KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik davri O’zbekiston tarixida tom ma’noda islohotlar davri bo’lib kirdi desak xato bo’lmaydi. Zero, har qanday davlat o’z tizimi mohiyatidan kelib chiqib maqsad-muddaolarini belgilar ekan, maqsad-muddaolar mazmunidan kelib chiqib, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ma’lum islohotlarni amalga oshiradi. Ushbu islohotlar o’z navbatida buyuk kelajakning asosi bo’lgan – ta’lim-tarbiya tizimida ham chuqur va istiqbolli islohotlarni amalga oshirishni zaruriyatga aylantirdi.
Ma’lumki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash’ vazifalari belgilab qo’yilgan’ Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg’or pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda’ Yurtboshimiz I’A’Karimov ta’biri bilan aytganda, “Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yo’liga qadam qo’yib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan o’tishni ta’minlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg’unligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilg’or texnologiyalarni egallagan insonlargina o’z oldimizga qo’ygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha o’zimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz”‘1
Ta’lim – aqlli, ongli, jismoniy va g’oyaviy sog’lom, kasb-kor ko’nikmalariga ega, vatanparvar, mard, jasur, vijdonli, burch-ma’suliyatli, baynalminallik va tadbirkorlik sifatlariga ega bo’lgan, shu bilan birga erkin fikrli shaxslarni shakllantirishga qaratiladi.
Tarbiya – yosh avlodni ob’ektiv va sub’ektiv ta’sirlar asosida axloqiy, aqliy, amaliy, jismoniy shakllanish jarayoni bo’lib, tarbiyachi o’zi xohlagan sifatlarni
1 Prezident I.A.Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni baqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim shart mavzusidagi Xalqaro konferensiyada so’zlagan nutqidan’ – Toshkent, 2012 yil, 17 fevral
tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga yo’naltirilgan tizimli ta’sir ko’rsatishiga aytiladi. Tarbiya mazmuni ta’lim va ma’lumot olish jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmuni bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ularning natijalarini o’zida aks ettiradi.
Metodlar yordamida ta'limning maqsadi amalga oshiriladi’ Metodlar ‘qituvchi va o‘quvchilaming nazariy hamda atnaliy bilimini ta'lim olish borasidagi vazifalami bajarishga qaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |