1.3 Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tabiatshunoslik fani haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirish hamda rivojlantirishning uslubiy asoslari. Boshlang`ich sinf o`quvchilari atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik darslarida olam bilan tanishadilar. Darsning maqsadi, tabiatshunoslik fanini o’rganish, kuzatishga o`rgatish, mehnat ko`nikmalarini egallash va qushlar, hayvonot olamiga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Shu muhim talabni bajarish avvalo tabiat, inson hayoti haqidagi tasavvur va tushunchalarini shakllantirishdan boshlanadi. O`quvchilarda u yoki bu tushunchani shakllantirishda tabiat to`g`risida aniq tasavvurlar hosil qilish muhim ahamiyatga ega.
Tabiatshunoslik tushunchalarini samarali o`zlashtirishni ta’minlovchi metodik sharoitlar. O`quv materiallarini o`quvchilar tomonidan puxta o`zlashtirmaslik hollari ham kam emas. Buning sababi, shundaki, ularning bilimlari, tasavvurlar darajasida qolgan. Bu darsda yoki bir mavzu bo`yicha shakllantirilgan tushunchalar keyinchalik rivojlantirilmaydi va boshqa tushunchalar bilan bog`lanmaydi. Tushunchalarni rivojlantirishning zarur sharoit sistemasidir. Jumladan tabiatshunoslik tushunchalarining hosil bo`lishi muayan metodik sharoitlarda amalga oshadi. Chunonchi tabiiy obektni kuzatishlar, qabul qilishni aniqlovchi mashqlar, o`qituvchining hayajonli hikoyasi qabul qilishning to`g`ri bo`lishini ta’minlaydi. O`qituvchining savollari, xotiradan rasm chizish, har xil narsalarni tanib olish bo‘yicha mashqlar tasavvurlarning to‘g‘ri bo`lishiga yordam beradi.
II bob Tabiatshunoslik darslarida mavsumiy davriylikni kuzatishni amalga oshirish 2.1.Tabiatshunoslik fanida mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirish usullari. O`quvchilarni faol fikrlashlarini tarbiyalashda o`qituvchining savollari katta ro`l o’ynaydi. Tabiatshunoslik darslarida darslik matnini tiklashda (esga olishda) tahlilni, sintezni umumlashtirishni talab qiluvchi savollar berish kerak. Javobda sintezni talab qiluvchi, tushunchalarni kengaytiruvchi savollar alohida ahamiyat kasb etadi. Quyidagi savollar misol bo’lishi mumkin:
1.Cho`lda yashovchi hayvonlarning qaysi moslanishlariga sabab nima?
2.Dasht va cho’l tabiatining o’xshashligi nimada?
O`quvchilar jadvaldan foydalanib, o`simlik va hayvonlarning tashqi xususiyatlarini taqqoslaydilar, ular har xil tabiiy sharoitlarda yashashga qanday moslanganliklarini hikoya qiladi. Tushuntirish jarayonida o’qituvchi o’quvchilarning o’z ijodiy daftarlariga ko’chirib olishlari uchun doskaga oddiy sxemalarni chizishi mumkin. O`quvchilarga uyda sxemalar chizishni taklif qilish ham mumkin, kelgusi darsda esa chizilgan sxemalar kollektiv bo`lib aniqlanadi va to’ldiriladi.
O`qitish metodi o`qituvchining bilimlar berish va ayni paytda ularni o`quvchilar tomonidan o`zlashtirib olish usulidir. Metodning bu ta’rifi uning ikki bir-biriga bog`liq tomonlari: beruvchi, ta’sir qiluvchi — o`qituvchi va qabul qiluvchi, o`zlashtiruvchi o`quvchilarni ifodalaydi. Bu o`zaro ta’sir qilishning xarakteri bilim manbaiga bog`liqdir. Bilim manbai o`quv materialining mazmuni bilan belgilanadi, u ta`lim jarayonida yetakchi hisoblanadi.
Tabiatshunoslikni o`qitish amaliyotida turli xil o`qitish metodlari qaror
topgan. Biroq ushbu ancha muhim belgilarga qarab ularni quyidagicha
guruhlashtirish mumkin:
a) o`quvchilar bilim oladigan manbalar;
b) o`quvohilar faoliyatining xarakteri;
d) o`qitish jarayonida o`quvchilar faoliyatining xarakteri.
Tabiatshunoslik fanini o`rganishda kuzatish, ekskursiya, tajriba, amaliy ishlar yetakchi o`rin tutadi. Bolalarni kuzatish usullariga o`rgatish, ularning natijalarini kundalik daftarga belgilash, ular asosida xulosa va umumlashmalar chiqarish davom ettiriladi. Ekskursiyalar o`tkazishga, tabiat ashyolari va voqeligini tabiiy holatda o'rganishga katta e’tibor beriladi. Ekskursiya darsi davomida yig'ilgan ko'rgazmali materiallardan sinflarda o'tkaziladigan darslarda ham foydalanish mumkin. Shuning uchun ham tabiatshunoslik darslarini o'tkazishga alohida e’tibor berish zarur. Tabiatini asrab-avaylash mavzusini o'rganishda o'quvchilar Respublikamiz ekologik muammolari va tabiatni asrash ishlari bilan tanishadilar.
2.2 Tabiatshunoslik darslarda mavsumiy davriylikni kuzatish
Odamlarning har xil harakatlari (ish yuritishlari), ularning o'zaro munosabatlari ko`rsatilgan she’r va hikoyalarni sahnalashtirish xulq-atvor qoidalarini namoyish qilishning samarali uslubidir. Ko`pgina o'yin va mashg'ulotlar tabiatni idrok qilib olishga, unga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi. Ular bolalarni tabiat hodisalari to`g`risidagi bilimlar bilan boyitishi, ularning insonparvarlik va estetik xislatlarini rivojlantirishi kerak. Bu jarayonda o`yin-viktorinalar, turli viloyatlarga ekskursiyalar, shuningdek, tabiatshunoslik bayramlari muhim rol oynaydi. «Tabiatshunoslik» fanining o'qitilishida o`lkashunoslik tamoyillaridan foydalanish muhim o'rin tutadi. O`lkashunoslik tamoyili tabiatshunoslikni o`qitishda ko`pgina didaktik tamoyillardan (o`qitishning ilmiyligi va ko`rgazmaliligi, aniqdan noaniqqa, yaqindan uzoqqa borish kabilardan) foydalanish imkonini beradi. O`lkashunoslik tamoyilidan muntazam ravishda foydalanish, olingan nazariy bilim va o`quvlarni turmush bilan bog`lashda qo`l keladi.
Xulosa o`rnida shuni aytamanki, butun dunyoda biotexnologiyalarga oid bo`lgan bilimlar birinchi o`ringa chiqqan bir vaqtda bizning yurtimizda ham tabiat uning sir asrorlarini o`rganish fanga oid bo’lgan tushunchalarni yosh avlod ongiga singdirish tabiatga bo`lgan mehrini oshirish orqali biz ham taraqqiyotimiz rivojlanishi uchun o`z hissamizni qo`shishimiz kerak. Tabiiy fanlar rivoji uchun qayg`urish bu insoniyatning taqdiri uchun qayg`urishdir. Bu tushunchani o`quvchilarga singdira olsakgina fan o`zining taraqqiyot yo`lini topgan bo`ladi. Chunki bolalarda ekologik ongni rivojlantirish ularni har tomonlama barkamol qilish ekologik madaniyatni rivojlanishiga olib keladi. Buning uchun bolalarga avvalo mahoratli pedagog sifatida darsni tashkil etish vaqtida turli samarali vosita va usullar orqali dars o`tish darsni axborot vositalari orqali qiziqtirish o`quvchilarni tasavvur dunyolarini boyishiga olib keladi. Tabiatshunoslik fani yangi 2022-yildagi qaror asosida tabiiy fanlar nomi bilan tahrirdan chiqayotgan darsliklarni o`qitishda biz quyidagi xulosalar yasashimiz mumkin. Asosan darsni tashkil etishda amaliy metodlar birinchi o`rinda turishini hisobga olgan holda biz amaliy metodlardan ko`proq foydalanamiz. Buning uchun quyidagicha tavsiyalar yasaymiz.
Xulosa
1.Tabiatshunoslik darsida darsdan tashqari mashg`ulotlarda o`quvchilarni faol bo`lishi uchun qiziqarli ko`rsatmalar berish;
2. Darsni tashkil etishda yangicha AKT vositalaridan foydalanish;
3.Darsning o`quvchilar o`rtasida doimiy ravishda qiziqarli bo`lishini ta’minlash uchun “Yosh tabiatshunoslar” to`garagini tashkil etish;
4.O`quvchilarga kundalik kuzatish daftari tuttirish ushbu daftarda topshiriqlar berish va kuzatuv metodi orqali tabiatni o`rganishlariga yo`nalish berish;
5. Darsda grafik organayzerlardan foydalanish;
6.Tabiat haqidagi bilimlarni mustahkamlash maqsadida har bir mavzu oxirida test metodidan foydalanish. Bu o`quvchilarni bilimlarini mustahkamlashga va darsni asosiy qismini eslab qolishiga yordam beradi;
7. Foydali qazilmalar mavzusini o`rgatishda ularning har birini yo`qolib ketish ehtimoli qay darajada yuqori ekaligini tushuntirish va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga o`rgatish;
8. Har bir maktabda matab jonli burchagi, o`simliklar uchun alohida bog`lar tashkil qilish;
9.Iqtidorli o`quvchilarni rag`batlantirishni yo`lga qo`yish.
10. Dars oxoirida o`quvchilarga umumiy xulosalar chiqrishni o`rgatish.
Tavsiyalar
1. Shavkat Mirziyoyev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash –yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimida so’zlagan nutqidan. 2018-yil 7- dekabr Xalq so’zi gazetasi 5-bet
2. Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” Toshkent 2008-yil 54-bet
3. O`zbekiston Respublikasi Ta’lim to’g’risidagi qonuni 2020-yil 23- sentabr.
Foydalanilgan adabiyitlar
4. Bahromov. Sharipov 3-sinf tabiatshunoslik darslik Toshkent -2019-yil
5. Bahromov Sharipov 4-sinf tabiatshunoslik darslik Toshkent 2020-yil
6. Baratov P. va boshqalar. Yer bilimi va o`lkashunoslik. Toshkent 2012 yil
7. Bahromov. Tabiatshunoslik o`qitish metodikasi o`qituvchilar uchun qo`llanma Toshkent 2019
8. Xo’jamberdiyeva Tursunoy Tabiatshunoslik darslarida sinfdan tashqari ishlar BMI Temiz 2018-y
9. U.Xasanboyeva. Jabborova. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi. Cho’lpon 2019.
10. D.Haydarov. Nishonov Bolalarni tabiatshunoslik bilan tanishtirish asoslari. Toshkent 2018 yil
11. Musurmonova O Ma’naviy qadriyatlar yoshlar tarbiyasi.
12. Xaydarov Tabiat va inson ekologiyasi maqola 2015-yil
13. Faruddin Izzatillayevich Ochilov. Atrofimizdagi olam va tabiatshunoslik darslarini kompatensiyaviy yondashuv asosida tashkil qilish. Seciintefik. Journal. 2020-yil.
14. Yo’ldoshev. Ochilov. zamonaviy dars texnologiyasi oquv uslubiy qo’llanma.
15. Sharbatoy Shomurotova Didaktik o’yinlarning ahamiyati. Mahoratli pedagog jurnali 2021-yil. Setabr nashri 24-bet.
16. Suravegina. Maktab o’quvchilarining ekologik tarbiyasi. Boshlang’ich ta’lim jurnali 2019-yi 16- bet.
17. Aziza Boymurotova.yangi O’zbekiston farzandiman. Maktab va hayot jurnali 2020 yil.
Internet saytlari.
Vikupediya.uz
Arxiv.uz
Uzbaza.uz