Pedagogning o’rgatuvchilik faoliyati vositalari:
tasvirli (chizmali ) vositalar;
audiovizuali vositalar;
v) doproektorlar;
g) o’quv kinolari;
o’quv telekursatuvi;
modellar, maketlar, trenajerlar’
Modulli ta'lim texnologiyasi – shaxsga yo`naltirilgan ta'lim texnologiyasidir’ U ta'lim maqsadini amalga oshirish uchun o`quv jarayonini optimallashtirish, o`quvchilarning bilish va tarbiyaviy sohalarini rivojlantirish, o`rganish faoliyatini boshqarish bilan birga o`z-o`zini boshqarish kabilarga keng imkoniyatlar yaratish bilan ta'lim jarayonini yaxlitligini ta'minlashga qaratilgan’
Bu texnologiyaning yana bir afzalligi shundaki, unda ta'lim mazmuni bilan uni o`qitish texnologiyasi chambarchas bog`langan integratsion jarayon bo`lib, u quyidagi texnologiyalar majmui orqali amalga oshadi: muammoli, algoritmli, dasturlashtirilgan, aqliy faoliyatning bosqichma-bosqich shakllantirish, “to`liq o`zlashtirish” va boshqalar’
Modulli texnologiya umumlashgan universal tizim bo`lib, ta'lim-tarbiya maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan barcha optimal va mos texnologiyalarni o`z ichiga oladi’
Bu texnologiya quyidagi g`oya, printsip va qoidalarni amalga oshiradi:
O`quv materialini, uni o`zlashtirish uchun taklif va topshiriqlar bilan birgalikda yirik blokli qilib tashkil etish’
O`quvchilar tomonidan o`quv materialini mustaqil ishlab chiqilishini mo`ljallash’
O`quv faoliyati algoritmi (modul deb nom olgan o`quv-metodik kompleks) va dastur (o`quv ishining ketma-ket topshiriq va bosqichlari) yordamida o`quvchilar faoliyatini boshqarish’
O`qituvchi metodik tizimining ochiqligi (o`quvchilarga darsda bajariladigan ishlar rejasi va materialni o`rganish dasturi oldindan aytib o`tiladi)’
Materialni o`zlashtirish darajasi, uni o`rganish shakli, joyi va tempini o`quvchilar o`zlari tanlab olishlari mumkin’
Uyga vazifa ixtiyoriy’
Har bir o`quvchining samarali bilim olish faoliyati uchun sharoit yaratish’
Nazorat me'zoni va mazmuniga o`quvchilarni perspektiv yo`naltirish’
O`quvchiga va uning qobiliyatiga ishonch ko`rsatish’
Darsdan ish jarayonida erkin o`z-o`zini nazorat qilish va o`zaro yordam’
Bahosiz operativ nazorat’
Yakuniy nazoratga qarab natijani baholash (joriy natijalarning o`rta arifmetik hisobi emas)’
Har bir o`quvchiga yakuniy natijani yaxshilash imkoniyatini berish’
Ijodiy faoliyatda o`z imkoniyatlarini amalga oshirish’
O`quv jarayoni samaradorligini baholashda o`quvchilar ishtirok etadi’
Modul lotincha “modulus” so`zidan olingan bo`lib me'yor, o`lchov degan ma'noni anglatadi’ Ta'limda modul o`rganilayotgan predmetni ma'lum qismlarga bo`lib, uni o`rganishning aniq tizimini yaratadi’ O`quvchilarning o`qishini tashkil etish vositasi sifatida modullar tayyorlashning har xil usullari mavjud’
Modul dasturi, mustaqil o`qishga o`rgatadigan o`quv qo`llanma sifatida o`quvchiga o`quv moduliga kiritilgan o`quv materiali blokini o`qish vaqtida doimiy foydalanish uchun berilsa ta'lim samaradorligi oshadi’
Modul qo`llanma strukturasida quyidagi konstruktiv talab va qoidalar aks topadi:
modulni o`qish natijasida sifat xarakteristikalariga (shaxsiy va bilish)
kiritilgan kompleks maqsad’
ta'lim standartida berilgan predmet “o`quv elementlarida” maqsadning oydinlashishi’
modulni o`rganish texnologik usullar bo`yicha dastur va tavsiyalar’
yakuniy nazorat topshiriqlarida o`zlashtirish darajalari etalon va mezonlari bo`yicha maqsadlar oydinlashishi’
o`z - o`zini va o`zaro nazoratni tashkil etish bo`yicha etalonlar’
Sinf-dars tizimda modulli ta'lim texnologiyasi adaptatsiyasi’ Bo`limni o`rganishdan oldin o`quvchilar bilan materialni o`rganish istiqbol rejasini muhokama qilinadi, mavzular ketma-ketligi, har bir mavzu bo`yicha darslar soni, dars shakllarini aniqlanadi’
Har bir o`quvchi individual ish uchun modul qo`llanmasi yoki modulga kirgan didaktik materiallar paketini oladi, unga quyidagilar kiradi:
blok mazmuni konspekti;
o`quv elementlarini (ta'lim standartining mazmun birliklari) o`qish
dasturi;
joriy va o`z-o`zini nazorat qilish uchun daraja mezonlarini o`z ichiga
olgan “sinov varag`i” bilan “nazorat ishi”;
o`z-o`zini nazorat qilish va mustahkamlash kartochkasi;
yakuniy nazorat ishi namunasi yoki sinov uchun savol va topshiriqlar;
masala yechimi va javoblari bo`lgan o`z-o`zini nazorat qilish uchun “echimlar”;
erkin tanlov uchun, ijodiy xarakterga ega bo`lgan topshiriqlar’
Bu modulning qo`llanmasidan o`quvchi uyida va sinfda o`zi mustaqil foydalanadi: ba'zi materiallar ustida uyida qo`shimcha ishlaydi, ba'zilari bo`yicha oldinga o`tib ketadi’ Uyga vazifa majburiy emas’ O`quvchiga modul bilan ishlash metodikasini tushuntirib, eslatib turish lozim’
Blok mazmunini o`rganishni asosiy konspektdan foydalanib, ma'ruzadan boshlash lozim’ Boshida berilgan bo`lim materialini o`rganishga undovchi muammoli vaziyat hosil qilinadi’ So`ng materialni umumiy tarkibi, asosiy
tushuncha, mantiqiy bog`lanishlar, qiyin joylar tushuntiriladi’ Bunda o`qituvchilar o`zlaridagi asosiy konspekt bo`yicha o`tilayotgan darsni kuzatadilar’
Modul dasturi asosida o`quvchilar materialni mustaqil ravishda darsliklardan foydalanilgan holda batafsil o`rganadilar’ qiyinchilik tug`ilganda ular o`qituvchi yorda mida murojat qilishadi’ Odatdagi qiyinchiliklarni doska oldida muhokama qilamiz’
Materialni mustahkamlashni “nazorat ishi” kartochkalardan foydalanilgan holda bajaramiz’ Bu ish qiziqarli o`tishi uchun juftlar va guruhlar usulidan foydalanish’ Bunda mashg`ulot o`zaro nazorat va o`qitish bilan boyitiladi’ Baho qo`yilmaydi (to`g`ri yoki noto`g`ri bajarilgan ish hisobga olinadi)’
Baho faqat modulni to`liq o`rganilgandan so`ng yakuniy qilib chiqariladi’ Mikromodul uchun baxoni joriy sinov va topshiriqlar natijasiga ko`ra qo`yiladi’ “Tekshiruv ishini” o`quvchi tayyorgarligiga ko`ra qismlarga bo`lib topshirishi mumkin’ O`quvchi o`z hohishiga ko`ra topshiriq darajasini o`zi tanlaydi: majburiy topshiriqlarni tanlasa (D - belgili) faqat 3 ball, undan qiyinrog`iga (Yo) 4 ball, mustaqil fikrlashni talab qiladiganlarini tanlasa 5 ball olishi mumkin’ Nazoratlar metodikasi an'anaviy (og`zaki javob, masala yechish, yozma testlar) yoki noan'anaviy (hammadan oldin modulni a'lo topshirgan o`quvchilar boshqalardan nazorat ish olishga haqi bor) bo`lishi mumkin’
Yakuniy nazorat ishdan oldin umumlashtiruvchi darso`tamiz’U har xil shaklda bo`lishi mumkin’ Bu quyidagicha bo`lishi mumkin: sinf guruhlarga bo`linib, har bir guruh blokning bir qismi bo`yicha olgan bilimlarni sistemaga solib, uning vakili boshqalarga takdimot qiladi’ Bu ish anjuman shaklida o`tib o`quvchilar ma'ruza va referatlar tayyorlaydilar’
Yakuniy baxo yakuniy nazorat ishi bo`yicha sinov mezonlari asosida chiqariladi’ Bahoga rozi bo`lmagan o`quvchi qayta topshirishga (1 marta) haqi bor’ Bunda bahoni tushishiga sabab bo`lgan qism kengaytirilgan holda topshiriladi’
Bu texnologiyani qo`llash natijasida o`quvchilarda o`qishga qiziqishi va faolligi oshadi’ Kishi har bir oqilona faoliyatni shu faoliyatni bajarish metodikasi haqida oldin o`zlashtirilgan axborotlar asosida bajaradi’ Oldin bilib olingan
axborotlarga bevosita tayanmay, tusmol va xatoliklar yo`li bilan bajarish - ta'lim- tarbiya ishi uchun xarakterli bo`lolmaydi’ Kishining mahorati qandayligi faoliyat haqidagi axborotlarni o`zlashtirish darajasiga bog`liq, faoliyatga doir axborotlarni ishlata bilish esa ayrim o`quv elementlari va butun o`quv predmeti mazmunini o`zlashtirish sifatiga, ya'ni harakatnng mo`ljal asosini o`zlashtirish sifatiga bog`liq’ Bunda bilib olingan harakatnng mo`ljal asosi yo aynan o`zlashtirib olinganidek yoki faoliyatning shart-sharoitiga qarab o`zgartirilgan holda ishlatilishi ham mumkin’ Bilib olingan axborotdan foydalanish usuli bo`yicha o`quv faoliyati reproduktiv (esda qolganiga ko`ra) va produktiv (mahsuldor) turlarga ajratiladi’ qo`yilayotgan vazifalarni (masalalarni) yechish uchun dastlabki axborotlardan foydalanish usuli faoliyatni turlarga ajratishning umumiy printsipi hisoblanadi’ Reproduktiv faoliyat mahsuldordan oldin kelishi shubhasiz, ya'ni mahsuldor faoliyat undan o`sib chiqadi’
Reproduktiv faoliyatda o`zlashtirilgan harakatnng mo`ljal asosi uning algoritmlari va qoidalari faqat har xil ko`rinishlarda qayta ishlab chiqiladi (ta'limda aynan qayta gapirib berishdan tortib, o`xshash vaziyatlarda biroz o`zgartirib aytishgacha), o`quv predmetida dastlab bilib olingan ma'lumotlarga o`quvchi faoliyat davomida biror yangi axborot qo`shmaydi’ Algoritmik harakatlar, ya'ni yaxshi tanish sharoitlarda va aniq tasvirlangan qoidalarga binoan harakat qilish reproduktiv faoliyat uchun xarakterlidir’ Masalan, talaba umumiy ta'lim, ixtisoslik predmetlari bo`yicha o`quv qo`llanmalaridagi barcha masalalar (vazifalar)ni ilgari o`zlashtirilgan (bilingan) qoidalar va algoritmlarga binoan yechadi, o`quvchining bunday faoliyati reproduktivlik doirasidagi harakatlaridir’
Mahsuldor faoliyat jarayonida o`quvchi har doim o`quv predmetida o`zlashtirib, olinganga nisbatan yangi harakat - harakatnng mo`ljal asosi yaratadi, ya'ni o`quv - qo`llanmasining mazmunidan farq qiladigan yangi axborotni yuzaga keltiradi’ Yangi axborotni yaratish doimo izlovchilik (tadqiqotchilik) faoliyatida oldingi tajribaga suyanadi’ Reproduktiv va mahsuldor faoliyatlar o`zaro bog`langan bo`lib, bilim egallashda shu ikki bosqichga mos tuzilma yaratadi’ O`quvchi ham reproduktiv, ham mahsuldor faoliyatga doir har bir harakatni amalni
yechish jarayonining elementi sifatida bajaradi’ Psixologik-pedagogik fanlarda masala deganda ma'lum bir vaziyatda ma'lum harakat yordamida bajarish mumkin bo`lgan ma'lum bir maqsad tushuniladi’ Shunday qilib maqsad, vaziyat va harakat masalaning komponentlari hisoblanadi’ Reproduktiv yoki mahsuldor faoliyatni qo`llash komponentlari masalalarda ko`rsatilgan variantlarga bog`liq bo`ladi’
Bilim - kishilarning tabiat va jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan To`g`ri ma'lumotlari (axborotlar)’ Bilim ijtimoiy mehnat va tafakkur mahsuli bo`lib, olamning ob'ektiv qonuniy aloqalarini til vositasi bilan ifoda qiladi’ Bilim - bilish bilan uzviy bog`liq, uning natijasi va tarkibiy qismi’ Inson ijtimoiy hayot jarayonida bilmaslikdan bilishga, mukammal va aniq bo`lmagan bilimlardan atroflicha va chuqur bilimlar hosil qilish sari boradi’ Har bir yangi avlod o`zidan oldingi avlod to`plagan bilimni o`zlashtiradi, yangi-yangi hodisalarni chuqur o`rganib, uni boyitadi’ Bilim kundalik tajriba, ilmiy ko`zatish, nazariyalar orqali to`planadi’
Rivojlangan davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yetakchi tendentsiyalaridan biri inson faoliyatining hamma sohalarini shuningdek, ta'lim sohasining axborotlashuvi jarayonidir’
Ta'limning axborotlashuvi axborotlarga qiziquvchilarning foydalanishlari maqsadida axborotlarni to`plash, qayta ishlash va ularni tarqatish maqsadidagi metod, jarayon va texnik - dastur vositalarini o`z ichiga oladi’
Ta'limning axborotlashuvi maqsadi yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida intellektual faoliyatni global intensifikatsiyasini ta'minlashdir’ Bu oliy ta'limdagi ba'zi negativ holatlarning ham oldini oladi’
O`zbekistonda ta'lim islohotini amalga oshirishning muhim sohalaridan biri jahonda axborot texnologiyalarining inson hayotiga tobora keng kirib kelayotgani sharoitida ta'lim sohasining axborotlashuvidir’ Jamiyat rivojlanishining industrlashtirish etapidan axborotlashuvga o`tishning yo`li yangi axborot texnologiyalaridir’
Ta'limning axborotlashuvi yangi axborot texnologiyalarning quyidagi imkoniyatlaridan samarali foydalanish imkonini beradi:
har bir individga ta'lim olish imkoniyatini beradigan ochiq ta'lim tizimi;
bilish jarayonini tashkil etishni o`zgartirish;
ta'limni axborot-metodik ta'minlashni boshqarishning samarali tizimini yaratish;
ta'lim jarayonida o`quvchilarning bilish faoliyatini samarali tashkil
etish;
kompyuterlarning o`ziga xos xususiyatlaridan foydalanish, bular: bilish
jarayonini tashkil etish imkoniyati, ta'lim jarayoniga faoliyatli yondoshuvni qo`llab-quvvatlash, ta'lim jarayonini individuallashtirish va printsipial yangi bilish vositalarini tashkil etish;
masofaviy ta'limning turli darajalarini yaratish, rivojlantirish va takomillashtirish’ Bundan tashqari yangi axborot texnologiyalari bir qancha printsipial yangi didaktik vazifalarni yechishga yordam beradi;
kompyuter grafikasi va kompyuter modellashtirishi vositasidan foydalanish asosida murakkab biologik va texnik tizim ichidan mikro va makro olamdagi voqealar va jarayonlarni o`rganish;
katta yoki kichik tezlik bilan o`tadigan real har xil fizik, ximik, biologik va ijtimoiy jarayonlarni o`rganishni qulay masshtab va vaqtda takdim etish’
Bunda o`quvchilar bilimlarni muntazam bo`laklar asosida va ularning o`zlashtirilishini nazorat qilishni ham o`zi ichiga olgan tizim shaklida o`rganadilar (ya'ni kompyuter darsliklar, test yoki nazorat dasturlari, lug`atlar, o`quv materiallari bazasi, o`quv videofilmlari)’ Ya'ni o`rganilayotgan ob'ekt, jarayon va hodisalar modeli asosida ko`rilgan va ularni ko`rsatadigan o`quv materiallari tizimli bo`laklarga (modellarga) bo`lib o`rganiladi (o`xshash modellar, o`sha holatning predmeti vositasi va uning asosida laboratoriya praktikumlari, trenajyorlar, o`yin dasturlari ishlash)’
Ta'limni axborotlashuvi muammosini yechishga ilmiy yondoshish
o`quvchilarning kompleks bilim, ko`nikma va malakalar, shaxsiy sifatlarni shakllantirish orqali professional vazifalarni samarali bajarish va axborotlar jamiyatida o`zini qulay sezish kabi axborotlashuv vazifalarini hal etish eng yakin
kunlardagi maqsaddir’ Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, ko`pgina yosh o`qituvchilar sinfda paydo bo`ladigan vaziyatlarni bartaraf etishga qiynaladilar, sinfni samarali boshqara olmaydilar’ Tajribali o`qituvchilar bu sohada malum bir muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritganlar’
Do'stlaringiz bilan baham: |