Madjmu at-
Tavarix"
"Tuxfat at-tavarix-i
xon"
OʻzSSR
Sharqshunoslik
instituti 4330.0
qoʻlyozma toʻplami
Zakir Chormoshev
tomonidan urugʻlar
toʻplami
(qirgʻiz, Adigine
urugʻlari)
1
ming
ming
ming
katagan
2
yuz
qirgʻiz
yuz
djuz
(
yuz
)
3
qirq
yuz
qirq
ming
4
jaloir
kirk
ong
qirq
5
saroy
ong
ongachit
ongkoy
6
qoʻngʻurat
ongachit
jaloir
chit
6
alchin
jaloir
saray
jaloir
8
argun
kongurat
xitay
saray
9
nayman
alchin
qipchoq
qoʻngʻurot
10
qipchos
argin
nayman
alchin
11
qalmis
saray
chakmak
argin
Aim.uz
12
chakmak
nayman
urmak
ayman
(
nayman
?)
13
qirgʻiz
qipchos
tuvadak
qipchoq
14
qirlik
chakmak
boston
chakmak
15
turk
burlat
simirchik
adak
(
azak
)
16
turkman
simirchik
kalamak
kaldik
16
bayaut
bulat
qarluq
toodak
18
burlan
kattagan
kattagan
bullak
19
shimirchik
kilechi
arlat
shimirchik
20
kabasha
kineges
argun
katagan
21
nudjin
buyuruk
barlos
kaltabiy
22
kilechi
uyrasut
buytay
kunakash
23
kilekesh
kiyat
keneges
boyrok
24
buryat
xitay
kilechi
oyrot
25
ubryat
kangli
buyurak
kurlas
26
kiyat
avar
oyrat
kiyat
26
qitoy
(
xitoy
)
jubalaji
kiyat
kitay
28
qangʻli
tuychi
kungrat
kangeldi
Aim.uz
29
uryuz
buyut
kangli
choplachi
30
djunalaxi
djiyit
uz
koshchu
(
kushchu
)
31
kudji, kuchi
djildjiut
djuladji
bulanchi
32
utarchi
buyat
djusuladji
chuvut
33
puladchi
uymaut
kuchi
djiyil
34
djiyit
arlay
utarchi
buyat
35
djuyut
kerait
puladchi
uyat
36
djuldjut
ongut
djuyut
arlay
(
adilay
)
36
turmaut
tangut
djiyit
kiyrat
38
uymaut
mangit
djaldjut
ongkot
39
arlat
djaldjaut
buyazut
tangut
40
kereit
masit
uymaut
mangit
41
ongut
merkit
kerait
charchut
(
chalchut
)
42
tangut
burkut
bagan
mit
43
mangut
kiyat
ongut
merkit
44
djalaut
kuralas
tangut
burkut
45
mamasit
oglen
mangit
kiyat
Aim.uz
46
merkit
kari
merkit
okulat
46
burkut
arab
burkut
kidiy
48
kiyat
ilachi
masid
arap
(
arab
)
49
kuralash
djuburgan
kiyat
ilaachi
50
oglen
kishlik
oglen
chuburgan
51
kari
girey
alchin
kishtik
52
arab
turkmen
kari
kiyrat
(
kilyat
)
53
ilachi
durman
garib
turkmen
54
djuburgan
tabin
shuburgan
durman
55
kishlik
tama
kishlik
taban
56
girey
ramadan
turkmen
tam
(
tama
?)
56
durmen
mitan
durmen
ramlam
(
ramnan
)
58
tabin
uyshun
tabin
moyton
59
tama
buriya
tam
oyshon
60
ramadan
xafiz
ramadan
biriya
61
uyshun
uyurdji
mitan
apiz
(
apil
)
62
baday
juyrasut
uyshun
kazak
Aim.uz
63
xafiz
buday
buse
kirgiz
64
uyurdji
banash
xafiz
munduz
65
jurat
tatar
kirgiz
kutchu
66
tatar
b.dj.k.r.
tatar
oychu
66
yurga
sulduz
yadj.k.r.
djuurat
68
batash
azak
sulduz
baday
69
batash
kalmak
kalivay
tatar
70
kauchin
karakalpak
dujir
tabash
71
tubay
sanvadan
jurat
chikir
72
tilau
tubay
buday
sulduz
73
kardari
tilau
oglan
tubay
74
sanxiyan
kiradi
kurlaut
kildiy
75
kirgin
saktiyan
chimbay
kirdirai
(
kildiray
)
76
shirin
kirkin
maxdi
saktan
76
oglan
shirin
chilkas
kirgin
(
kirchin
)
78
chimbay
oglan
ugur
shirin
79
charkas
kurlat
agar
uglam
(
oglan
)
Aim.uz
80
uygur
baglan
kur
kuulat
(
kurlat
)
81
anmar
chimbay
nikuz
djiglak
82
yabu
chilkas
kara
chinabay
83
targil
uygur
tushlub
chilkas
84
turgak, turgan
arnamar
yabu
uygur
85
teit
yabu
targil
achar
(
agar
)
86
koxat
targil
koxat
targil
87
faxir
turgan
shuran
turukay
88
kujalik
koxat
shirin
kichit
89
shuran
majar
tama
majar
90
derajat
kujalik
baxrin
kojoluk
91
kimat
suran
girey
sooran
92
shuja-at
baxrin
saxtiyan
93
avgʻon
Bu aytilgan qabila ismlarining 33 qadari moʻgʻul qabilalarining, boshqalari esa
Joʻji ulusidagi butun mashhur turk qabilalarining bir qismidir. Bizga bugun
nomaʼlum boʻlgan qabilalarning nomidir. Oʻzbeklar kelmasdan avval
Movarounnahrda yashab, soʻng ularga aralashib ketgan Barlos, Qovchin kabi
qabilalar bu orada yoʻqdir.
Aim.uz
5-MAVZU: Din, Tasavvuf tariqatlari.
REJA:
Tasavvuf tariqatlari.
Din.
Tasavvuf, sufiylik — islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari
yoʻllovchi taʼlimot. Tasavvuf soʻzining oʻzagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr
va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb
eʼtirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" — "jun", "poʻstin" soʻzidan
olingan boʻlishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan toʻqilgan
kiyim yoki poʻstin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib
yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini oʻzlarida namoyon etganlar, deydi.
Tasavvuf va "sufiy" soʻzlari 9-asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim Sufiydan
boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama oʻrnida "zuhd" ("zohidlik",
"tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi soʻzlar ishlatilgan. Ibn
Xaldunning fikriga koʻra, sahobalar, tobeinlar va ulardan keyingi asr kishilarida
hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik kabi his-tuygʻular mujassam boʻlgan. Lekin
hijratning 2 asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning koʻpchiligida mazkur
xususiyatlar oʻrnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi
salbiy xususiyatlar paydo boʻla boshlagandan keyin obidlik va zohidlikni ixtiyor
qilgan bir guruh kishilar tasavvuf va sufiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar. Tasavvuf
turlicha talqin qilingan. Masalan, Maʼruf al Karxiy (815 y) fikricha, "tasavvuf —
haqiqat sari intilish, odamlardan tamagirlik qilmaslik va faqirlikni ixtiyor etishdir".
Zunnun al Misriy (859 y) "Sufiy boylik istab oʻzini charchatmas va yoʻqotgan
boyligiga achinib, bezovta boʻlmas", desa, Junayd al Bagʻdodiy (909 y) "tasavvuf
— qalbni sof tutmoq, tugʻma zaiflik va noxush axloqlardan forigʻ boʻlib, hayvoniy
va nafsoniy tuygʻular ustidan gʻalaba qilmoq", deb taʼrif bergan. Yana u "tasavvuf
bir uy boʻlsa, shariat unga kiradigan eshikdir", degan. Soʻfi Olloyor bu taʼrifni
quvvatlab"Shariatsiz kishi uchib havogʻa Koʻngil berma aningdek xudnamogʻa" deb
yozadi. Misrlik olim Ibrohim Basyuniy "Islomda tasavvufning paydo boʻlishi"
kitobida hijriy 3 va 4-asrlarda yashab oʻtgan olimlarning tasavvuf haqidagi 40 ta
taʼrifini keltiradi. Xulosa qilib aytish mumkinki, tasavvuf islom shariati talablarini
ham ixlos bilan bajargan holda zuxd, taqvo, kamtarlik kabi oliyjanob fazilatlarni
oʻzida mujassam etib, nafsni poklash yoʻli bilan komil inson darajasiga erishishga
harakat qilishdan iborat tasavvufning oʻziga xos istilohi mavjud. Masalan, tasavvuf
ilmidan saboq beruvchi shaxs — shayx, murshid, pir, eshon, xoja, mavlo, mavlono,
maxdum kabi unvonlar bilan tanilgan. Tasavvufdan saboq oluvchi shaxs — murid,
solik, axli dil, axli hol, mutasavvif kabi nomlar bilan atalgan. Tasavvuf boʻyicha oliy
maqomlarga erishgan sohibkaromat pirlar — valiy, avliyo, qutb, aqtob, avtod,
chilton, abdol, abror, ahror, nujabo, nuqabo, siddiq, gʻavs va h.k. deyilgan. Tasavvuf
ahli baʼzan oshiq, faqir, haqir, darvesh, qalandar, zohid, orif, devona, ahli muhabbat,
ahli suluk, rijolulgʻayb, savdoyi, gado kabi atamalar bilan ham ifoda etilgan.
