Mavzu: Zoologiya fani va uning vazifalari. Hayvonlarning xilma-xilligi va ahamiyati. 1 §


Jo'ja ochadigan va jish bola ochadigan qushlar



Download 4,94 Mb.
bet180/217
Sana05.04.2022
Hajmi4,94 Mb.
#529087
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   217
Bog'liq
7- sinf zoologiya konspekt

Jo'ja ochadigan va jish bola ochadigan qushlar. Qirg'ovul, bedana, o'rdak, g'oz va tovuq-larning tuxumdan chiqqan jo'-jalarining tanasi par bilan qop­langan va ko'zi ochiq bo'ladi; jo'jalar ko'p o'tmay onasi orqasidan yugurib ketadi. Ular joj'a ochadigan qushlar deyiladi.
Kaptar, qaldirg'och, chumchuq, qarg'a, musicha, laylak hamda barcha yirtqich qushlarning tuxumdan chiqqan jo'jalarining ko'zi yumuq, quloq teshigi yopiq; yalong'och ta­nasi siyrak mayin parlar bilan qoplangan bo'ladi. Ularni ota-ona qushlar boqadi. Bunday qushlar jish bola ochadigan qushlar de­yiladi.
Nasliga g'amxo'rlik qilish. Qushlarning nasliga g'amxo'rlik qilishi tuxum bosish, jo'jalarni boqish, isitish va ularni himoya qilishdan iborat. Ona qushlar biron xavf tug'ilganida dushmaniga tashlanib, jo'jalarini himoya qiladi. Birgalikda uya quradigan qushlar, masalan, chug'urchuqlar dushmanini sezganida ovozi-ning boricha shovqin solib, boshqa qushlarni yordamga chaqiradi. Jo'ja ochadigan qushlarning urg'ochisi xavf tug'ilganida tovush bilan jo'jalarini ogohlantiradi; jo'jalari darhol bekinib oladi. Ona qush esa dushmanga tashlanadi. Yo'rg'a tuvaloqning urg'ochisi yirtqich hayvonning e'tiborini o'ziga tortish va jo'jalaridan uni nariroqqa olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatga kelib qanotlarini sudraganicha yirtqichning oldiga tushib yugura boshlaydi. Qushlar oziq bo'ladigan narsa topganida ham ovoz chiqarib, jo'jalarini chaqirib oladi.
Qushlarning kelib chiqishi. Qushlar qadimgi sudralib yuruv-chilardan kelib chiqqan. Eng qadimgi qush — arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan (89-rasmlar). Jag'lari,
daraxtda yashaganligini ko'rsatadi. Lekin arxeopteriks hozirgi qushlarning ajdodi bo'lolmaydi. Ularning ajdodi protoavis hisob­lanadi.
Qushlarning ko'payishi juft hosil qilish, uya qurish, tuxum bosish, bola ochish va bola boqish davrlarini o'z ichiga oladi. Qushlar yirik va qalin po'choqli tuxum qo'yadi. Tuxum ni ko'pincha urg'ochisi, ba'zan urg'ochisi va erkagi navbatlashib bosadi. Tuxumdan chiqqan jo'jalarining tuzilishiga binoan qushlar jo'ja ochadigan va jish bola ochadigan qush­larga bo'linadi. Jish bola ochadigan qushlar murakkab uya quradi, bola-larini boqadi. Ularning bolalari patsiz, ko'zi yumuq bo'lib tug'iladi. Qushlar qadimgi sudralib yuruvchilarning havo muhitiga moslashishi tufayli kelib chiqqan. Eng qadimgi qush — arxeopteriksning qazilma qoldiqlari topilgan.
Mustahkamlash:

  1. Qaysi qushlar doimiy juft hosil qiladi?

  2. Qaysi qushlarning jufti doimiy bo'lmaydi?

  3. Qushlarning uyasi qanday shakllarda bo'ladi?

  4. Qushlar tuxumi qanday tuzilgan?

  5. Jo'ja ochadigan qushlar uchun xos bo'lgan belgilar nimadan iborat?

  6. Jish bola ochadigan qushlar uchun xos xususiyatlar nimadan iborat?

Uyga vazifa:
1. Kakku o'z tuxumini:

  1. kosasimon uyasiga qo'yadi;

  2. daraxt kovagidagi uyasiga qo'yadi; d) boshqa qushlar uyasiga tashlab ketadi.


Download 4,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish