Mavzusida yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlashingiz so‘raladi


ALISHER NAVOIYNING «MAHBUB UL-QULUB»



Download 165,62 Kb.
bet6/10
Sana27.03.2022
Hajmi165,62 Kb.
#513241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
25 HAFTA AXBOROT SOATI UCHUN MATERIALLAR.

ALISHER NAVOIYNING «MAHBUB UL-QULUB»
ASARIDAN
Saxovat va himmat to‘g‘risida
Saxovat insoniyat bog‘ining hosildor daraxti, balki u daraxtning foydali mevasidir. Saxovat odamiylik mulkining mavj urib turgan dengizidir, balki u to‘lqinli dengizning bebaho gavharidir. Saxovatsiz odam yog‘insiz bahor bulutiga va hidi yo‘q mushk-anbarga o‘xshaydi. Mevasiz daraxt ham biru, o‘tin ham bir; yog‘insiz bulut ham biru, tutun ham bir. Saxovatsiz odamdan ichida gavhari bo‘lmagan sadafning farqi yo‘q; dursiz sadaf bilan qurib qolgan toshbaqa chanog‘ining farqi yo‘q...
Saxiy bulutdir, xirmon-xirmon don hosili, balki xazina beradi; baxil chumolidir, don-dun, mashoq teradi. Himmat ahlining ixtisosi saxovatdir; bu ulug‘ sifat pokiza kishilarga xosdir.
Odam bir badan bo‘lsa, himmat uning jonidir; himmatlilardan olam ahli uchun yuz ming sharaf va shukuh yetishadi. Himmatsiz kishi er sonida emas; jonsiz badanni hech kim tirik demas.
Oliyhimmat odam balandparvoz lochindir; behimmat – sichqon ovlovchi kalxatdir. Shunqorning maskani shohning bilagidir; kalxatning joyi o‘limtikning sassiq badani va so‘ngagidir.
Arslonning maqsadi – ov qilib, och yirtqichlarni to‘yg‘azmoq; sichqonning harakati – don o‘g‘irlab, tugun axtarmoq.
Himmat egasi qashshoq bo‘lsa ham tubanlik qilmas; himmatsiz odam xazina topsa ham buyuklarga teng bo‘lmas. Chinor daraxti bo‘sh qo‘lli bo‘lsa-da, uning yuksakligiga nuqson yetmaydi; yer tagida yashirinib yotgan xazinaning tuproqqa foydasi tegmaydi. Himmatli kishilarning darajasi yuksakdir; ammo saxiylikning darajasi bir necha barobar yuksakdir.
Isrof qilish saxiylik emas; o‘rinsiz sovurishni aqlli odamlar saxiylik demas. Halol molni kuydirganni devona deydilar; yorug‘ joyda sham yoqqanni aqldan begona deydilar. Maqtanish uchun mol bermoq – o‘zini ko‘z-ko‘z qilmoq va shunday qilib o‘zini «saxiy» demoq – behayolik bilan nom chiqarmoq. Kimki xalqqa ko‘rsatib ehson bersa, u pastkash, saxiy emas. Tilagandan so‘ng berishlik ham saxovatdan yiroqdir, qistash natijasida bergandan bermagan yaxshiroqdir. Bitta kulchani ikki bo‘lib, yarmini och odamga berganni – saxiy deb, o‘zi yemay hammasini muhtoj odamga berganni – axiy do‘st deb bil.



Download 165,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish