Aim.uz
4-MAVZU: O’zbek xonliklarida etnik qabilalarning joylashuvi.
REJA:
1) Bugungi o’zbeklar.
2) 92 o’zbek urug’lari.
Bugungi o'zbeklar, Shayboniyxon o'g'illarining o'z-beklari Movarounnahr va
Xorazmga Jo'ji ulusining butun muassasalari va tashkilotlari bilan kelgan edilar.
Hatto hukumatda qabilalarning egallagan o'rinlari ham ko'paygandi. O'zbeklar
temuriylarni yengar ekan, har yerda o'zlarining tashkilotlarini o'rnatdilar.
Shunday qilib, Oltin O'rdaning „ich eli“ hisoblangan
va saroyga yaqin hamda
yaxshigina madaniyatli unsurlar ham kelgan edilar. Shuningdek, Movarounnahrga
kelgan shayboniylar, tarixchi O'tamish Hojining ta'biriga ko'ra, eskidan „O'zbek
eli“… mang'itlarning o'troq uluslari yashamoqda bo'lgan Turonzaminda, tom
madaniy qism zaminida hokim bo'lgan xalqdir. Markazi „Oq ko'l“, „Chalqar ko'l“
bo'lgan To'rg'ay viloyati shayboniylar qo'liga o'tgan.
Ilgari bu yerlarni, keyin
Sirdaryoning narigi chegaralarini va 1431-yildan Xorazmda umr kechirgan
Abulxayrxon „Turon va boshqurt“ taraflarini shayboniylar qo'lidan va G'arbiy
Sibiriyani Mahmudbekxonning qo'lidan olgan edi. Bu zot davlat idorasini Jo'ji
ulusining janub va shimol tarafidagi
ziroat sohalariga qaratib, o'troq o'lkalarga
aylantirmoq siyosatini targ'ib etgan edi. Zotan, zamonning buyuk olimlaridan
Husayn Xorazmiy bu xonning nomiga atab turkcha go'zal bir asar — „Qasidai
Burda“ni yozgan edi. Mas'ud Ko'histoniy degan bir odam ham uning hayotini tavsif
etgan bir forsiy tarix kitobini bitgan ekan.
O'zbeklarning katta bir qismi XVI asrda Zarafshon havzasida va Xorazmda o'troq
va dehqonchilik hayotiga o'tdi. Bular yana Sirdaryo havzasida va Turon taraflarida
yashagan vaqtida o'troq hayotga o'tayotgan bo'lsalar kerak. Shayboniyxon esa
Sirdaryo ila Ashtarxon orasida etishgan bir sultondir.
Shayboniyxondan keyin
Movarounnahrga kelgan avlodlaridan Mahdi va Hamza sultonlar ilgari
Turonzaminning qal'a va istehkomlariga va ma'mur qismlariga ega bo'lgan Baxtiyor
sultonning o'g'illari edi. Ular bilan kelgan o'zbeklar so'nggi temuriylar zamonida
kelganliklari aytib o'tiladi. Qabila tuzilishiga ko'ra „O'zbeklar“ni har yerda to'qson
ikki bov o'zbek deb ataydilar. Bov — bu qabila demakdir.
92 nasabnoma
Boshqurtlar ichida shunday bov bor: „O'n ikki bovli boshqurt“ deydilar. O'zbeklarda
92 qabilaviy bir „Nasabnoma“ bor-dir. „Nasabnoma“ning XVI—XVII
asrlarda
yozilgan nusxalari bilan yangi nusxalari orasida farq juda oz. (Masalan, Oxund
Qurbonali va Xanikov hamda Shayx Sulaymon nashrlari). Shubha yo'qdirki,
„Nasabnoma“ o'zbeklarning Oltin O'rda zamonidagi yangi Mang'it — No'g'oy va
qozoqlar ayrilmasdan ilgarigi hayotiga oiddir. Bu qabilalar shulardir:
Aim.uz
Ming, Yuz, Qirq, Ungajit, Dayman, Qipchoq, Arg'in, Burloq, Busloq, Chemarchin,
Bo'zay, Qatay (Xitoy), Jit, Juyut, Saljovut, Mang'it, Qang'it, Oymavut, Ulaji,
Gulegen (?), Qishliq, Tomo, Mechet, Kirderi, Ramadan, Juyrat, Bo'zaji, Uysun,
Tatar, Tilov, Shirin, Ag'ir (Og'iran), Buzan, Buzaq, Barin (Bahrin), Mo'g'ul, Nukus,
Jaloyir, Saroy, O'ng', Qo'ng'irot, Olchin, Chichoq, Qalmoq, Oyrat, Qorluq, Turgavut,
Qatag'on, Kilechi, Kenagas, Bo'yrak, Qiyot, Qangg'li, O'zje bo'luji, Upulachi,
Gulun, Boyovut, O'tarchi, Arlot, Kerayit, O'ngg'qut, Qachat, Merkat, Burqut,
Quralash, Qarlop, O'g'lon, Kudey, Turkman, Do'rmon, Tobin, Mumun, Aday,
To'qsaba, Qirg'iz, Uyruji, Jo'rga, Batash, Qo'ysun, Sulduz, Tumay, Ko'rlavut,
Jilkash, Yug'ur, Yobu (Yeqabu), Mo'ytan, Major, Qo'jaliq, Cho'ran, Churchut.
№
Do'stlaringiz bilan baham: