I bob. Tabiatshunoslik o`qitish metodikasinig qisqacha tarixi metodlari va usullari.
1.1 Tabiatshunoslik o`qitish metodikasining qisqacha tarixi
Tabiatshunoslik o`qitish metodikasining tarixi shuni ko'rsatadiki, muayyan darajadagi hal qilinadigan asosiy muammolar, ya’ni ta’limning mazmuni, o'qitish metodlari va ularni tarbiyalovchi ta’siri kabi masalalar o'qituvchilar va metodistlar tomonidan hal etiladi. Bu narsa ko'pincha ularning ijodiy tashabbusiga bog`liq bo`ladi.
Uni vujudga kelishiga ko`plab biolog-olimlar, metodistlar va o‘qituvchilarning xizmatlari singgan. Turli ijtimoiy sharoitlarda yaratilgan ko‘plab metodik qo`llanmalar va darsliklar shular jumlasidandir. Boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslikning o`qitilishi, o`zbek tilida tabiatshunoslik bo‘yichabirinchi tarjima adabiyotlar 1919-yilda vujudga keldi. Bular: «Boshlang‘ich jug‘rofiya» (A.A. Kruber kitobining ruschadan tarjimasi), «Turkiston» kabi asarlar edi. T.N. Qori Niyoziyning «Tabiatning parchasi» kitobi o‘qituvchilar uchun yaratilgan dastlabki qo`llanmalardan biri hisoblanadi. 1927—1929- yillarda birinchi bosqich maktab o ‘quvchilari uchun o`lkashunoslik darsliklari - «Kichik turkistonlik», «Bizning o‘lka», «Tabiyot bo‘yicha o‘qish kitobi» hamda boshqa darsliklar nashr qilindi. 1948- yildan boshlang‘ich sinflarda tabiatni o'qitish tizimi o‘zgardi.
Ushbu yo`nalishning birinchi metodisti Vasiliy Fyodorovich Zuyev (1754—1794) hisoblanadi. U xalq bilim yurtlarida tabiatshunoslik darslarini olib bordi, o`qituvchilar seminariyasida leksiyalar o`qidi. 1786- yili Zuyev «Tabiat tarixining ko‘rgazmalari» nomli darslikni nashr ettirdi, unda tabiatni o`rganish izchilligi, qazilmalar dunyosi (jonsiz tabiat), o`simliklar dunyosi (botanika), hayvonlar dunyosi (zoologiya) ko‘rsatilgan. Bu darslik o`quv predmeti sifatida tabiat faniga asos soldi.
V.F. Zuyev maktab o`quvchilarining tabiiy obyektlarni o`rganishlarini yoqlab chiqdi, chunki u minerallarni, o`simlik va hayvonlarni bevosita sezgilar orqali qabul qilib olinishini yuqori baholar edi. Bundan tashqari, o`quvchi o`z o`lkasining tabiatini albatta o`rganishi kerakligini ko'rsatdi, bu kitob o`qitishning hozirgi o`lkashunoslik tamoyiliga mos keladi. Biroq bu ilg`or g`oyalarning fanda hayotdan ajralgan, yuzaki metodlar hukmron bo`lgan sharoitda, o`quvchilardan faqat darslik matnini mexanik ravishda yod olish talab qilingan bir vaqtda amalga oshirilishi mumkin emas edi.
1969 - yilda tabiatshunoslik 2- va 3- sinflarda mustaqil predmet sifatida o‘qitila boshlandi va faqat 1- sinfda tabiatshunoslik materialidan o`qish darslarida foydalanildi. Umumta’lim va hunar maktablarini isloh qilishning asosiy yo`nalishlari munosabati bilan tabiatshunoslikni o`qitish masalalari yangicha hal qilindi. 1986- yildan e’tiboran bolalar 6 yoshdan boshlab o`qitila boshlandi, maktabda o'qitish muddati esa 11 yilgacha uzaytirildi. Bu isloh 1-2- sinflarda «Atrof olam bilan tanishtirish» nomli yangi o‘quv predmetini o`qitish imkoniyatini berdi, u 3-4- sinflarda «Tabiatshunoslik» fani sifatida o`tila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |