Mavzuning dolzarbligi


Ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlashda darsni oldindan loyihalashning o`ziga xosligi



Download 155,52 Kb.
bet23/25
Sana31.12.2021
Hajmi155,52 Kb.
#223723
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Aytmuratova Komila

Ta’limning sifat va samaradorligini ta’minlashda darsni oldindan loyihalashning o`ziga xosligi

O`qituvchi mahorati darsni aniq rejalashtirishda o`z aksini topadi’ Darsni shunday rejalashtirish lozimki unda nima qilinishi mo`ljallanayotganligi aniq o`z aksini topsin va boshqacha reja tuzish mumkinligiga o`rin qolmasin’ Ba'zan yosh o`qituvchilar va amaliyotga chiqqan talabalar faoliyatida darsni rejalashtirish sohasida xatolarga yo`l qo`yilganligining guvohi bo`lamiz’ Yosh o`qituvchilar va talabalar faoliyatida yo`l qo`yilayotgan xatolarni quyidagi guruhlarga bo`lish mumkin’



  1. Maqsadda aniqlikning yo`qligi’ Ya'ni talabalar aslida nima qilishlari va nimani o`rganishlari aniq belgilanmaydi’

  2. Ta'lim maqsadining talablari darsning natijasi bilan to`g`ri kelmagan hollar bo`ladi’

  3. O`rganish uchun tavsiya qilingan materiallar darsning maqsadiga to`g`ri kelmaydi’

  4. O`qituvchi berayotgan yo`llanmalar talabaning darsda bilimlarni samarali

o`rganishini ta'minlamaydi’

  1. Dars rejasida ko`rsatilgan talabalarning xulqlri dars maqsadini amalga oshirishning samarali vositasi bo`la olmaydi’

Umuman tuzilgan rejalar qayta ko`rib chiqilishi va xatolarni bartaraf etish ustida ishlanishi lozim’

Dars rejasi sizni va sizning talabalaringizni ma'lum natijalarga erishishingizga asos bo`lishi lozim’ Darsni shunday rejalashtirish lozimki uni boshqacha yo`l bilan amalga oshirishga o`rin qolmasin’ Har qanday darsning



tayanch printsipi rejada aks etishi lozim’ Bu printsip darsni eng yaxshi va oson yo`llar bilan samarali maqsadga erishishni ta'minlashini ko`zda tutadi’ Shuning uchun ham dars rejasi qo`yilgan maqsadni amalga oshirish uchun bir qancha elementlarni o`z ichiga olishi lozim’ Buni quyidagicha ko`rsatish mumkin’

  1. Taxminiy axborot: Bu axborot rejaning chegaralarini va bo`limlarini belgilab beradi, ya'ni: a) dars kimga mo`ljallangan, talabalarning darajalari; b) ma'lum o`quv predmeti; v) darsning qismlari; g) o`qituvchining ismi sharifi’

  2. Reja qismlari: Rejaning qismlari darsda belgilangan maqsadni talabalar tomonidan o`zlashtirilishi va o`qituvchining ta'sirini, talab qilingan material va baholash yo`llarini aks ettirgan bir necha bosqichlarni o`z ichiga oladi’ Bu bosqichlarning aniq algoritmi dars loyihasida ko`rsatiladi’

Dars loyihasining har bir elementida ma'lum bir malakalarni shakllantirish maqsadi bo`lib, ularni bir qancha ta'lim metodlari talablari va amaliy ishlar vositasida amalga oshiriladi’

Dars loyihasida quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:

  1. Mo`ljalni belgilash-Talabalar diqqatini jalb qiluvchi faoliyatni aniqlash’ Tarqatma materiallar, xattaxtada yozib qo`yiladigan savollar, qo`yiladigan muammolar va hokazo’

  2. Maqsad - talabalar bugun nimani o`rganadi va natijada qanday ishni bajara oladi(malaka)’ Ular o`qituvchiga bugungi o`rganganlari asosida ma'lum bir faoliyat to`rini bajarib ko`rsata olishlari lozim’ Bu vazifani qanday bajarishni o`qituvchi belgilaydi’

  3. Kirish - o`qituvchi talabalar o`rganishi lozim bo`lgan materialni belgilaydi, kontseptsiyani ishlab chiqadi va malakalarni qanday qulay egallash yo`llarini ko`rsatadi’

  4. Modellashtirish (nomoyish qilish) - o`qituvchi o`rganilayotganlarni va natijada o`quvilar egallashi lozim bo`lgan ko`nikmani grafik shaklda ko`rsatadi yoki namoyish qiladi’

  5. Amaliy boshqaruv-o`qituvchi talabalar faoliyatini boshqaradi’ Ularning malaka egallashlari uchun qadamma - qadam raxbarlik qiladi’ Talabalarni eshitish,

ko`rish sezgilarini ishga soladi va faoliyatga kirishishlari uchun imkoniyat yaratadi’

  1. Tushunchalarni tekshirish-o`qituvchi turli savollar yordamida talabalarning qanchalik tushunganlarini dars davomida tekshirib, olg`a borish mumkinmi yoki yo`qligini aniqlaydi’ Agar olg`a borish mumkin bo`lmasa orqaga qaytib bajariladigan ishlarni belgilaydi’

  2. Mustaqil amaliyot-o`qituvchi talabalarni o`zlarini tekshirib ko`rishlari uchun imkoniyat yaratadi’ Talabalar mustaqil o`zlari o`rganganlarini tekshirib ko`radilar’

  3. Darsni tugallash - Darsni xulosalash oldida talabalar o`z ishlarini, o`rganganlarini o`qituvchiga so`zlab berish, namoyish qilish orqali ko`rsatadilar’

Amaliy mashqlar yoki rolli o`yin’ Topshiriq’

  1. O`z mutaxassisligingiz yuzasidan mavzu tanlang’

  2. Mo`ljalni belgilang:

    1. talabalarga nimani o`rgatmokchisiz?

    2. qanday tarqatma materiallar tayyorlaysiz?

v) qanday savollar, muammolarni o`rtaga tashlamokchisiz?

  1. Maqsadni aniqlang’

    1. talabalar nimani o`rganadi, natijada qanday ishni bajara oladi?

  2. Kirish’

    1. dars materialini belgilang’

    2. kontseptsiyani ishlab chiqing’

  3. Modellashtirish’

O`quvchilar egallashi lozim bo`lgan faoliyat to`rini ko`rsating yoki grafikasini chizing’

  1. Amaliy boshqaruv’

O`quvchilarni malaka egallashlarini qadamlarga bo`lib chizing va boshqaring’

  1. Tushunchalarni tekshirish uchun savollar tayyorlang’

  2. Mustaqil amaliyot yo`lini belgilang’

  3. Darsni tugallang’

Talabalar o`rganganlarini namoyish qilsinlar’

Darsni o`tkazish modeli’ Darsni o`tkazish modelini uchta kategoriyaga bo`lish mumkin’



  1. Ko`rgazmali izchillik’

  2. Dars sxemasi’

  3. Asosiy texnologik karta’

Bular og`zaki, yozma yoki grafik shaklda bilim, ko`nikma va malakalar shakllanishini ta'minlovchi ta'sirlardir’ Buni dars davomida og`zaki tushuntirishlar (ya'ni, eshitish) yoki harakatli ko`rsatishlar (ya'ni, bajarish) metodlaridan foydalanib, yaxshi natijaga erishish mumkin’

Darsda belgilangan vazifalar tahlili’ O`qituvchi darsni taxminan rejalashtirar ekan rejadagi sifatlarni bolalarga o`rgatish va ularda shu ko`nikma va malakalarni qanday shakllantirish yo`llarini izlashi lozim’ Buning uchun o`qituvchi o`zini o`quvchi o`rnida tasavvur etib, bu ko`nikma va malakalarni bir necha qismlarga bo`ladi’ Shundan keyingina o`qituvchi har bir qismni ko`rgazmali tashkil etadi va belgilangan ko`nikmani o`quvchi egallashini ta'minlaydi’

Ba'zi o`qituvchilar belgilangan ko`nikmani talabaga o`rgatish uchun boshidan oxirigacha ko`rsatib, gapirib beradi’ Bunda “tugal material” (ya'ni izohlangan ko`nikma) odatdagi kabi dars jihozi hisoblanadi’

O`qituvchi modelni tushuntirgach talaba mustaqil ish paytida unutib qo`yishi o`qituvchidan unutgan qismini qayta so`rashi mumkin’ Masalan, men 4 - qismni unutdim, mumkin bo`lsa menga yana bir ko`rsating’ Shundan keyin o`qituvchi talabaga eslatish uchun individual yordam beradi’ Yoki talaba ko`rsatilgan ko`nikmani bajarayotganda o`qituvchi yo`l ko`rsatib turadi’ Siz 3 - qismni to`g`ri bajardingiz’ Siz 4-qismdasiz orqaga qaytib, ishni boshidan boshlab bajaring’ Tekshirib ko`ring, to`g`ri bajardingizmi? kabi’ Talaba bajarishi kerak bo`lgan ishni ko`radi va nusxa ko`chirgan kabi bajarib, unutganini eslaydi’

O`qituvchi ishni yaxshi bajargan o`quvchilarni rag`batlantiradi’ Doktor Fred Jones dars dizayniga (jihoziga) ta'lim samaradorligini ta'minlaydigan yangi

elementni qo`shdi’ Bu quyidagicha: darsni optimal tashkil etishning birdan bir yo`li talabalarning o`z faoliyatini tanqidiy nazorat qilishi va xatolarini bartaraf eta bilishidir’ Faqat shundagina talabalar yanada ko`proq ko`nikmalarni egallaydilar’ Ular ongli fikrlash va yanada yaxshiroq tushunishga erishadilar’ Buning birdan-bir yo`li “hamroxingga o`rgat” metodini qo`llashdir’

Uni qo`llash yo`li quyidagicha:


  1. Sinfni birinchi va ikkinchi hamkor qismlarga bo`lish kerak’

  2. Darsni o`tish modelidan foydalanib, birinchi hamkor ikkinchisiga, ikkinchi hamkor birinchisiga modeldagi qismni o`rgatadi’

  3. O`qituvchi xohlovchilarga ta'lim metodini modellashtirib avval eshitish yo`li bilan keyin ko`rsatib (kuzat va bajar) model qismlarini ko`rsatadi’ Keyin talabalar o`qituvchi aytgan va ko`rsatganlarini aniq takrorlaydi’

  4. O`qituvchi sinfni nazorat qilish uchun o`ziga 2 ta ixtiyoriy hamkorlarni tanlaydi’ U modelning birinchi qismini aytib, ularni bajarishni suraydi’ Shunday yo`l bilan o`qituvchi hamkorlarga modelni basqichma - bosqich o`rgatib boradi’

  5. O`qituvchi sinfdagi hamkorlarga birinchi qism bo`yicha bir - biriga o`rgatishni aytadi’ Bu ishni bajarilishini nazorat qilib, baholab, xatolarni bartaraf etishni ko`rsatadi’ O`qituvchining hamkorlari esa unga sinfni nazorat qilish va baholashga yordam ko`rsatishadi’

  6. Bu ish usuli modelning boshqa qismlarini bajarishda davom etadi’

Bu usul talabalarni bir - biriga va o`ziga talabchan bo`lishga, ishini tanqidiy baholay bilishga va xatolarni bartaraf eta olishga o`rgatadi’

Ta'lim maqsadlarini aniqlash sohasida maslahatlar’ Darsda maqsadni belgilashdan oldin o`qituvchi o`quvchilar bajarishi va o`rganishi lozim bo`lgan xatti-harakatlar doirasini aniqlashi zarur’ Darsda belgilangan maqsadning afzalligi va boshqalardan farqli tomonlari ajratib ko`rsatilishi kerak’

An'anaviy dars rejalari, darsda aniq andozaning belgilab berilishi va u asosda ishlashga majbur etish o`qituvchi uchun zararli bo`lib, undagi ijodiy ishlash, ijodiy fikrlash malakalarini bug`adi, o`qituvchini bir qolipda ishlaydigan robotlarga aylantirib quyadi, undagi pedagogik mahoratning shakllanishiga halaqit

beradi’ Darsda ta'limning aniq maqsadi belgilanishi muhim’ Ta'lim maqsadlarini aniq belgilash dars strategiyalarini rivojlantirish, kashf etish imkoniyatini beradi’ Bu esa talabalarni belgilangan maqsad asosida tarbiyalashga katta imkoniyat yaratadi’ Bu faqat talabalar uchungina ham emas, balki shu sohaga qiziquvchi manfaatdor kishilar uchun ham imkoniyatdir (raxbar, dekanlar, ota-onalar, talabalar va hokazo)’ Chunki aynan shu qiziquvchilar ta'lim sohasiga o`z e'tirozlarini aytadilar’ O`qituvchilarni bilimsizlikda, o`z manfaatini ko`zlashda, liberallikda, baholashdagi sub'ektivlikda ayblaydilar’ Ularning ayblovlarini ko`pincha o`qituvchi tan olgisi kelmaydi’ Shunda o`qituvchi uni ayblovchi ota- onaning urniga o`zini qo`yib ko`rsa kamchiligi yaqqol ko`zga tashlanadi’



Masalan, o`qituvchi o`quvchiga ertagacha kontinentlarni o`rganib kelish topshirig`i-ni bergan’ Ota-onadan o`quvchi yordam so`raganda ular topshiriq nima haqidaligini tushunmaydilar: Ya'ni kontinentlar nomini aytish kerakmi? Yoki ularning nomini kattasidan kichigiga qarab tizimli izoxlash kerakmi? Kontur kartada belgilash kerakmi? Yoki bizning Davlatimizga, nisbatan yo`nalishini belgilash kerakmi? Agar ularning nomini keltirish kerak bo`lsa qaysi ro`yxatdagi nomlardan foydalanish kerak’ Ba'zi ro`yxatlar Yevropa va Osiyoni bitta kontinent deb belgilaydi, ba'zilarida Avstraliyani alohida belgilaydi, ba'zilari esa Avstraliyani Okeaniya kompleksiga kiritadi’O`qituvchi bergan topshiriq asosida o`quvchi darslikda keltirilgan nomlardan foydalanish kerak’

Download 155,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish