2.2.
4
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish sharoitida
O‘zbekiston
Respublikasida
amalga
oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarning pirovard natijasi oilalar farovonligini ta’minlashga qaratilgan. Bu
farovonlikka erishish yo‘llaridan biri oilada tadbirkorligi va oila biznesini yo‘lga
qo‘yish bilan chambarchas bog‘liq. Chunki oilada tadbirkorlikning rivojlanishi,
uning ommaviy tus olishi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni, ya’ni oilalar
farovonligini ta’minlash va ish bilan bandlik masalalarini hal qilish imkoniyatini
yaratadi. Shu bois, ushbu sohani taraqqiy ettirish Respublika hukumatining doimo
diqqat e’tiborida bo‘lib kelmoqda.
Shu nuqtai nazardan Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek:
“Ishbilarmonlik – biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tug‘dirib berish,
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va
rag‘batlantirish real iqtisodiyotni isloh etishning navbatdagi eng muhim
yo‘nalishiga aylanmog‘i zarur”
1
. Oilaviy biznesni rivojlantirish, mamlakatimiz
uchun hayotiy zaruratga aylanmoqda. Shu sababli, oilalarning muhim daromad
manbai va tadbirkorlikni rivojlantirishda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish
bugungi kunda hayotiy zaruratga aylandi.
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish sharoitida ushbu dolzarb vazifani hal
qilish borasida salmoqli, ijobiy natijalarga erishildi. Ammo, hozirgi kunda ham
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini
takomillashtirish, ular faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va shu asosda
oilalar
farovonligini
oshirish
masalalari
o‘z
yechimini
kutayotgan
muammolardandir.
Bozor munosabatlari rivojlanishi sharoitida ishlab chiqararilgan mahsulot
yoki ko‘rsatilgan xizmatlarning raqobatbardoshliligiga erishishning asosiy
yo‘nalishlaridan biri – tashkil etish, normalash va shular asosida ishlab chiqarish
samaradorligini va mehnat unumdorligini oshirish katta ahamiyatga ega.
Shu tufayli oilaviy biznes rivojlanishida mehnatni tashkil etish bo‘yicha
o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olib, ularning samaradorligini oshirish uchun
ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish alohida ahamiyatga egadir. Oilaviy
biznes sohasida hal qilinishini kutayotgan muammolarning mavjudligi mehnatni
ilmiy jihatdan tashkil etish asoslari va yo‘nalishlarini nazariy va amaliy jihatdan
tadqiq qilishning zarurligi kurs ishi mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2013-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari hamda 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga
bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so‘zi” gazetasi,2014 yil 18 yanvar,
№13.