Mavzusida yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlashingiz so‘raladi



Download 165,62 Kb.
bet2/10
Sana27.03.2022
Hajmi165,62 Kb.
#513241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
25 HAFTA AXBOROT SOATI UCHUN MATERIALLAR.

markazi direktori L.Mingishov

Ijrochi:Z.Ubaydullayev


Tel.: (71) 246-95-43
Markazning 2022-yil “____”___________dagi
______________-sonli xatiga ilova


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IQTISODIY,
IJTIMOIY-SIYOSIY VOQEALARGA DOIR
MA’LUMOTLAR


UY-JOYLAR QURILISHINI VA QURILISH MATERIALLARI SANOATINI QO‘LLAB-QUVVATLASHNING QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining


Qarori

https://uza.uz/oz/posts/uy-joylar-qurilishini-va-qurilish-materiallari-sanoatini-qollab-quvvatlashning-qoshimcha-chora-tadbirlari-togrisida_349111




YER UCHASTKALARIDAN FOYDALANISHDA DAVLAT NAZORATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Qarori


https://uza.uz/oz/posts/yer-uchastkalaridan-foydalanishda-davlat-nazorati-samaradorligini-oshirish-chora-tadbirlari-togrisida_349115


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARINING MUDDATLI HARBIY XIZMATGA NAVBATDAGI CHAQIRUVI HAMDA BELGILANGAN XIZMAT MUDDATINI O‘TAB BO‘LGAN MUDDATLI HARBIY XIZMATCHILARNI QUROLLI KUCHLAR REZERVIGA BO‘SHATISH TO‘G‘RISIDA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori


https://uza.uz/oz/posts/ozbekiston-respublikasi-fuqarolarining-muddatli-harbiy-xizmatga-navbatdagi-chaqiruvi-hamda-belgilangan-xizmat-muddatini-otab-bolgan-muddatli-harbiy-xizmatchilarni-qurolli-kuchlar-rezerviga-boshatish-togrisida_349631


MUHIM IQTISODIY VA IJTIMOIY LOYIHALAR
KO‘RIB CHIQILDI


Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 fevral kuni Toshkent shahrida ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarishni takomillashtirish va issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish, mahallalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hamda geologiya sohasi va kimyo sanoatidagi investitsiya loyihalari bilan tanishdi.
Kommunal xizmatlar millionlab aholi turmushiga daxldor masala. Ilgari ko‘p qavatli uylarga xizmatni faqat mulkdorlar shirkati ko‘rsatar, texnika va mutaxassislar yetishmasligi sababli uning sifati past edi. bugungi kunda esa boshqa boshqarish shakllari ham joriy qilingan.
2020 yilda tajriba tariqasida Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 110 ta ko‘p qavatli uy qonunchilikda belgilangan tartibda boshqaruv kompaniyalariga berilgan edi. Bu tajriba 2021 yilda barcha viloyat markazlari, Chirchiq va Angren shaharlarida davom ettirilib, 15 ta boshqaruv kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.
Masalan, Navoiy shahridagi 116 ta ko‘p qavatli uyga bitta boshqaruv kompaniyasi tomonidan xizmat ko‘rsatilgan bo‘lib, muddati o‘tgan qarzdorlik 2 baravar qisqargan. Bu kompaniya 34 turdagi maxsus texnika olib, aholi va tadbirkorlarga 20 dan ortiq yangi xizmatlarni yo‘lga qo‘ygan.
Davlatimiz rahbari bu tizimni kengaytirishni rag‘batlantirish kerakligini, yil yakunigacha boshqaruv kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatishni Toshkent shahrining barcha xizmat sifati past tumanlarida joriy etish zarurligini ta’kidladi. Xizmatlaridan aholi rozi bo‘lgan shirkatlar va uy-joyni bevosita boshqaruvchilar bundan mustasno ekaniga alohida e’tibor qaratildi.
- Bu ishlarni tizimli tashkil etishimiz lozim. Axir bu odamlarimizning kundalik muammolari, ularni hal etmasak, xalqimiz bizdan rozi bo‘lmaydi, - dedi Prezident.
Buning uchun maxsus ishchi guruh joylarga chiqib, uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyati, aholi fikrlarini o‘rganadi, shirkatlar va boshqaruv kompaniyalarining moliyaviy muammolarini hal etib boradi.
Faoliyati va moliyaviy ahvoli qoniqarsiz bo‘lgan shirkatlar hududini ochiq tanlov asosida boshqaruv kompaniyalariga berish masalasini o‘rganish topshirildi.
Umuman, uy-joy boshqaruv kompaniyalariga muayyan imtiyoz va yengilliklar berilishi qayd etildi. Jumladan, ular foyda va mulk solig‘idan ozod etiladi, ijtimoiy ob’ektlarga autsorsing asosida xizmat ko‘rsatish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat beriladi, maxsus texnika va uskunalar sotib olishga 90 milliard so‘m kredit ajratiladi va foizlarining bir qismi qoplab beriladi, import qilinadigan uskuna va texnikalarga bojxona bojlari kelgusi 3 yilda “nol” stavkada qo‘llaniladi, tugatilayotgan shirkatlarning muammoli kreditlari 3 yilga muzlatiladi.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga bunday ishlarni barcha hududlarda tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
Taqdimotda 2022 yilda issiqlik ta’minoti tizimida amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.
Xususan, joriy yilda 10 ta qozonxonani modernizatsiya qilish va 2 ta yangi qozonxona qurish, 120 kilometr issiqlik tarmoqlarini yangilash, natijada 24 ming 400 ta xonadon va 51 ta ijtimoiy soha ob’ektlarining issiqlik energiyasi ta’minotini yaxshilash rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari har bir mahallaning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy markazi bo‘lishi kerakligini aytgan edi.
Taqdimotda shu borada Toshkent shahrida amalga oshiriladigan ishlar haqida axborot berildi. Qayd etilganidek, mahallalarda bolalar va sport maydonchalari quriladi, yo‘laklar tartibga keltirilib, daraxtlar ekiladi. Buning uchun 579 ta mahallaning har biriga byudjetdan 1 milliard so‘mdan ajratilgan.
Prezidentimiz bu mablag‘dan samarali foydalanish, zarur bo‘lsa, mahalliy byudjetdan qo‘shimcha resurs yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Boshqaruv kompaniyalarini jalb qilib, 2 mingta ko‘p qavatli uylarni joriy va kapital ta’mirlash kerakligi aytildi.
Ma’lumki, yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Xususan, bu yil poytaxtimizda 1 million tup manzarali va mevali daraxtlar ekish rejalashtirilgan. Taqdimotda shu boradagi ishlar haqida tumanlar va ko‘chalar kesimida ma’lumot berildi.
Taqdimotda Milliy bog‘ hududida barpo etilishi rejalashtirilgan Davlat san’at muzeyi loyihasi, xususan, dunyoga mashhur “Atele Brukner” arxitektura byurosi tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar, ekspozitsiyalar va boshqa xonalarning joylashuvi rejasi ko‘rib chiqildi.
Geologiya sohasida amalga oshiriladigan ishlar taqdimotida yuqori texnologik metallar qazib chiqarish rejalari bayon qilindi. Jumladan, mis, noyob metallar, magniy, litiy va grafit zaxiralarini o‘zlashtirish, uglevorod xomashyosi bo‘yicha qidiruv ishlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbariga mamlakatimiz kimyo sanoatida amalga oshiriladigan loyihalar to‘g‘risida ham axborot berildi.
Xususan, umumiy maydoni 31 gektardan ortiq “Chirchiq” kimyo industrial texnoparki barpo etilmoqda. 2022 yilda texnopark hududida jami 16,5 million dollarlik loyihalarni amalga oshirish, jumladan, polimer termoelastoplast komponentlari, ko‘piktirilgan polipropilen, mikrobiologik preparatlar, qog‘oz, kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan.
Toshkent viloyatida fosforli va murakkab turdagi mineral o‘g‘itlar, “Navoiyazot” negizida esa kaliy nitrat va sulfat, metanoldan propilen va boshqa kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy qilish, Kimyoviy ilmiy-ishlab chiqarish va ta’lim klasterini tashkil etish loyihalari ko‘rib chiqildi.

Download 165,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish