Aim.uz
1-Mavzu: XVI – XIX asrlarda tarixshunoslik.
Reja:
1
O`rta Osiyo xalqlarining XVI-XVII asrlarda siyosiy-iqtisodiy hayoti
tarixshunosligi.
2 O’rta asr o’zbek tarixshunosligi.
XV asrning 80-90 yillarida kuchayib ketgan tarqoqlik, xususan Toshkent,
Farg`ona va Hisorning markaziy hukumatga itoat qilmay qo`yishi, yosh
Temuriylarning toji taxt uchun kurashlari davlatning inqirozini tezlashtirdi.
Muhammad Shayboniyxon (1500-1510) – Shayboniylar davlatiga (1500-
1601) asos soldi. Lekin, Shayboniylar ham ma`lum darajada iqtisodiy, ijtimoiy va
madaniy sohada taraqqiyotga erishgan bo`lsalar-da, baribir ular ham mahalliy yirik
er-suv egalarining ayrimachilik harakatlariga barham bera olmadilar.
Abdullaxon soniy 1557 yili Buxoroni egalladi
va uzoq davom etgan
urushlardan (1557-1582) so`ng Movarounnahrni birlashtirdi. U davlatni
markazlashtirdi, lekin uning vafotidan (1598 yil 8 fevral) keyin ayirmachilik
harakati avj oldi.
Mana shunday bir sharoitda movarounnahrlik yirik er-suv egalari ruhoniylar
va zodagonlar
bilan til biriktirib, Jo`jixonning o`n uchinchi o`g`li To`qay Temur
naslidan bo`lgan Yormuhammadxonni taxtga o`tqizdilar. Yangi sulola tarixda
Ashtarxoniylar (1601-1785) nomi bilan mashhur (Asli Xoji tarxon (Astraxon)lik
bo`lganlari uchun sulola shunday atalgan).
Bu davrda mamlakatda tarqoqlik yanada kuchaydi.
Dashti qipchoqliklar,
asosan qozoq xonlari va qalmoqlar, Xorazm hukmdorlari Abulg`ozixon va
Anushaxon Movarounnahrga tez-tez bostirib kirib, uning Chorjo`y,
Buxoro va
Samarqand shaharlari va qishloqlarini talon-taroj qila boshladilar.
Eron va Shimoliy Hindiston hukmdorlari Boburiylarning Buxoro xonligi
ichki ishlariga aralashuvi kuchaydi. Mamlakatdagi beqarorlik Ubaydullaxon soniy
(1702-1711) hukmronligi yillarida juda kuchaydi. Ulus hukmdorlari, Balxdagi
Mahmudbiy qatag`on markaziy hukumatga bo`ysunmay qo`ydilar.
Samarqand va
Hisor viloyatlarida yuz qabilasi, Shahrisabz va Qarshida kenagas va mang`it
qabilalari xonga qarshi isyon ko`tardilar. Ubaydullaxon soniy o`rniga xon
ko`tarilgan Abulfayz (1711-1747) nomigagina xon bo`lib, hokimiyat bir guruh yirik
boylar qo`liga o`tib qoldi.
Aim.uz
Eron podshohi Nodirshoh (1736-1747) Movarounnahrdagi parokandalik va
beqarorlikdan foydalanib, 1740 yilning kuzida Buxoro xonligini o`ziga
bo`ysundirdi.
Shundan keyin hokimiyat, asosan nodirshoh tarafdori, mang`it
qabilasidan chiqqan nufuzli, katta er egasi Muhammad Rahimbiy qo`liga o`tdi.
Abulfayzxon o`ldirilganidan keyin taxtga o`tkazilgan Abulmo`min (1747-1751) va
Ubaydullaxon soniy (1751-1753) nomigagina xon bo`lib,
davlatning muhim
ishlarini Muhammad Rahimbiy boshqargan.
1753 yilning 16 dekabrida Muhammad Rahimbiy xon bo`ldi. Shu kundan
boshlab Buxoro xonligida hokimiyat Mang`itlar sulolasi qo`lida bo`lib, ular 1920
yilning sentyabr oyigacha hukmronlik qilgan.
1709 yili Markaziy hukumatning zaifligi tufayli Farg`ona vodiysida Qo`qon
xonligi (1709-1876) tashkil topdi.
XVIII-XIX asrda uyrtimiz hududida Buxoro amirligi, Xeva va qo`qon
xonligi mavjud bo`lib, Rossiya asta-sekin bu hududga siqilib kelib, o`z
mustamlakasini o`rnatdi.
Bo`lib o`tgan siyosiy voqealarning ta`siri tarix faniga ham ta`sir etmasdan
qolmadi. Natijada tarixshunoslik ham o`z taraqqiyotida ma`lum bir o`zgarishlarga
yuz tutdi.