Tasavvuf istilohi asosida ijod etgan shoirlar majoz uslubini tanlaganlar. Shuning
uchun haqiqat, majoz, tashbeh, istiora kabi mantiqiy qoidalardan boxabar boʻlmagan
Aim.uz
kitobxon Navoiy, Fuzuliy, Atoyi, Umar Xayyom kabi mumtoz adabiyot
namoyandalarining sheʼrlarini toʻla anglashi qiyin kechadi. Tasavvuf tarixida
koʻpgina olimlar tasavvufga doir soʻzlar izohiga bagʻishlangan lugʻat va qomuslarni
yozib qoldirganlar. Ulardan ayrimlari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti
qoʻlyozmalar fondida saqlanmoqda. Tasavvuf tariqatlarining insoniyat
maʼnaviyatini yuksaltirishga qoʻshib kelayotgan benazir hissasi butun dunyo xalqi
tomonidan eʼtirof etilsada, baʼzan islom olamida tasavvufga salbiy nazar bilan
qarash, uning tariqatlari, mashoyixlari va karomatlarini inkor etish koʻzga
tashlanadi. Burhoniddin al Biqoiy (1406—1480)ning "Tasavvuf inqirozi",
Abdurahmon Dimashqiyaning "Naqshbandiya taxlili" kitobi va boshqa kitoblarda
tasavvufning barcha tariqatlari va ularga doir asarlar hamda mashoyixlar qattiq
tanqid qilingan. Aziz avliyolarning maqbara va mozorlarini ziyorat qilish shirk deb
sanalgan. Vaholanki, ularning bu daʼvolari sharʼan asossizdir.
Islom huquqshunosligida, yaʼni sharʼiy koʻrsatmalarni amalga tatbiq etishda 4 ta
fiqxiy mazhab boʻlganidek, Tasavvufda ham bir necha tariqatlar shakllangan.
Mashhurlari — tayfuriya, junaydiya, hakimiya, qodiriya, yassaviylik, malomatiylar,
rifoiya, kubroviylik, suhravardiylik, chishtiya, akbariya, shoziliya, bektoshiya,
mavlaviya,
naqshbandiya,
sanusiya
tariqatlaridir.
Mustaqillik
yillari
mamlakatimizda tasavvuf tariqatlarini oʻrganish, unga doir asarlarni tarjima qilish,
atoqlii mashoyixlarning maqbaralarini qayta qurish va taʼmirlashga ahamiyat
berilmoqda. Hakim Termiziy, Najmiddin Kubro, Abduxoliq Gʻijduvoniy, Xoja
Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Shayx Zayniddin,
Zangi ota, Shayx Xovandi Tohur va boshqa koʻplab tasavvuf tariqatlariga mansub
piri komillarning xayot va ijodlarini chuqur oʻrganish, qoldirgan asarlaridan
xalqimizni bahramand etish borasida muayyan ishlar qilindi.
Din (arab. — eʼtiqod, ishonch, itoat) — Xudo yoki xudolarga, gʻayritabiiy kuchlar
mavjudligiga ishonish. Din muayyan taʼlimotlar, his-tuygʻular, toat-ibodatlar va
diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon boʻladigan, olam, hayot
yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning oʻziga xos usuli.
Dinning paydo boʻlishi haqida yagona fikr yoʻq. Islom dini taʼlimotiga koʻra, Din
— Alloh tomonidan oʻz paygʻambarlari orqali bashariyat olamiga joriy etilajagi
zarur boʻlgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga
toʻgʻri, haqiqiy hayot yoʻlini koʻrsatadigan va oʻrgatadigan ilohiy qudratga
ishonchni ifoda etadigan taʼlimotdir.
Din dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan maqsadi
kabi savollarga oʻzicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan Din kishilik
jamiyati tarixiy taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong
shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr va
sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi. Ulugʻ mutafakkir Abu Nasr
Forobiy Dinga falsafa bilan bir qatorda haqiqatga yetishishning 2 mustaqil usulidan
biri sifatida qaragan. Forobiyning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini
paygʻambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar. Dinga turlicha yondoshishni
Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning
ikki haqiqat nazariyasida kuzatish mumkin. 18-asr fransuz faylasuflarining Dinga
Aim.uz
boʻlgan oʻziga xos yondashuvlari, 19-asrda mifologik maktab (aka-uka Ya. Grim va
V. Grim, M. Myuller), antropologik maktab (L. Feyerbax) va b. turli yoʻnalishlar
paydo boʻlgan boʻlsa, 20-asrda Dinni tadqiq qilish yuzasidan yana boshqacha qarash
va nazariyalar (K. Yung , E. Dyurkxeym) vujudga keldi.
Dinning nima ekanligi turlicha izohlansada, umuman ol ganda Din — ishonmoqlik
tuygʻusidir. Bunday tuygʻusi boʻlmagan xalq yoʻq. Chunki biron-bir xalq Dinsiz,
eʼtiqodsiz, biron-bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Din insoniyatning eng
teran, eng goʻzal maʼnaviy-ruhiy ehtiyojlaridan biridir. Insoniyat tarixida Din turli
shakllarda namoyon boʻlgan. Dinning dastlabki koʻrinishlari fetishizm, totemizm,
animizm, sehrgarlik va b.dir. Shuningdek, urugʻqabila Dinlari, milliy Dinlar
(iudaizm, hinduiylik, sintoizm, daosizm, konfutsiychilik), jahon Dinlari (buddizm,
xristianlik, islom) vujudga kelgan. Din avvaliga koʻpxudolik (poli-teistik), soʻngra
yakkaxudolik (monoteistik) koʻrinishida boʻlgan. Har bir Din diniy dunyoqarash,
diniy marosim, diniy tuygʻu va sigʻinish obʼyektlarini oʻz ichiga oladi. Har qanday
jamiyatda Din maʼlum ijtimoiy, maʼnaviy va ruhiy vazifalarni bajaradi. Uning
ijtimoiy hayotga taʼsiri kuchlidir. Har bir Din dindorlarini oʻz taʼlimoti doirasida
saqlashga harakat qiladi, oʻz qavmlari uchun tasalli beruvchi, ovutuvchilik vazifasini
oʻtaydi. Dinlar oʻz marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan qat'iy tartibga
amal qilgan holda bajarilishini shart qilib qoʻyadi, shuningdek, oʻz qavmlarining
birligini, jamiyat va shaxsning oʻzaro aloqada boʻlishini taʼminlashga intiladi. Din
insonga yashashdan maqsad, hayot mazmuni, bu dunyo va u dunyo masalalariga oʻz
munosabatini bildirib turadi. U umuminsoniy axloq meʼyorlarini oʻziga singdirib,
xulq-atvor qoidasiga aylantiradi (qarang Axloq). Madaniyat rivojiga katta taʼsir
koʻrsatib, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish va avloddan-avlodga
yetkazish ishiga yordam beradi.
Din insonning ishonchli hamrohi, odamzot hayotining bir qismi boʻlib kelgan. Unga
turli davrda turlicha munosabatda boʻlingan. Dinni jamiyatning hukmron kuchlari
davlat siyosati darajasiga koʻtargan yoki Din hamda dindorlarni ayovsiz taʼqib
ostiga olgan hollar tarixda koʻp uchraydi. Yaqin oʻtmishda — shoʻrolar davrida
Dinni kamsitish va unga qarshi kurash siyosati olib borildi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Din madaniy-maʼnaviy omillar umumiy
silsilasiga kiruvchi teng huquqli qadriyat sifatida tan olindi va Dinga toʻla erkinlik
berildi. Diniy jamoalar, tashkilotlarga qonun doirasida ochiq va daxlsiz faoliyat
koʻrsatish imkoniyati yaratildi. Oʻzbekiston aholisining asosiy qismi islom diniga,
yevropalik aholi xristianlikning pravoslav mazhabiga eʼtiqod qiladi. Ular bilan bir
qatorda katolik, protestant, boshqa mazhab (jami 15 dan ortiq konfessiya) vakillari
yashaydi. Ular vatan mustaqilligini mustahkamlash, siyosiy-ijtimoiy barqarorlikni
taʼminlash yoʻlida faoliyat yuritmoqdalar.
Oʻzbekiston dunyoviy davlat boʻlib, Din davlatdan ajratilgan. Vijdon erkinligining
kafolatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, "Vijdon erkinligi va
diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonunda (1998) bayon etilgan. Oʻzbekistonda Din
va diniy dunyoqarash dunyoviy turmush tarzi, dunyoviy fikr bilan yonma-yon
rivojlanib kelmoqda.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |