Mavzu:“Oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish ”



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana06.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#322935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
oilaviy biznesni rivojlantirishda mehnatni tashkil etish

 

 Keltirilgan  nazariy  tahlillardan  kelib  chiqqan  holda,  uy  xo‘jaligidan  farqli 

o‘laroq,  “oila  xo‘jaligi“ga  quyidagicha  ta’rif  berishni  maqsadga  muvofiq,  deb 

topdik. 


Oila  xo‘jaligi  deb,  faqat  er-xotin  va  tug‘ishganlik  asosida  birga 

yashovchi  kishilar,  ya’ni  oila  a’zolari  mehnatidan  foydalangan  holda,  ma’lum 

                                                 

7

 Sh.Shodmonov, R.Alimov, T.Jurayev «Iqtisodiyot nazariyasi» T- «Moliya»-2002 y, 103 b 



8

 Karimova D. Sektor «Domashnie xozyaystvo» v sisteme natsionalnix schyotov // Ekonomika i statistika. - № 2. – 

1997. –S. 66. 

9

 Vaxobov A, Saidov.R. Respublika xonadonlarining investitsiyaviy resurslari.// Bozor, pul va kredit. 10 oktyabr 



2005. - 54 - B. 

10

 Surinov A.Ye. Doxodi naseleniya. Opit kolichestvennix izmereniy. M.: «finansi i statistika» -2000. –S.125. 




 

10 


darajada  qonuniy  yo‘l  bilan  daromad  olish  maqsadida  oila  mulki  asosida  xo‘jalik 

yurituvchi  mikroiqtisodiy  sub’ektga  aytiladi.  Bulardan  ko‘rinib  turibdiki,  oila 

xo‘jaligida  barcha  mulk  bevosita  oila  a’zolariga  qarashli  bo‘lib,  unda  mehnat 

qiluvchilar va mehnat natijasidan bahramand bo‘luvchilar ham shu oilaga mansub 

kishilar  bo‘lib  hisoblanadi.  Amaldagi  tartib  bo‘yicha  oila  xo‘jaligida  yollanma 

mehnatdan  foydalanilmaydi.  Bizning  fikrimizcha,  oila  xo‘jaligida  ham  vaqtincha 

yollanma  mehnatdan  foydalanish  maqsadga  muvofiq,  chunki  ayrim  mavsumiy 

ishlarda oila a’zolarining mehnati yetarli bo‘lmasligi mumkin. 

   

Demak,  bizning  fikrimizcha,  mehnatni  tashkil  qilish  nuqtai  nazaridan  olib 



qaraydigan bo‘lsak, «uy xo‘jaligi» va «oila xo‘jaligi» tushunchalari bir-biridan farq 

qiladi. 


      Yuqoridagi  tariflarni  e’tirof  etgan  holda,  biznes  faoliyati  “oila”  da  emas, 

balki  “oila  xo‘jaligi”  da  amalga  oshishini  hisobga  olsak,  oilaviy  bizneska 

quyidagicha ta’rif berish maqsadga muvofiqdir: Oilaviy biznes deganda, jismoniy 

yoki  yuridik  shaxs  maqomiga  ega  bo‘lgan,    er-xotin  va  ularga  ko‘maklashadigan 

oila a’zolarining  mehnatiga va mulkiga tayanib, qonuniy asosda daromad olishga 

mo‘ljallangan  biznes  faoliyati  tushuniladi.  Haqiqatdan  ham  ushbu  ta’rifda,  oila 

xo‘jaligining  daromad  olish  manbai  ya’ni  mulki,  faoliyati  va  unga  aloqador 

shaxslar o‘z ifodasini topgan. Shu bilan birga oilaviy biznesning qishloqda dehqon 

xo‘jaligi sifatida namoyon bo‘lishi ham nazarda tutiladi.   

Ushbu  ta’rifga  tayanilgan  holda  xizmat  sohasidagi  oilaviy  bizneska  ham 

ta’rif  berish  mumkin.  Xizmat  sohasida  oilaviy  biznes  deganda,  jismoniy  yoki 

yuridik  shaxs  maqomiga  ega  bo‘lgan,  er-xotin  va  ularga  ko‘maklashadigan  oila 

a’zolarining    mehnati  va  mulkiga  tayanib,  xizmat  ko‘rsatish  natijasida  qonuniy 

daromad olishga qaratilgan faoliyati tushuniladi. 

      Xizmat  sohalarida  oilaviy  biznesning  qaror  topishi  mamlakatimizda  juda 

ko‘p  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolarni  hal  qiladi.  Eng  avvalo,  u  bozor 

iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan  kichik biznes va xususiy 

mulkdorlar  sinfini  barpo  qiladi.  Ikkinchidan,  mamlakatimizning  bozorini  iste’mol 

tovarlari  va  turli  xizmatlar  bilan  boyitish  imkoniyatini  yaratadi.  Uchinchidan,  ish 

bilan  band  bo‘lmagan  aholi  sonini  qisqartiradi  va  uning  faol  qismini  ishlab 

chiqarishga  jalb  etish  imkonini  beradi.  To‘rtinchidan,  esa  eng  muhim  bo‘lgan 

muammoni,  ya’ni  oila  daromadlarini  oshirishda  asosiy  manbaga  aylanadi.  Shu 

tufayli  oilaviy  biznesni  hozirgi  zamon  darajasida  rivojlantirish,  yuksak  saviyada 

raqobatbardosh  mahsulotlar  (ish,  xizmatlar)  ishlab  chiqarish  holatiga  keltirishga 

erishish  lozim.  Bu  esa  odamlardan,  butun  ommadan  doimiy  izlanuvchanlikni, 

tashabbuskorlikni,  yangi  ixtirolar  kashf  etishni  talab  qiladi.  Bu  ham 

mamlakatimizda ortiqcha sarmoya talab qilmaydigan ommillarning, ayniqsa inson 

omilining ishga tushishi uchun asos bo‘ladi. 




 

11 


   

Oila  xo‘jaliklarining  turli  hayotiy  faoliyatlarini  tahlil  qilishda  oila  xo‘jaligi 

tarkibi,  oiladan  tashqarida  yashovchilar,  oila  xo‘jaligi  harajatlari  va  daromadlari 

to‘g‘risida aniq statistik ma’lumotlardan foydalanishni ham talab etadi. Zamonaviy 

oila  rivojlanishining  muhimligi  va  oila  strukturasining  ko‘p  qirralari  bugungi  kun 

talab  darajasida  o‘rganilmasdan  qolmoqda,  bunga  adekvat,  haqiqiy  va  zaruriy 

ma’lumotlarning  yetarli  darajada  emasligini  sabab  qilib  ko‘rsatish  ham  mumkin. 

Bu esa o‘z navbatida oilalarning ilmiy va amaliy tadqiqotini yanada rivojlantirishni 

talab qiladi. 

 

Oila xo‘jaligi daromadlari tarkibida asosiy qismni mehnatga haq to‘lash (ish 



haqi) va bozor daromadlari (mulk, biznes va turli xil xizmat ko‘rsatishdan tushgan 

daromadlar)  tashkil  qiladi.  Shu  bois,  oila  daromadlarini  tadqiq  etishning  ayrim 

usullarini ko‘rib chiqamiz. 

   


Oila  xo‘jaligi  daromadlarini  aniqlashning  iqtisodiy  usullaridan  biri  ma’lum 

son  –  miqdordagi  oilalarni  (masalan  25,  50,  100,  250  va  hokazo)  tanlab  olib, 

kuzatiladi.  Kuzatuv  jarayonida  shu  oilalarda  istiqomat  qiluvchi  oila  a’zolari  soni, 

ularning toifasi, yoshi, turli yo‘llar bilan topilgan daromadlar, oila tomonidan oziq-

ovqat  mollariga,  boshqa  mahsulotlarga,  uy-ro‘zg‘or  buyumlari,  maishiy  xizmat 

sohalariga,  jamg‘armalarga  va  har  xil  to‘lovlarga  sarf  qilinadigan  harajatlar 

aniqlanadi  va  tahlil  qilinadi.  Shu  usulda  daromad  bilan  harajat  o‘rtasidagi 

mutanosiblik  o‘rganiladi,  oilaning  turmush  darajasi  qanday  holatda  ekanligiga 

baho beriladi.          

   


Barcha  oilalarda  moddiy  farovonlikni  ta’minlash  masalasi  kun  tartibida 

turgan  muhim  muammolardan  biridir.  Ammo  bu  muammoni  birdaniga  hal  qilib 

bo‘lmaydi.  Buning  uchun  har  bir  oila  a’zosi  o‘ta  biznes  va  aql  bilan  ish  tutishi 

lozim.  Yurtboshimizning  “...bu vazifalarning negizida,  amalga  oshirishimiz  lozim 

bo‘lgan  bu  g‘oyalarning  poydevorida  bitta  narsa  turibdi:  u  ham  bo‘lsa, 

xalqimizning  hayot  darajasini  yuksaltirishdir.  Bunga,  avvalo,  barcha  jabhalarda 

boshlangan erkinlashtirish siyosatlarini amalga oshirish evaziga erishimiz mumkin. 

Nafaqat davlatning, balki har qaysi oila, har qaysi odamning daromadini ko‘tarish, 

turmush  darajasini  yaxshilash  bo‘yicha  ko‘p  ishlarni  qilishimiz  darkor”

11

  degan 



ko‘rsatmasidan  kelib  chiqadiki,  oilalardagi  muammolarni  hal  qilish,  hamda 

oilalarni tadqiq  qilish  zaruratining  mavjudligini    va  uning qo‘llamini oshirishning 

muhimligini  yana  bir  bor  ko‘rsatib  berdilar.  Zero,  oila  xo‘jaliklarining  iqtisodiy 

imkoniyati  ma’lum  darajada  cheklangan.  Undan  faqat  samarali  foydalangan 

taqdirdagina  ko‘zlangan  maqsadga,  ya’ni  oila  farovonligiga  erishish  mumkin.  Bu 

farovonlikka  erishish  uchun  esa,  har  bir  oilada  biznesni  yo‘lga  qo‘yish,  xizmat 

                                                 

 

11



  Prezident    Islom  Karimovning  O‘zbekiston  Respublikasi    Oliy  Majlisininng  o‘n  to‘rtinchi  sessiyasidagi  nutqi. 

2004 yil  29 aprel, Toshkent shahri. 




 

12 


sohasida  oilaviy  biznesning  iqtisodiyotda  tutgan  o‘rni  va  uni  rivojlantirishning 

ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatini o‘rganishni taqozo etadi. 




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish