I bob.Nutqi to’liq rivojlanmaganlikning klinik-pedagogik tashxisi
1.1.Nutqi to’liq rivojlanmaganlikning kelib chiqish sabablari
Nutqning to’liq rivojlanmay qolishi deganda, hozirgi logopediyada nutqiy notekislikning shunday turli shakli tushuniladiki, unda barcha nutq kom ponentlarining shakllanishi buzilgan bo’ladi. "Nutqning to’liq rivojlanmay qolishi" tushunchasi nutq tizimi barcha komponentlari (uning fonetik-fonematik tomonlari, leksik tarkibi, grammatik qurilishi)ning shakllanmay qolish alomatlarini namoyon qiladi. Nutqning to’liq rivojlanmay qolishida turli mexanizm va nuqsonning turli tuzilishlari bo’lishi mumkin. U alaliya, afaziya, og’ir dizartriya va boshqa hollarda kuzatilishi mumkin. Shunday qilib, "nutqning to’liq rivojlanmay qolishi" atamasi nutq faoliyati buzilishining faqat alomatli darajasinigina xarakterlaydi. Bundan tashqari, bunday buzilishda ko'pincha nutqning rivojlanmay qolishiga nisbatan uning sistemali buzilishi kuzatiladi.
Pedagogik fan sifatida logopediyada "nutqning to‘liq rivojlanmaganligi" tushunchasi, eshitish va intellekt normada bo‘lgan bolalarda barcha nutq komponentlarining shakllanishining buzilishi bilan xarakterlanuvchi nutq kamchiligiga nisbatan qo‘llaniladi.
L.S.Vigotskiy tomonidan bolaning psixik va rivojlanishida ta’lim va tarbiyaning yetakchi roli haqidagi fikr ilgari surilgan. Ayni vaqtda neyrofiziologik tadqiqotlar tufayli bu fikr rivojlandi va tasdiqlandi. Bola miyasiga qanchalik ko‘p doimiy va xilma-xil axborotlar oqimi kelsa, markaziy nerv tizimining funksional va anatomik jihatdan yetilishi shunchalik tez sodir bo‘ladi. Alohida funksional tizimlar rivojlanishini tezlashtirish imkoniyati muammosi hali to ‘liq o‘rganilmagan. Biroq, kelayotgan axborot oqimi bolaning yoshi, jismoniy va psixik holatiga mos ravishda bo‘lishini hisobga olish lozim, chunki har qanday ortiqcha yuklashlar markaziy nerv tizimi holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Nutqning to‘Iiq rivojlanmaganligi sabablari. Bolaning ona qornida rivojlanishi, tug'ruq (tug‘ruq travmasi, asfiksiya) va hayotining dastlabki yillarida ta ’sir ko‘rsatuvchi turli xil zararli omillar nutqning to ‘liq rivojlanmaganligiga olib kelishi mumkin Nutqiy kamchilik tuzilishi va kompensatsiya jarayonlari ko‘p hollarda miya zararlanishi qachon ro‘y berganligi bilan aniqlanadi. Bir butun miya rivojlanishi anomaliyasining xarakteri ma’lum miqdordajarohatlanish muddatiga bog‘liqligi hozirgi kunda isbotlangan. Turli xil zararli omillar (infeksiya, intoksikatsiya va boshqalar) ta ’siri ostida bosh miyaning birmuncha og‘ir zararlanishi, odatda erta embriogenez davrida yuzaga keladi.
Taxminlarga ko‘ra, homiladorlikning 3—4 oylarida bosh miyaning zararlanishi (nerv to‘qimalarining eng ko‘p ajralish davri), bosh miya tuzilishining birmuncha kengroq o‘zgarishlarini yuzaga keltiradi. U yoki bu zararli omilning ta ’siri davrida nerv tizimining qaysi bo ‘limlari birmuncha jadal rivojlanishiga bog‘liq ravishda rivojlanmaganlik ko‘proq harakat, sensor, nutqiy yoki intellektual funksiyalarga taalluqli bo‘ladi. Homiladorlikning kechishi davomidagi doimiy noqulay shart-sharoitlar tufayli, birmuncha yaqqol ifodalangan alohida miya tuzilmalari bilan birga bir butun yaxlit miya rivojlanmaganligi ham kuzatiladi. Bu murakkab nuqsonlaming yuzaga kelishiga (masalan, oligofreniyaning motor alaliya bilan uyg‘unlashuvi) asos bo‘lib xizmat qiladi. Miya rivojlanmaganligi yoki zararlanishini keltirib chiqaruvchi sabablar ichida homiladorlik davrida onaning infeksiyalari yoki intoksikatsiyalari, toksikozlar, tug‘ruq travmasi, asfiksiya, rezus-omil bo‘yicha ona va homila qonining mos kelmasligi, m ark aziy nerv tizimi kasalliklari (neyroinfeksiyalar) va bola hayotining dastiabki yillarida bosh miya travmalari birmuncha ko‘p uchraydi. Homiladorlik davrida alkogol va nikotinni iste’mol qilish ham bolaning jismoniy va nerv psixik rivojlanishida kamchiliklarga olib keladi. Bu kamchiliklaming ko‘p uchraydigan ko'rinishlaridan biri nutqning to‘liq rivojlanmaganligi hisoblanadi. Alkogolli sindromda bolalar kam vaznli tug‘iladilar, jismoniy va psixik rivojlanishdan orqada qoladilar. Bundan tashqari turg ‘un bo‘y va vazn yetishmovchiligi, ko‘krak qafasi deformatsiyasi, mikrotsefal yoki (kamroq) gidrotsefal kalla suyagi, kalta bo‘yin, yuqori va pastki jag‘ rivojlanmaganligi, baland chuqur, tortanglay, tor va kalta ko‘z yoriqlari va boshqa bir qator belgilar kuzatiladi. Bu belgilar turli xil ko'ruv, eshituv va hokazo nuqsonlar bilan uyg‘unlashib kelishi mumkin. Bunday bolalarda nutqning to'liq rivojlanmaganligi harakat qo‘zg‘aluvchanligi, affektiv qo‘zg‘aluvchanlik va haddan tashqari past aqliy ish qobiliyati sindromlari bilan uyg‘unlashadi. Bunday bolalarni erta aniqlash, ularni ichkilikboz ota-onalaridan ajratish tibbiy, tarbiyaviy va logopedik ishni to‘g‘ri tashkil qilish bolalardagi nutqiy va intellektual rivojlanmaganlikni oldini olishda muhim ahamiyatga egadir. Bola miyasining nutq zonalariga zararli omilning nutq shakllanib bo‘lganidan so‘ng ta ’sir ko'rsatishi hollarida afaziya yuzaga kelishi mumkin.
Nutq buzilishlari, shu jumladan, nutq to‘liq rivojlanmaganligining yuzaga kelishida nasliy omillar alohida o‘rin tutadi. Bunday hollarda nutqiy nuqson, hatto ahamiyatsiz tuyulgan zararli omillar ta’siri ostida ham yuzaga kelishi mumkin. Berilgan m a’lumotlarga asoslanib, nutq to‘liq rivojlanmaganligini keltirib chiqaruvchi etiologik omillarning murakkabligi va ko‘p shaklliligi haqida umumiy xulosaga kelish mumkin. Nutq to‘liq rivojlanmaganligi etiologiyasi va patogenezi turli— tumandir, ammo klinik nuqtayi nazardan qaraganda markaziy nerv sistemasining erta organik zararlanishi bilan bog‘liq nutq to ‘liq rivojlanmaganligi guruhi birmuncha muhim ahamiyatga ega. Jarohatlanish vaqtiga bog‘liq ravishda homiladorlik patologiyasi, tug‘ruq travmasi bilan (miyaning intranatal jarohatlanishi) bog‘liq markaziy nerv tizimi buzilishlari va bola tug‘ilganidan so‘ng infeksiyalar va travmalar ta’siri natijasida yuzaga keluvchi postnatal zararlanishlaiga ajratiladi. Nutqning to‘liq rivojlanmaganligi etiologiyasida perinatal ensefalopatiya homiladorlik davri singari tug‘ruq davrida ham zararli omillaming birgalikdagi ta’siri natijasida yuzaga keluvchi miya zararlanishi, alohida o‘rin tutadi.
Agar perinatal ensefalopatiyaning sababi miyaning bachadon gipoksiyasi va tug'ruq asfiksiyasi hisobiga kislorod bilan tuyinmaganligi bo‘lsa, u gipoksik ensefalopatiya deb;
Agar mexanik tug‘ma shikastlanish bo‘lsa — travmatik ensefalopatiya deb;
Agar ikkala omil birgalikda kelsa — gipoksik-travmatik ensefalopatiya deb ataladi.
Agarda miyaning shikastlanishi ona va bola qoni rezus omili yoki guruhi to‘g‘ri kelmaganligi hisobiga markaziy nerv tizimining toksik zararlanishi tufayli bo‘lsa — bu bilirubin ensefalopatiya deb ataladi.
Nutq to’liq rivojlanmaganligi, odatda, miyaning rezidual — organik zararlanishi oqibati hisoblanadi. Uni nervpsixik kasalliklarda uchraydigan (epilepsiya, shizafreniya va boshqalar) nutq rivojlanishi buzilishlaridan farqlash lozim.
Markaziy nerv tizimining rezidual-organik jarohatlanishida ikki asosiy turdagi buzilishlar ajratiladi: dizontogenetik — ma’lum strukturalar va fiziologik tizim ning rivojlanm aganligi yoki ular shakllanishining muddatidan orqada qolishi oqibati sifatidagi buzilish: bunday buzilishlarga nutqning to iiq rivojlanmaganligi misol bo’la oladi; ensefalopatik — markaziy nerv tizimi u yoki bu tuzilishining zararlanishi oqibati sifatidagi buzilish, bu buzilishlarga nutqiy va harakat kamchiliklari, shuningdek, boshqa kamchiliklar, m asalan, dizartriya, bolalar Serebral falaji, gidrotsefaliya va boshqalar misol bo’la oladi. Nutq to’liq rivojlanmaganligining klinik ko‘rinishlari. Nutqi to’liq rivojlanmagan bolalarni maxsus tekshirish bu kamchilikning turli xil klinik ko‘rinishlari mavjudligini ko‘rsatdi.
Ularni shartli ravishda uch asosiy guruhga bo’lish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |