Mavzusidagi kurs ishi ilmiy rahbar



Download 1,92 Mb.
bet1/11
Sana28.04.2022
Hajmi1,92 Mb.
#589278
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Matematika darslari jarayonida sharqning buyuk allomalari me’rosidan11


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI


« Matematika darslari jarayonida sharqning buyuk allomalari me’rosidan foydalanish »
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:

Farg’ona 2021


Kirish
I bob. O’rta asrdagi O’rta Osiyolik mashxur matematik olimlar.
1-  Muhammad Horazmiy hayoti va ijodi.
2-  Abu Rayhon Beruniyning matematika sohasidagi ishlari.
3-  Ibn Sinoning matematika faniga doir asarlari.
4-  Nasriddin Tusiy hamda Jamshid Koshiyning matematika rivojiga qo’shgan hissasi.
II bob. Matematika darslari jarayonida sharqning buyuk allomalari me’rosidan foydalanish.
1-  Kvadrat tenglamani al-Horazmiy usulida yechish.
2-  Geometrik progressiyaning hadlari yig’indisini va proporsiyalarni hisoblashda Beruniyning usullaridan foydalanish.
3-  Arifmetik masalalarni yechishda ibn Sino qoidalaridan foydalanish.
4-  Koshiyning o’nli kasrlari va Tusiyning taqribiy xisob uchun formulalari.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.
Biz o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo‘lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani – bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz.
Ana shu haqiqatni xalqimiz har tomonlama to‘g‘ri tushunib, tanlagan taraqqiyot yo‘limizni ongli ravishda qabul qilgani va qo‘llab-quvvatlayotgani oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishning asosiy manbai va garovi ekanini hayotning o‘zi tasdiqlamoqda.
Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin. O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q.
O‘sib kelayotgan avlod bugungi ezgulik yo‘lidagi bunyodkorlik ishlarining davomchisidir. Milliy ma’naviyatimiz qirralarini kelajak avlodimiz shuurida mukammal shakllantirish va yuksaltirish uchun barchamiz mas’ulmiz.
Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov «Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchanlik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasbkori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodning tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi», - degan edi.
«Ta’lim to‘g‘risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’lim sohasida amalga oshiriladigan ishlarning maqsad, vazifalari va yo‘nalishlarini belgilab berdi. SHu ma’noda ta’lim sohasida yangiliklar va o‘zgarishlar ijtimoiy taraqqiyotning omili sanaladi.
Ta’lim sifatini yaxshilash o‘quvchilarning intellektual faolligini oshirish bugungi kunda pedagoglarning bosh vazifasi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyot sharoitida kundalik hayotda uchraydigan masalalarni echish o‘quvchilarning egallagan bilimlarini turmush bilan aloqasini mustaxkamlaydi, ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi.
Shuning uchun matematika fanini o‘qitish jarayonida uning tatbiqlariga, shu jumladan kundalik hayotdan kelib chiqadigan masalalarni echishga e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi, bu o‘rinda har bir matematika darsini tarixga bog‘lab o‘tilsa, aniqrog‘i buyuk bobokalonlarimizning bizga qoldirgan me’roslaridan foydalanib matematika darslari tashkillansa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Har bir matematika darslarida shu dars mavzusiga mos keluvchi buyuk bobokalonlarimiz me’rosini yodga olish yoki bo‘lmasa shu mavzu materiallarini oydinlashtirish uchun buyuk allomalarning qilgan ishlarini gapirib o‘tilsa, o‘quvchilarga bu mavzu yanada tushunarli bo‘lishi bilan birga ularda vatanga bo‘lgan muxabbat shakillanadi.
Buyuk alloma, bobokalonimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy (783-850 yillar) o‘zining algebraik risolasining «kelishuv haqida» gi bobi ushbu so‘zlar bilan boshlanadi. «Shuni bilingki, kishilarning savdo-sotiq ayriboshlash va qarz olish kabi kelishuvga doir ishlarida so‘rov tomonidan o‘rnatiladigan to‘rt son o‘lchov, baho, miqdor va qimmat qatnashadi. O‘lchovga mos son qiymatga mos son qarshisida, bahoga mos son esa miqdorga mos son qarshisida turadi».
Yuqorida keltirilgan so‘zlardan ko‘rinib turibdiki, bu bob sodda uchlik qoidasiga bag‘ishlangan. Xorazmiy o‘z so‘zini davom ettirib «Bu to‘rt sondan uchtasi doim ma’lum bo‘ladi, bittasi esa noma’lum bo‘ladi» deydi. Uni topish qoidasi esa bizning belgilashlarda quyidagicha:
Agar bo‘lsa bo‘ladi, bundan yoki .
Ushbu bitiruv malakaviy ishi yuqorida keltirilgani kabi buyuk allomalarimiz me’rosini matematika darslarida qo‘llashaga qaratilgan. Bu esa matematika darslarini yanada qiziqarli qilib o‘tishga yordam beradi va o‘quvchilarni vatanga, fanga bo‘lgan muxabbatlarini oshirishga hizmat qiladi.


Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish