Mavzusida yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlashingiz so‘raladi



Download 165,62 Kb.
bet7/10
Sana27.03.2022
Hajmi165,62 Kb.
#513241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
25 HAFTA AXBOROT SOATI UCHUN MATERIALLAR.

XONDAMIRNING “MAKORIM UL-AXLOQ”
ASARIDAN
Ochiqqo‘llik va saxiylikning ulug‘ligi haqida
«Saxiy, garchi fosiq bo‘lsa ham, do‘zaxga kirmaydi. Baxil, garchi obid bo‘lsa ham, jannatga kirmaydi», deb aytilgan sahih hadisga muvofiq, eng go‘zal xulq va eng yaxshi odob saxiylik va ochiqqo‘llik kabi maqtalgan xislat bo‘lib,
Misra:
Mavjud bo‘lgan narsalarning barchasi saxovat soyasidadir.

oqil va g‘ofil, olim va johil, savodsiz va fozil, baxtsiz va baxtli kishilar nazdida ushbu maqtalgan xislat sevimli va marg‘ubdir. Nazm ahlining mo‘jizali qalami va nasr ahlining sehrli xomasi daftarlarning ichlari va sahifalarning yuzlarini ushbu ezgu xislat ta’rifi bilan bezaydi. Olam ahlining kamchilik va nuqsonlari bag‘rikenglik va ochiqqo‘llik tufayli odamlar ko‘zidan yashirin bo‘lib qolsa, odam bolalarining yutuq va fazilatlari qizg‘anchiqlik va past himmatlilik tufayli ko‘zga nuqsondek bo‘lib ko‘rinadi.


Ruboiy:
Olam ahli kamchiligini yopuvchi saxovatdir,
Barcha uchun maqtovli bo‘lgan narsa ham saxovatdir,
Zotida yuz hunar mavjud bo‘lgan kishida
Saxovat bo‘lmasa, u aniq kerakmasdir.

Haqiqatlar panohi bo‘lgan Hazrati Maxdumiy (Alloh uning qabrini nurga to‘ldirsin) «Bahoriston» asarida durlar sochuvchi qalamlari bilan yozib qo‘yganlarki, saxovat biror bir maqsad ko‘zlamasdan va evaziga biror narsa so‘ramasdan turib, garchi ko‘zlanadigan bu maqsad va so‘raladigan bu narsa munosib maqtov va katta savob bo‘lsa-da, biror narsani [biror kishiga] sovg‘a qilishdir.


Qit’a:
Saxiy kimdir, udir mukofot olmay
Har saxovat kelar qo‘lidan uning.
Maqtov, savob uchun qilingan ishni
Xayru saxovatmas, oldi-sotdi bil.

Ulug‘ Parvardigorga shukrlar va undan bizga minnatlar bo‘lsinki, maqtalgan xislatlarga ega bo‘lgan Amirning (Alisher Navoiyning) muborak xulq-atvorlari xuddi shunday bo‘lib, [ul zotning] cheksiz yaxshiliklari bu borliq olamda shuhrat topish yoki abadiy olamda katta savobga erishish uchun qilingan emasdi. Chunki bu dunyo va undagi narsalar ul zotning himmat nazarida bir somon xasichalik qimmatga ega emasdi.


Ammo cheksiz ochiqqo‘llik va saxiylik xislatiga ega bo‘lishiga qaramasdan, hech qachon hech kimga bir arpa donichalik ham minnat qilmasdi. Uning in’om bulutlari har doim olimlar va fozillarning (47b) orzu-umid bog‘lariga ko‘m-ko‘klik va yashillik bag‘ishlar, yaxshiliklari va ulug‘lashlari bulutlari tomchilari hamisha mashoyixlar va sayyidlarning omonlik ekinzorini yam-yashil qilar va suvga to‘ydirardi.
Qit’a:
Qo‘li saxovat manbaidir, o‘sha qo‘ldan o‘qirlar,
Yetti ko‘k dengizining saromadi aylanar.
G‘unchaning ko‘nglidan ming qo‘li to‘g‘risidagi o‘y o‘tdi,
Shundan ko‘nglidagi nozik hislar oltinga aylandi.

Dunyoning turli tomonlari va go‘shalaridan g‘ariblar va musofirlar [ul Hazratning] hidoyatga oshyon bo‘lgan ostonasiga kelib, xayru ehson dasturxonidan eng yaxshi ulushlar olib, lazzat va bahra olardilar.


Eron va Turonning eng uzoq nuqtalaridan qashshoqlar va muhtojlar [ul Hazratning] odamlarga panoh beruvchi dargohiga iltijo keltirib, sadaqa va ehson dasturxonidan ko‘p bahra olar va rizq-ro‘z topar edilar.
Masnaviy:
Hech bir tilanchi quvonganida ham, achchiqlanganida ham
Qovog‘ining solinganini o‘z ko‘zi bilan ko‘rmagan.
Tilanchilar bezovta bo‘lmasin deb
Hamisha tilanmasidan oldinoq, ol, deb aytardi.

Download 165,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish