Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoroga yaqin Afshona (hozirgi Peshku tumanidagi Isfoniy qishlog`i) qishlog`ida tug`ilgan. Otasi Abdullo o`sha zamonda hukmdor bo`lgan Somoniylar davlatida soliq yig`uvchi
Bog'liq Matematika darslari jarayonida sharqning buyuk allomalari me’rosidan11
3- Ibn Sinoning matematika faniga doir asarlari.
Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoroga yaqin Afshona (hozirgi Peshku tumanidagi Isfoniy qishlog`i) qishlog`ida tug`ilgan. Otasi Abdullo o`sha zamonda hukmdor bo`lgan Somoniylar davlatida soliq yig`uvchi bo`lgan.
Ibn Sinoning otasi ilm fanning qadrini bilgan kishi edi. Ibn Sino besh yoshga etganda ularning oilasi Buxoro shahriga ko`chib keladi. Buxoro shahri bu davrda O`rta Osiyoning fan va madaniyat markazlaridan biri edi. Buxoroda Somoniylar davlatining so`nggi namoyondalaridan biri bo`lgan Nux ibn Mansur hukmdorlik qilar edi.
Ibn Sino 10 yoshligida ko`p bilimlarni o`zlashtiradi, u o`zining o`tkir zehni va fanlarni o`zlashtirishdagi qobiliyati bilan hammani hayratda qoldiradi. O`g`lining bunday zo`r qobiliyatini ko`rgan Abdullo Buxoroning eng ko`zga ko`ringan olimlarini chaqirib ibn Sinoni uyda o`qitadi. Ibn Sino ulardan falsafa, astronomiya, matematika, fizika kabi fanlardan dars oladi. Ko`p o`tmay uning muallimlari o`z bilimlari bilan ibn Sinoni qondira olmay qolganliklariga iqror bo`ladilar. SHundan so`ng ibn Sino o`sha zamonda ma`lum bo`lgan barcha fanlarni mustaqil o`rgana boshlaydi. U meditsinadan tashqari matematika va astronomiya fanlariga juda ko`p qiziqadi.. Bu fanlar sohasida yozilgan mashhur yunon olimlari Evklidning «Negizlar», Ptolomeyning «Almagest» asarlari va boshqalarni mustaqil o`rganadi. Bu asarlardagi juda ko`p murakkab geometrik masalalarni mustaqil hal qiladi. Qiyin geometrik jumlalarni mustaqil o`rganadi. U 16 yoshga etganda ko`zga ko`ringan tabib va donishmand bo`lib taniladi va Buxoro amiri Nux ibn Mansurning kasalini davolaydi. SHu xizmati evaziga amirdan saroy kutubxonasidan foydalanishini iltimos qiladi.
Ibn Sino 18 yoshida faqat Buxoroga emas, balki butun Sharqqa mashhur olim va tabib sifatida taniladi.
Somoniylar o`z shon – shuhratlarini oshirish maqsadida san`at va fan ahllarini bir qadar qo`llab-quvvatlasalar ham, xalq haddan tashqari og`ir soliqlar to`lashi va o`zaro urushlarga tortilishlari bilan haddan tashqari ezilgan edi. Shu sababli norozi bo`lgan xalq feodal ekspluatatorlarga qarshi chiqa boshlaydi. Buning ustiga qoraxoniylar va G`azna hukmdorlari somoniylar sulolasiga havf sola boshlaydi va 999 yilda qoraxoniylar Buxoroni ishg`ol qiladi. Shu orada ibn Sinoning otasi vafot etadi. Bu bilan ibn Sinoning hayotidagi tinch ijodiy osoyishtalik yo`qoladi. Shu sababli 1004 yilda ibn Sino o`z ona vatanidan chiqib ketib Xorazm davlatining poytaxti Urganch shahriga keladi. Xorazm shohi saroyida Abu Rayhon Beruniy, Abu Sahl Masihiy, Abu Nasr Iroq kabi olimlar bilan uchrashib, ular bilan birga ilmiy ishlar olib boradi.
Lekin bu tinchlik ham uzoqqa cho`zilmaydi. Chunki, G`azna hukmdori fan, madaniyatga qarshi ulamo va dindorlar ta`siriga berilgan zolim Sulton Maxmud o`z shuhrati uchun olimlardan foydalanish maqsadida Xorazm shoxidan olimlarni o`zining saroyiga yuborishini talab qiladi. Bu havfdan qutulish maqsadida ibn Sino 1012 yilda Abu Sahl Masihiy bilan Xorazmdan yashirincha ketib Xuroson chegarasidagi Obivard (hozirgi Turkmaniston davlati xududida) shaharchasiga, undan Niso (hozirgi Ashxobod shahri yaqinida bo`lgan) shahriga, bu erdan Jurjon shahriga kelib yashirin ilmiy ishlar olib boradi va xalq ommasini davolash bilan shug`ullanadi. Tez orada uning shon-shuhrati Jurjon viloyatining hukmdori Qobusga etadi va u ibn Sinoga katta hurmat ko`rsatib shu shaharda qolib ochiq ravishda ish olib borishga ijozat beradi. Shu shaharlik Abu Ubaydullo Juzjoniy – ibn Sinoning eng iste`dodli shogirdi va sodiq do`sti bo`lib qoladi.
Ibn Sino Jurjonda o`zining mashhur «Tib qonunlari» asarining boshlang`ich bo`limlarini, «Qisqartirilgan Almagest» va boshqa asarlarini yozadi.
Lekin bu erdagi ibn Sinoning tinch hayoti buziladi. Saroy o`zgarishi natijasija Qobus o`ldiriladi va taxtga uning o`g`li o`tiradi. Yangi hukmdor ibn Sinoni Sulton Maxmudning qo`liga topshirishga intiladi. Bundan habar topgan ibn Sino bu erdan ketib Eronning Mazandaron, Ray va boshqa shaharlarida yashirincha yashab, keyin Hamadonga keladi. Hamadon hukmdori Shamsud Davla ibn Sinoni davlat ishlaridan habardor ekanligini bilib, o`ziga vazir qilib tayinlaydi. Ibn Sino davlat ishlaridan bo`sh paytlarida ilmiy asarlar yozadi. Shamsud Davla vafot etgandan so`ng, ibn Sino to`la ravishda meditsina, falsafa, matematika va astronomiyadan asarlar yozadi.
Ibn Sino butun hayotini turli fanlar sohasida asarlar yozishga, kelajak avlodlar uchun ilmiy meros qoldirishga sarflagan. Tadqiqotchi olimlarning yozishicha mehnatsevar, g`ayratli va katta iste`dod egasi bo`lgan ibn Sino 400 dan ortiq asarlar yozgan. Shulardan atigi 240 tasigina hozirgi davrgacha etib kelgan va turli davlatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda xolos.