I-BOB. OILAVIY BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA MEHNATNI
TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Oilaviy biznes rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, mazmuni va
nazariy asoslari
Oilaviy biznesning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini ochish, mohiyatini to‘liq
tushunish uchun oila, uy xo‘jaligi, oila xo‘jaligi kabi tushunchalarning mazmunini
tadqiq qilishni taqqozo qiladi.
Oila – jamiyatning, ijtimoiy–iqtisodiy hayotning boshlang‘ich bo‘g‘ini va
iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti sifatida, bozor munosabatlari sharoitida
o‘zining yangicha talqini va ta’rifini talab etmoqda. Iqtisodiy adabiyotlarda “uy
xo‘jaligi”ga nisbatan turlicha qarashlar shakllanib kelgan. Dastlabki uy xo‘jaliklari
taraqqiyoti davomida A.Smit va uning izdoshlaridan biri bo‘lgan J.B.Sey
mulohazalari diqqatga sazovordir. A.Smit omillarning sifat jihatlariga, ularning
ishlatilishiga ahamiyat beradi, pirovard natijada uy xo‘jaliklarining daromadi va
iste’mol imkoniyatlarini shakllantiradi. J.B.Sey mulohazalarida boylikni
taqsimlash nazariyasi muomala va ishlab chiqarish nazariyasi bilan chambarchas
bog‘liqdir. Moddiy boyliklar alohida sub’ektlar orasida emas, balki alohida sinflar
o‘rtasida aylanadi. Boshqa tomondan esa, unda kapitalistni taqdirlash tadbirkorni
taqdirlashdan ajratib ko‘rsatilgan. F.Engels, “Oila, xususiy mulk va davlatning
kelib chiqishi” nomli asarida o‘z davridagi etnografik adabiyotlardan foydalanib,
oila va ayollarning ahvoli, tarixiy o‘zgarishlarini boshidan kechirgani, bu
o‘zgarishlar o‘z navbatida ishlab chiqarish usulining rivoji, ayniqsa, mulkchilik
shakllari bilan belgilanganligini ko‘rsatishga harakat qiladi. U oila rivojini ibtidoiy
jamoadan to X1X asrning oxirgi choragigacha iqtisodning rivojlanishi asnosida
bayon qiladi. Engelsning maqsadi tarixiy taraqqiyot “patriarxal oila”ga va “ayol
jinsining olamshumul–tarixiy mag‘lubiyatiga”
2
, ya’ni ayollarni kamsitish va
ekspluatatsiya qilishni kuchaytirishga olib kelishini isbotlash edi. Uning davridagi
o‘rta sinfga mansub bo‘lgan monogam oilada er ishlab pul topar edi, xotin esa uy
ishlari bilan band edi yoki bo‘lmasa oilaning ijtimoiy mavqeiga bog‘liq ravishda
uyda o‘tirardi. Shu munosabat bilan Engels ta’kidlaydiki, ayollar erkaklarga
iqtisodiy jihatdan qaram bo‘lib qolishdi va demak, ularning ixtiyori o‘zida
bo‘lmagan odamlarga aylandi.
A.Chayanovning “Krestyan xo‘jaliklarini tashkil etish” nomli asarida oilaviy
xo‘jaliklar tuzilishi, ularning turli darajadagi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati
va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar chuqur tahlil etilgan. Uning fikricha,
xo‘jalik yurituvchi oilalarning eng muhim jihati shundaki, ular hech qanday
2
F.Engels. Proisxojdeniye semi, chastnoy sobstvennosti i gosudarstva. – K.Marks i F.Engels. T.21. –C. 23-178.
7
yollanma mehnatga asoslanmasdan oilalarning o‘z kuchiga tayanib xo‘jalik
yuritishidir; ular ham iste’molchi xo‘jalikdir, chunki ular o‘z oldiga daromad olish
emas, balki oilaning moddiy ehtiyojini qondirishni maqsad qilib qo‘yadi.
3
Noklassik yo‘nalish doirasida 1992 yil Nobel mukofoti laureati G.
Bekkerning ishlari katta qiziqish uyg‘otadi. Uning asarlarida oilada mehnat
taqsimoti oila xo‘jaligining ishlab chiqarish vazifalari, oila daromadlarining
taqsimlanishini gender nuqtai nazaridan tadqiq etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oila bozordagi tovar va xizmatlarni faqat iste’mol qiluvchi emas, balki ishlab
chiqaruvchi sifatida namoyon etadigan “Yangi uy xo‘jaligi nazariyasi” (G. Bekker,
Dj. Minser, K. Lankaster) 60 – yillarning o‘rtalarida paydo bo‘ldi.
Bugungi kunga kelib, bozor munosabatlarining shiddat bilan rivojlanishi bu
muammoga yangidan yondashishni talab etmoqda. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
yetishtirishda, kasanachilikda va aholiga turli xil xizmatlar ko‘rsatishda oilaviy
xo‘jaliklar faoliyati alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ular bugungi kunda nafaqat
iste’molchi, balki tovar xo‘jaligiga aylanib bormoqda. Shu bois, hozirgi paytda,
oila xo‘jaligining iqtisodiy muammosiga katta e’tibor berilmoqda va bu soha
iqtisodiy nazariya faniga kiritilib, iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti
sifatida qaralmoqda
4
.
Bozor munosabatlari sharoitida oila xo‘jaligini tadqiq qilish bir necha
yo‘nalishlar
bo‘yicha
olib
borilmoqda.
Masalan,
sotsial-demagrafik
(aholishunoslik) muammolarni o‘rganishda, ijtimoiy-iqtisodiy siyosat chora-
tadbirlarining aniq va umumiy strategiyasini ishlab chiqishda, mehnat bozorining
shakllanishida, aholi daromadlari va turmush darajasini tadqiq etishda, iste’mol
tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqishda, hamda ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy
muammolarni yechishda qaralmoqda.
Fikrimizcha, bugungi kunda “oilaviy biznes” tushunchasiga nazariy
qarashlarni shakllantirish uchun albatta “uy xo‘jaligi” va “oila xo‘jaligi”
tushunchalarining ta’riflarini qarab chiqmoq lozimdir. Chunki, “oila xo‘jaligi”, “uy
xo‘jaligi” va “oilaviy biznes” tushunchalari (kategoriyalari) to‘g‘risidagi
dunyoqarash g‘arb iqtisodiy qarashlari ta’siri ostida va boshqa tomondan
iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarishi va tarixiy tajribalardan kelib chiqqan holda,
iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti sifatida shakllanmoqda. Ushbu
tushunchalar bir-biridan farqlanishi bilan, ularning har uchalasi ham oilalar
faoliyatini tahlil qilish bilan bog‘liq jarayon hisoblanadi. Biroq, bu iqtisodiy
3
N.Zvereva. A.V.Chayanov o razmere semi i krestyanskogo domoxozyaystva //Vestnik statistiki. – 1991. - №7. –
S.47.
4
A.O‘lmasov, M.Sharifxo‘jayev. Iktisodiyot nazariyasi. Darslik, T.:Mexnat, 1995 137-147 b., Shodmonov Sh.,
Jurayev T.Iktisodiyot nazariyasi. Ma’ruzalar matni. T.:2000. 84-87b, Rasulov M. Bozor iktisodiyoti asoslari.
Darslik. T.:O'zbekiston, 1999. 58-71b, Shishkin A.F.Ekonomicheskaya teoriya. Uchebnik.- M.:Gumanitarniy
izdatelskiy sentr VLADOS, 1996,- T.2.-34-54 b Lvov I.V. Semya v ekonomicheskoy teorii // Semya v Rossii. - M.;
2002. - N 1. - S.124-131.
8
tushunchalarni har birining xususiyatini hisobga olgan holda, ijtimoiy-iqtisodiy
jihatdan moxiyati hozirgacha to‘laligicha yoritilgan emas. Bu tushunchalarga
nisbatan turlicha qarashlar mavjud.
Oila to‘g‘risida A.O‘lmasovning “Oila iqtisodi” nomli risolasida “Oila -
kishilarning qon-qarindoshlik, mulk va manfaat umumiyligi va talab-ehtiyojlarini
birgalikda qondirishga asoslangan, maqsadi yagona bo‘lgan majmua, ya’ni
mikroijtimoiy tuzilmadir”
5
, deb ta’riflanadi. Oila to‘g‘risida boshqa fikrlar ham
bor. Masalan, “Iqtisodiy nazariya” bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga mo‘ljallangan
darslikda “Oila - shaxs, oila va butun jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy
ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyatini amalga oshirish uchun bir-biri bilan
qarindosh urug‘chilik aloqalari asosida tashkil topgan kishilarning kichik guruhi”
6
deyilgan. Iqtisodiy jihatdan qaraganda oila xo‘jaligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning
boshlang‘ich bo‘g‘ini va iqtisodiy munosabatlarning asosiy sub’ekti hisoblanadi.
Ushbu ta’riflarda, oilaning tarkibi va aloqadorlik belgilari o‘z ifodasini topgan
bo‘lib, oilaga asosan iste’mol qiluvchi sub’ekt sifatida qaraladi. Biroq, bizga
ma’lumki, xozirgi davrda oila faqat iste’mol qiluvchi sub’ekt emas, balki mustaqil
xo‘jalik yurituvchi, hamda iqtisodiyotning ajralmas sub’ektiga aylanib bormoqda.
Shu jihatlarini hisobga olsak, ushbu ta’rifda oilaning ijtimoiy – iqtisodiy funksiyasi
to‘la yoritilmagan.
Umumiy holda, oilaga, nikohga asoslangan yoki kishilarning qon-
qarindoshlik asosida birikishi va umumiy tirikchilik yuritishda bir-biriga
mas’uliyatli kishilar guruhi, deb tushunish mumkin. Biroq, statistik ma’lumotlarni
olish uchun bu umumiy tushunchaga aniqlik kiritish kerak bo‘ladi. Bu holda, ayrim
belgilarni ko‘rsatib o‘tish lozim.
Bir oilani boshqasidan farqlash va individni uning tarkibiga qo‘shish yoki
qo‘shmaslik imkoniyatini beruvchi ayrim belgilarni kiritamiz. Odatda bunday
belgilarga qarindoshlik yoki shu harakterdagi kishilar, hamda birgalikda yashovchi
yoki birgalikda xo‘jalik yurituvchi kishilarning aloqadorlik belgilari xizmat qiladi.
Aholini ro‘yxatga olishda, qarindoshlik yoki quda-andachilik, birga yashovchi va
umumiy oila byudjetiga ega bo‘lishi kabi belgilariga qarab aniqlanadi.
Fikrimizcha, oila tushunchasini bunday talqin etish uy xo‘jaligi tushunchasiga
yaqinlashtiradi, aniqroq aytganda, umumiy byudjet va birikish asosida vositalarni
sarf (harajat) etish kabi belgilarining borligi muhim belgi hisoblanadi. Shuning
uchun ham, oila, nazariy jihatdan o‘ziga aloqador hisoblovchi barcha kishilarni
ularning xohishi asosan o‘zida biriktirishi mumkin.
5
A.O‘lmasov Oila iqtisodi. Toshkent - “Mehnat” – 1998 y.
6
Ekonomicheskaya teoriya. Uchebnik dlya studentov VUZ, obuchayushixsya po ekonomicheskim spesialnostyam.-
T.: Shark,1999.-188 bet
9
Bozor munosabatlari sharoitida, oilaga iqtisodiy sub’ekt sifatida qarash
maqsadga muvofiq. Agar shunga asoslanadigan bo‘lsak unga “oila xo‘jaligi” yoki
“uy xo‘jaligi” sifatida qarash lozim bo‘ladi.
Respublikamizning ba’zi iqtisodchi olimlari “uy xo‘jaligi” va “oila xo‘jaligi”
tushunchalarini o‘ziga xos tarzda izohlaydilar. So‘ngi yillarda bu borada
M.K.Pardayev, Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jurayev, D.Karimova, G.M.
Shodiyeva va A.Vahobovlarning adabiyotlarida aniq fikrlar aytilgan. Ularni
umumlashtirgan holda o‘zimizning qarashlarimizni keltiramiz.
SH.Shodmonov, R.Alimov, T.Jurayevlarning ta’kidlashicha, uy xo‘jaliklari
– iqtisodiyotning iste’molchilik sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi asosiy tarkibiy
birlik. Uy xo‘jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish
sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste’mol qilinadi. Bozor iqtisodiyotida uy
xo‘jaliklari mulkdor va ishlab chiqarish ommillarini yetkazib beruvchilar
hisoblanadi. Iqtisodiy resurslarni sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy
ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi
7
. D. Karimovaning fikricha, uy xo‘jaligi
deganda, daromadlari va mulkini to‘liq yoki qisman bir joyga to‘playdigan ma’lum
mahsulot va xizmatni, asosan yashash uchun uy xizmati va oziq-ovqat
mahsulotlarini birga iste’mol qiladigan bir xonadonda yashovchi kishilar guruhi
tushuniladi
8
.
A.Vaxobov, R.Saidovlar fikricha, “iqtisodiyotning o‘z tarkibida ko‘pchilikni
birlashtiruvchi hamda iste’molchilari, shuningdek, daromadlari va harajatlari
umumiy bo‘lgan va birgalikda istiqomat qiluvchi kishilar guruxini tashkil etuvchi
xonadonlari asosan oilaga tayanadi, biroq oilasiz xonadonlar ham bo‘ladi, oilaviy
xonadonlarda esa, o‘zga iste’molchilar ham birlashishi mumkin”
9
, deyiladi.
Ba’zi bir manbalarda uy xo‘jaligi tushunchasi quyidagicha talqin etiladi: “uy
xo‘jaligi” (domoxozyaystvo, household) - iqtisodiy faoliyatning asosiy sub’ekti
sifatida, qayerda inson doimiy yashar ekan, o‘sha joydagi iqtisodiy ob’ektlarni va
jarayonlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Uy xo‘jaligini - uy xo‘jaligi boshlig‘i
boshqaradi. Uy xo‘jaligi – ma’lum bir xonadonda yashovchi kishilar guruhi. Uy
xo‘jaligi iqtisodiy jabhalarning iste’mol bilan bog‘liq muammolarni va uy – joy
siyosatini tahlil qilishda statistik ko‘rsatkich sifatida foydalaniladi”
10
.
Do'stlaringiz bilan baham: |