiyoji negizida yuzaga keladi. Muloqot vositalari ichida ekspressiv-mimika, predmetli-harakat va nutqiy vositalar ajratiladi. Bola hayotining birinchi yilini nutqgacha bo‘lgan davr deb nomlaymiz. Bunda kattalar bilan muloqot ekspressiv-mimika va predmetli-harakat vositalari yordamida amalga oshiriladi. Aynan shu davrda bolada jismoniy obyekt tovushlariga qaraganda inson ovozi tovushlarini turg‘un, tanlab ta’sirlanishi shakllanadi.M.I.Lisina bu holatni jajji odamchaning muhim ehtiyojlarini ifodalashi— muloqotdagi ehtiyojlari sifatida baholaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |