Ta’lim jarayonida tabiiy rivojlanish va ijtimoiylashuv tamoyili’ Tabiiy jarayonlar mohiyatini bilish ta’lim jarayonini samarali, o’quvchilarning yosh xususiyatlari, senzitiv rivojlanish davrlari, rivojlanishning keyingi bosqichiga o’tish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish imkonini beradi’ Tamoyilning mazmuni ta’limni ijtimoiylashtirish, o’quvchilar tomonidan ijtimoiy tajribani individual qonuniyatlar asosida o’zlashtirilishi bilan izohlanadi’
O’qituvchi faoliyatini tashkil etishda e’tibor birinchi navbatda faoliyat usullari va jarayonlarining o’zaro muvofiq bo’lishiga qaratiladi’ Bu holat me’yoriy talab sifatida qabul qilinadi’ Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim o’quvchiga o’quv materialining mazmunini, vazifa yoki topshiriqlarni, faoliyat usullari hamda uslublarini tanlash imtiyozini beradi’ Tanlash imkoniyati o’quvchini qaror qabul qilish, mustaqil izlanish va javobgarlikni his qilishga undaydi’ Shu bois o’quv faoliyatining muqobil modellarini ishlab chiqish va ularni o’quvchiga taklif etish maqsadga muvofiq’
Loyihalashda o’quvchini o’quv faoliyatiga yo’naltiruvchi usullar, mustaqil ta’lim shakli, o’z-o’zini rivojlantirish va o’zini hurmat qilish imkoniyatlarini
aniqlash zarur’
Texnologik jarayonni boshqarishda o’qituvchining faoliyati texnologik operatsiyalar tarzida tashkil etiladi’ Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan barcha vositalar o’zaro bog’liq moddiy (darslik, o’quv qo’llanmalari, ko’rgazmali hamda namoyishli vositalar, laboratoriya jihozlari va h’o’lar) va ma’naviy (teskari aloqa, o’qituvchi yoki o’quvchi namunasi, xatti-harakatlari, nutqi va boshqalar) kabi guruhlarga ajratiladi’
Ta’lim jarayonida o’qituvchi loyihasini amalga oshirishda uning shaxsiy sifatlari, ya’ni, kasbiy mahorati, motivatsiya, pedagogik qobiliyat, xarakter, temperament, ruhiy holati, o’z-o’zini anglashi va hokazolar namoyon bo’ladi, ta’lim jarayonini loyihalashda o’qituvchi loyihachi va bajaruvchi sifatida loyihani amalga oshirishning qulay yo’lini tanlaydi’ Axborot ta’minotini loyihalash tamoyillari ta’lim jarayoni loyihasida axborot ta’minoti shakllantirishga xizmat qiladi’ Ijtimoiy-iqtisodiy ta’minotni loyihalash tamoyili iqtisodiy maqsadga muvofiqlikni ta’minlashni anglatadi’ Ta’lim jarayonini ijtimoiy-iqtisodiy loyihalash ta’lim menedjerining vazifasidir’ Barcha ta’lim muassasalari faoliyatini loyihalashda ta’lim jarayoni ishtirokchilari, jamiyat hamda davlat (ijtimoiy buyurtma)ning ehtiyoj va imkoniyatlarini hisobga olish, ularni to’ldirishi zarur’
Do'stlaringiz bilan baham: |