90-rasm. Oq laylakning uchib ketish yo'li (qizil rangdagi chiziq); qishlov joylar (sariq rangda); in qurib bola ochadigan joylari (yashil rangda).
o'chib yuruvchi qushlar. Yil fasllariga qarab joyini o'zgartirib turadigan qushlar ko'chib yurivchi qushlar deyiladi. Go'ngqarg'a, olaqarg'a, zog'cha va qorayaloqlar sovuq tusha boshlashi bilan gala bo'lib qor kam, oziq mo'lroq bo'lgan joylarga uchib ketadi.
Uchib ketuvchi qushlar. Bunday qushlar kuzda birmuncha sovuq yoki mo'tadil iqlimli joylardan issiq mamlakatlarga uchib ketadi va o'sha joylarda qishlaydi (90-rasm). Uchishdan oldin ular gala hosil qiladi.
Qushlar har xil paytda uchib ketadi. Qaldirg'och, bulbul, zarg'aldoq va laylaklar ancha barvaqt, ya'ni yoz oxirlarida yoki erta kuzda, hali uya qurgan joyda havo iliq va oziq mo'l bo'li-shiga qaramasdan uchib ketadi. O'rdak, g'oz va oqqush kech kuzda, yashash joyidagi suv havzalari muzlab, oziq topolmay qolganidan so'ng uchib keta boshlaydi. Qushlar qishlov joyiga doimo bir xil yo'ldan uchib boradi.
Qushlarning uchib ketish sabablari. Qushlarning uchib ketishi yashash joyidagi iqlimning mavsumiy o'zgarishiga moslashishdan iborat.
Shimoliy va o'rta mintaqalarda yashaydigan qushlar yil-ning eng qulay issiq davrida uya qurib, jo'ja ochadi va uni boqib, voyaga yetkazadi. Ular yilning noqulay, oziq kam bo'ladigan qish mavsumi boshlanishidan oldinroq qishlov joylariga uchib ketadi. Qushlarning bahorda o'z vatanlariga uchib kelishi ko'pa-yish instinkti bilan bog'liq. Kuzda kunlarning qisqarishi qushlarning qishlov joyiga uchib ketishi uchun signal bo'ladi.
Qushlarning uchib ketish yo'lini aniqlash. Qishlov joyiga uchib ketayotgan qushlarning yo'l topishida quyoshga qarab mo'ljal olish qisman ahamiyatga ega. Chunki ko'pchilik qushlar kunduzi oziqlanib, kechasi uchadi. Tajribalarda ularning yulduz-larga qarab yo'l topishi aniqlangan. Ayrim qushlar Yer magnit maydonining o'zgarishini qabul qilishi ham mumkin.
Qushlarni halqalash. Qishlov joyi, uchib ketish yo'li, tarqa-lishi va umr ko'rishini aniqlash maqsadida qushlar halqalanadi. Buning uchun qushning oyog'iga halqalash markazining manzili yozilgan yengil halqa kiydirilib uchirib yuboriladi. Halqalangan qushni tutib olgan kishi halqani yechib olib, uni xat orqali ko'rsatilgan manzilga yuborishi kerak. Halqalash orqali O'rta Osiyo laylaklarining Shimoliy Hindistonda, Yevropa laylaklari-ning Janubi-Sharqiy tropik Afrikada; bulbullarning tropik Afrika-da, qaldirg'ochlarning Afrika va Hindistonda qishlashi aniqlangan.
Hayot tarzining yil fasllariga qarab o'zgarishiga binoan qushlar o'troq, ko'chib yuruvchi va uchib ketuvchi guruhlarga ajratiladi. Kun uzunligi-ning qisqarishi qushlarning kuzda qishlov joylariga uchib ketishi; ko'payish instinkti esa ularning bahorda o'z vataniga uchib kelishi uchun signal bo'ladi.
Qushlarning uchib ketishi iqlimning mavsumiy o'zgarishi ta'siriga uzoq davr davomida moslanishidan iborat. Qushlarning uchib o'tish yo'llari va qishlov joylari ularni halqalash orqali o'rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |