Mavzu: Zoologiya fani va uning vazifalari. Hayvonlarning xilma-xilligi va ahamiyati. 1 §



Download 4,94 Mb.
bet190/217
Sana05.04.2022
Hajmi4,94 Mb.
#529087
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   217
Bog'liq
7- sinf zoologiya konspekt

Kunduzgi yirtqichlar turkumi. O'rta Osiyo hududida kunduzgi yirtqichlardan qora kalxat, miqqiy, tasqara, jo'rchi, burgut, qarchig'ay va boshqalar uchraydi.
Qora kalxat vohalar, to'qaylar va tog'larda, xullas, daraxtlar bo'lgan hamma joyda uchraydi. Uchib borayotgan kalxatni ayri dumiga qarab oson bilib olish mumkin. Kalxat Markaziy Afrika va Janubiy Osiyoda qishlaydi, mart oylarida uchib kelib, daraxt-larning shoxiga in quradi. Kalxat juda foydali qush bo'lib, ko'pincha baqalar, kemiruvchilar, har xil hasharotlar, shu-ningdek, kushxonalarning tashlandiqlari va o'laksalar bilan oziqlanadi; mayda qushlarni ham tutib yeydi. U havoda baland uchib, o'lja axtaradi.
Tasqara — o'lkamizda uchraydigan qushlarning eng yirigi. Tanasining uzunligi 1,5 m ga, qanotlarini yozganda kengligi 3 m gacha yetadi; uning og'irligi 6—12 kg, boshi va bo'ynidagi pat­lari juda siyrak bo'ladi. Tasqarani uchganida keng va uzun qanot -laridagi oqish patlarini panjasimon yozilishiga qarab bilish mumkin. U havoda uzoq vaqt qanot qoqmasdan ucha oladi, lekin yerda beso'naqay qadam tashlaydi. Tasqara hayvonlarning o'laksasi bilan oziqlanadi. Sayhonlik ustida soatlab uchib, o'laksa izlaydi. Tasqaraning tirnoqlari kuchsiz bo'lganidan tirik hayvon-larga hujum qilolmaydi. Lekin juda kuchli, uchi qayrilgan tumshug'i bilan hayvonlar terisini yirta oladi.
Ko'pchilik kunduzgi yirtqichlar zararkunanda kemiruvchilar va hasharotlarni qirib, qishloq xo'jaligiga foyda keltiradi. Boshqalari esa ko'pincha kasal va qari hayvonlarni yo'q qilib, boshqa hayvonlarning kasallanishi oldini oladi; hayvonlar naslini sog'lomlashtirishga yordam beradi.
Yapaloqqushlar turkumi. Yapaloqqushlar — tunda hayot kechirishga moslashgan yirtqichlar. Ularga faqat qorong'i tushgandan so'ng ov qiladigan yapaloqqushlar: ukki, boyo'g'li, boyqushlar kiradi. Yapaloqqushlar tumshug'ining uchi qayrilgan, tirnog'i o'tkir bo'lib, tirik o'ljani tutishga imkon beradi. Ularning ko'zlari katta, ko'z qorachig'i keng ochiladi. Shuning uchun g'ira-shira yorug'likda ham mayda hayvonlarni ko'ra oladi. Sezgir quloqlari esa tunda shitirlagan ovozni ham ilg'ab oladi. Patlari g'ovak va yumshoq bo'lganidan uchganida ovoz chiqmaydi. Tungi yirtqichlarning yuzi yapaloq yuraksimon bo'lganidan yapaloqqushlar turkumiga kiritilgan.




Ukki — yapaloqqushlar orasida eng yirigi. Boshining ustida quloqqa o'xshash ikki to'p pati dikkayib turadi. Ukki ko'proq turli kemiruvchilar bilan oziqlanadi; ba'zan o'rgimchaklar va ayrim qushlarni ham tutib yeydi.
Boyo'g'li — ukkiga nisbatan ancha kichik. Kechqurunlari simyog'och yoki daraxtlarning qurigan shoxida o'tirib olib, o'lja poylaydi. Bu qush o'simliklarga ziyon keltiradigan qo'ng'iz, chigirtka va kemiruvchilarni qirib, juda katta foyda keltiradi.
Qushlarning ahamiyati. Qushlar zararkuranda hasharotlar va kemiruvchilarni qirib, tabiatda ular sonini cheklab turadi. Qush­larning o'zi ham ko'pchilik hayvonlar uchun oziq bo'ladi. Ular meva va urug'lar bilan oziqlanib, o'simliklarning tarqalishiga yor­dam beradi. Nektarchi qushlar esa gullarni changlatadi. Kaklik, qur, qirg'ovul, o'rdak, g'oz, bedana, kaptar va boshqa qushlar go'shti uchun sanoat miqyosida yoki sport usulida ovlanadi. Den­giz o'rdagi — gaaganing uyasiga to'shaydigan pari yengil sanoatda foydalanish uchun yig'ib olinadi. Qushlar axlati esa azot va fos-forli moddalarga boy o'g'it hisoblanadi.
Qushlarni muhofaza qilish ularni bezovta qilmaslik va uyasini buzmaslikdan iborat. Qushlarni dalalarga jalb etish uchun dalalar chetida daraxtlar ekiladi.

Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish