Mavzu: Yirik iflosliklarni tozalash texnologiyasi
REJA:
Kirish
Paxtaning ifloslanganligi haqida, tozalagichlarning tasniflanishi.
3. Mayda va yirik iflosliklarni tozalash mashinalarining tasnifi va tuzilishi
4. Tozalash mashinalarning loyihalariga qo`yiladigan texnologik talablar
5. Xulosa
6. Foydanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mamlakatimiz iqtisodining jadal rivojlanishida to`qimachilik, yengil va paxta sanoatining o`rni katta ahamiyatga ega, ayniqsa, yaqin yillarda milliy boyligimiz paxta hamda jun, mo`yna, lub toalalari, ipak kabi xom ashyolarining barchasidan o`zimizda to`liq mahsulot ishlab chiqarish uchun olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar ushbu soxaga yanada katta mas`uliyatni yuklaydi.
To`qimachilik va yengil sanoatda ishlatiladigan xom ashyolarning tabiiy (paxta, jun, mo`yna, lub toalalari, ipak) va kimyoviy (viskoza, kapron, lavsan va boshqa) kabi turli tumanligi, jarayonlarning xaddan ziyod differentsiallashganligi, ishlov beriladigan xom ashyo, mahsulot turi va navi bo`yicha jihozlarning tor doirada maxsuslashtirilishi 5000 dan ortiq nomdagi texnologik mashina va jihozlarni tayyorlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mahsulotning o`tishlar sonini qisqartirish, o`ramlar o`lchamini kattalashtirish, jarayonlarni avtomatlashtirish, yanada unumdor jihozlarni tayyorlash, ularning gabaritlarini kichraytirish, avtomatik oqim bo`yicha ishlaydigan liniyalarni yaratish va boshqa uzluksiz talablar to`qimachilik, yengil va paxta sanoatiga qo`yilgan yuqoridagi vazifalarni bajarishni yanada murakkablashtiradi.
Asosiy talablar mehnat va jihozlarning unumdorligini oshirishni amalga oshirish aksariyat to`qimachilik, yengil va paxta sanoati mashina va jihozlarining tezliklarini juda ham oshirilishiga sabab bo`ldi. Oxirgi 40-45 yil davomida, masalan, paxtadan piliklash mashinalarida pilikni ishlab chiqarish 40-60 dan 350-500 m/min gacha oshdi. Paxta-ip sanoatiga pnevmomexanik yigirish mashinalarini tadbiq etilishi munosabati bilan mashinalarning eshish mexanizmlarining tezligini 3-4 barobarga oshirishga va ularni 30000-45000 ayl/min ga yetishiga olib keldi. Pnevmatik va pnevmorapmrali to`quv dastgohlarining asosiy valini 300-350 ayl/min da ishlashiga imkon yaratildi. Yuqori tezliklarda ishlaydigan to`qimachilik, yengil va paxta sanoati mashina va jihozlarini yaratish yanada aniq hisoblash ishlarini bajarishni, yanada mustahkam va yengil materiallar qo`llashni hamda mashinalarning mexanizm va detallarining aniqligini oshirishni talab qiladi. Buning uchun yangi to`qimachilik, yengil va paxta sanoati mashinasozligi korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruktsiyalash, ularning konstruktorlik byurolarini va tarmoq ilmiy-tekshirish institutlarini kengaytirish hamda ularning moddiy-texnik bazalarini mustahkamlash zaruriyatini tug`diradi.
Mashina va jihozlarning iqtisodiy samaradorligini belgilovchi asosiy ko`rsatkichlar quyidagilardir: mashina va jihozning unumdorligi, mashina va jihozning ishlab chiqargan mahsulot birligining tannarxi; mehnat unumdorligi; ishlab chiqarish maydonining birligidan olingan mahsulot; chiqindilar miqdori, elektr energiya, suv va bug`ning ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga sarfi va h.k.
To`qimachilik, yengil va paxta sanoati mashinasozligining asosiy muhim vazifalaridan biri mamlakatimizda ishlab chiqariladigan to`qimachilik, yengil va paxta sanoati mashinalari konstruktsiyasi va tayyorlash sifati bo`yicha chet ellarda ishlab chiqilgan mashinalardan ustun bo`lishiga erishishdir. Buning uchun muhandis-mashinasozlar, konstruktorlar va texnologlar to`qimachilik, yengil va paxta sanoati uchun yuqori unumdorli, ishonchli va uzoq muddat ishlaydigan avtomatlashtirilgan jihozlar yaratish uchun chuqur ilmiy-texnik bilimlarga ega bo`lishi kerak.
Har bir muhandis-konstruktor konstruktorlik hisoblarini bajarishni, har tomonlama texnologiyaboplikni hisobga olgan xolda detalni loyihalashni, ular uchun materialni ratsional ravishda tanlashni, loyihalanadigan mashinaning ishonchliligini va uzoq muddat ishlashini belgilashni, iqtisodiy va texnik estetika talablarini hisobga olishni, mashina va mexanizmni yaratishda tajribaviy tadqiqotlarni rejalashtirishni va bajarishni bilishi zarur. Ushbu masalalarning umumiy ko`rinishdagi qisqacha bayoni mazkur darslikda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |