Mavzu: Yirik iflosliklarni tozalash texnologiyasi reja


Paxtaning ifloslanganligi haqida, tozalagichlarning tasniflanishi



Download 475,33 Kb.
bet2/4
Sana27.09.2022
Hajmi475,33 Kb.
#850407
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliyot-Yirik iflosliklarni tozalash texnologiyasi

Paxtaning ifloslanganligi haqida, tozalagichlarning tasniflanishi


Chigitli paxta tarkibidagi yirik va mayda iflosliklar faqat o`lcham tavsiflaari bilan emas, balki ko`rsatib o`tilganidek o`rnashuv joylari, tola bilan bog`lanishlari kuchliligi va aktiv yoki passiv tavsiflanish kabi texnolologik xususiyatlari bilan farqlanishlari tufayli paxtani tozalash mashinalari konstruktsiyalari ikki asosiy yo`nalish bo`yicha rivojlanib kelmoqda:
1. Paxtani yirik iflosliklardan tozalash mashinalari
2. Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinalari
Paxta tozalagichlar avvalo texnologik vazifasiga ko`ra mayda va yirik iflosliklardan tozalovchi ikki guruhga ajratiladi. O`z navbatida mazkur ikki guruh mashinalari texnologik, konstruktiv va ekspluatatsion belgilar bo`yicha bo`linadilar.
Mayda ifloslik tozalagichlari turli belgilar bo`yicha quyidagicha tasniflanadi.
- Paxtani tozalash usuli bo`yicha –pnevmatik, pnevmomexanik va mexanik;
- Paxtaga ishchi organi ta`sir etishining karraliligi bo`yicha – bir marta va ko`p marta ta`sir qiluvchi;
- Texnologik tizimga ulanishi bo`yicha individual va bateriya tozalagichlari, va bateriya tozalagichi unumdorligi jinlar bateriyasi unumdorligiga, individual tozaligining unumdorligiga bitta jin unumdorligiga mos bo`lishi kerak;
- Asosiy ishchi organlari soniga qarab – bir barabanli va ko`p barabanli;
- Asosiy ishchi organ tuzilishiga qarab barabanli va shnekli;
Yirik ifloslik tozalagichlari ham shunga o`xshash tarzda quyidagicha tasniflanadi;
- Ishlatiladigan joyiga qarab – paxta tozalash korxonalari va paxta tayyorlash maskanlari quritish-tozalash tsexlarida qo`llanadigan ko`chmas va dala sharoitida va paxta terish mashinalari ishlatadigan ko`chma;
- Bir turdagi ishchi bosqichlari soniga qarab – bir bosqichli va ko`p bosqichli yirik ifloslik tozalagichlari
- Unumdorligi va texnologik jarayondagi o`ringa qarab – individual va bateria tozalagichlari, va bunda bateriya tozalagichlari, va bunda batereya tozalagichlari unumdorligi jinlar batareyasi unumdorligiga, individual tozalagich unumdorligi bitta jin unumdorligiga to`g`ri kelishi kerak;
- Paxta bilan taminlanganligini bajarish usuliga qarab-mashinada ishlayotgan operator tomonidan qo`lda bajariladigan va maxsusboshqaruvchi qurilma yordamida avtomatik bajariladigan yirik ifloslik tozaligichlari.
- Ajratib chiqariladigan ifloslik xor-xos turiga qarab oddiy yirik ifloslik tozalagichlari va xam yirik ham mayda iflosliklarni ajratadigan kombinatsiyalangan yirik ifloslik tozalagichlari
- Asosiy ishchi organning paxtaga ta`sir qilishi karraligi bo`yicha –bir marta va ko`p martali ta`sir qiluvchi.

Tajribalar o‘tkazish uchun tadqiqotchilar tomonidan paxtani yirik ifloslikdan tozalash imkonini beradigan maxsus qurilma tayyorlangan. (1-rasm).


1-rasm. Paxtaning tarkibidagi yirik iflos aralashmalarni tozalaydigan qurilmaning sxemasi: 1- shaxta, 2- ta’minlovchi valiklar, 3- qoziqli baraban, 4- arrali baraban, 5-qo‘zg‘almas cho‘tka, 6- aylanuvchi kolosnik, 7- qo‘zg‘almas kolosnik, 8- cho‘tkali baraban.


Bu qurilmada shaxtadan 1 kelayotgan paxta ta’minlovchi valiklar 2 yordamida bir tekisda qoziqli baraban 3 ga yetkazib berilgan. Qoziqli baraban 3 paxtani titib to‘rli yuza bo‘ylab sudrab mayda iflosliklardan tozalab arrali baraban 4 ga bergan. Arrali baraban 4 ning tishlariga paxtani ilashtirib berish maqsadida qo‘zg‘almas cho‘tka 5 o‘rnatilgan. Arrali baraban tishlariga ilashgan paxta bo‘lakchalari aylanuvchi 6 va qo‘zg‘almas 7 kolosniklar yuzasiga urilib yirik iflos aralashmalardan tozalanadi. Arrali baraban tishlariga ilashgan paxta bo‘lakchalari cho’tkali baraban 8 ajratib olinadi. O’tkazilgan tajribalar natijasiga asosan aylanuvchi kolosnik va ikkita qo‘zg‘almas kolosnik o‘rnatilganda mashinaning tozolash samaradorligi 6-8 % oshganligi isbotlangan.
Sh.Nabiev (6) tomonidan УХК agregatida paxtani yirik iflosliklardan tozalash bo‘limlarida kolosniklar orasidagi masofa o‘zgarishining tozalash samaradorligiga va ajratilayotgan chiqindidagi paxta bo‘lakchalari miqdoriga ta’sirini o‘rganish maqsadida tadqiqotlar olib borilgan.
Izlanishda namligi 8,2 %, iflosligi 4,9 %, An-Boyovut 2-sanoat nav, 1-sinf paxta tozalangan. Birinchi bosqichda asosiy tozalash bo‘linmasida kolosniklar orasidagi masofaning ratsional ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha izlanishlar olib borilgan.


Bu natijalardan, yirik iflosliklardan tozalash bo‘yicha asosiy tozalash bo‘linmasida eng samarali ko‘rsatkichi ikki kolosnik orasidagi masofa 60-80 mm bo‘lganda erishilgan. Bu ko‘rsatkichda chiqindi tarkibidagi paxta miqdori 18,9-28,7 % ni, chigitning mexanik shikastlanishi eng kam 2,2-2,3 % tashkil etdi.


Paxtani tozalash samaradorligini oshirishda tozalash jarayonida paxta massasi katta ahamiyatga ega. Natijadan ko‘rinib turibdiki, ikkinchi tozalash bo‘linmasiga umumiy paxta miqdorining o‘rtacha 25 % tozalanadi. Shu sababli bu jarayonda tozalashning ketma-ket usulidan, ya’ni tozalash jarayoni ketma-ket tozalash texnologiyasiga asoslangan, ya’ni tozalanayotgan paxtaning 65-75 foizi birinchi tozalash barabanida, qolgan qismi keyingi barabanlarda tozalanishga asoslangan texnologiya yuqori samara beradi
Mavjud tozalagichlar regenratsiya bo‘limlarida kolosnik orasidagi masofa esa 40 mm. Bu ko‘rsatkichda chiqindilar tarkibida paxta bo‘lakchalari miqdori yuqori saqlanib kelinmoqda. Shu sababli, ikkinchi bosqichda regenratsiya bo‘linmasida kolosniklar orasidagi masofa o‘zgarishining tozalash samaradorligiga, chiqindi tarkibidagi paxta miqdoriga, chigitning mexanik shikastlanishiga va erkin tola miqdoriga ta’siri o‘rganilgan.
Asosiy va regeneratsiya bo‘limlarida kolosniklar orasidagi masofaning o‘zgarishida tozalangan paxta tarkibida chigit shikastlanishi va erkin tolalar miqdorining o‘zgarishi sezilarli darajada emas. Olingan natijalar asosida tozalagichda asosiy ko‘rsatkich sifatida chiqindi tarkibida paxta bo‘laklari miqdori ekanligini hisobga olib УХК tozalash agregati regeneratsiya bo‘linmasida kolosniklar orasidagi ratsional masofa 30 mm bo‘lishini ta’kidlash mumkin.
Sh.Xakimov (7) tomonidan utkazilgan tadqiqotlar asosida tez yeyiluvchi qo‘zg‘almas cho‘tka o’rniga yangi ildiruvchi moslama taklif etiladi. Bu yangi ildiruvchi moslama paxta xomashyosining arrali baraban yuzasiga ildirish jarayonini o‘rganish uchun paxta xomashyosining arrachali baraban ildiruvchi moslamalar orasidagi harakatining nazariy modeli ishlab chiqilgan. Paxta xomashyosini yirik iflosliklardan tozalashda muhim bosqichlardan biri - paxta bo‘laklarini arrali baraban yuzasiga ilashtirib berishdir. Hozirgi mavjud tozalagichlarda arrachali baraban yuzasiga paxta xomashyosini ilashtirib berish uchun tez yeyiluvchan cho‘tkali moslama ishlatiladi. Vaqt o‘tishi mobaynida cho‘tkaning yeyilishi tozalagichning texnologik samaradorligini pasaytiradi. Tahlillar asosida tez yeyiluvchan qismiga yangi ildiruvchi moslama taklif kilingan. (2-rasm).
Bu hisoblarga ko‘ra ikki ildiruvchi kolosnik orasidagi masofa 15-16 mm bo‘lganda paxta arra yuzasiga ishonchli ilashadi. Undan yuqori masofalarda paxta xomashyosining tezligi va uning arra yuzasiga bosimi o‘zgarishi hisobiga paxta xomashyosining arrali baraban yuzasidan ajralib ketish xavfi paydo bo‘ladi.




2-rasm. Paxta xomashyosini yirik ifloslikdan tozalagich sxemasi
1 - ilashtiruvchi kolosnikli moslama, 2 - arrachali baraban, 3 - tozalovchi kolosniklar, 4 - to‘siq, 5 - ajratuvchi cho‘tkali baraban.
Taklif etilayotgan moslamani amaliy o‘rganish uchun laboratoriya uskunasiga navbatma-navbat mavjud cho‘tkali ildiruvchi moslama va taklif etilayotgan kolosnikli ildiruvchi moslamalar qo‘yilib qiyosiy tajribalar olib borildi.
Bu qiyosiy tadqiqotlar natijasida yangi ildiruvchi moslama qo‘llanilganda tozalash samaradorligi 4,6 % ga oshishi, tozalangan paxta xomashyosida erkin tola miqdori 0,016 % ga kamayishi, chiqindi tarkibidagi paxta xomashyosi miqdori mavjud va taklif etilayotgan moslamada boshlang‘ich paytda bir xil ekanligi aniqlandi. Lekin cho‘tkali moslamali tozalagichning ishlashi davrida, vaqt o‘tishi bilan cho‘tkalarning yeyilishi natijasida chiqindi tarkibida paxta bo‘laklari oshib bordi. Taklif etilayotgan moslama yeyilish darajasi juda kamligidan paxtadagi chiqindi miqdori kam o‘zgarishi aniqlandi. Bu ko‘rsatkich hisobga olinganda, taklif etilayotgan moslama yuqori iqtisodiy samara beradi.


3-rasm. ЧХ-3М2 «Mehnat» rusumli
o‘rnatilgan kolosnik.
4-rasm Rezinali nasadkali aylana kolosniklar seksiyali tozalagich. 1 -
aylana sterjen; 2 - rezinali nasadka.

Paxta xomashyosini arrali baraban yuzasiga ildirish moslamasini ishlab chiqarish sharoitida sinash natijalari amaliy sinov natijalarini tasdiqlangan. A.Abrorov tamonidan utkazilgan tadqiqotlarda yirik iflos aralashmalarni tozalash




jarayonida paxta bo‘lakchasing kolosnik panjarasiga kelib urilishidagi zarba kuchini kamaytirish maqsadida kolosnikka rezinali nasadka kiydirilgan (4-rasm).
Buning natijasida paxtaning tarkibidagi yirik iflosliklarni tozalash jarayonida arrali barabanning tishlariga ilashtirib olingan paxta bo‘lakchalari kolosnik yuzasiga kelib urilishida chigitning shikastlanishi sezirlarli kamayadi.

5- rasm. Paxtani tozalovchi konus shakldagi kolosnikli panjara.


5-rasmda paxtaning tarkibidagi yirik iflos aralashmalarni tozalash jarayonida arrali silindr tishlariga ilashgan paxta bo‘lakchasining kolosnik yuzasiga urilishdagi zarba kuchini kamaytirish maqsadida kolosniklar elastik asosga o‘rnatilgani ko‘rsatilgan. Buning natijasida chigit shikastlanishi kamayadi va tola tarkibida turli-xil nuqsonlarning hosil bo‘lishining oldi olinadi. Shuningdek kolosniklarning konus shaklida o‘rnatilishi tozalash samaradorligining oshishga olib keladi.

Mayda iflosliklarni ajratish mashinalari texnologik liniyadagi o`rni va bajaradigan vazifasiga qarab individual va batareyali, ishchi organlarining chigitli paxtaga ta`siri jihatidan bir ta`sirli va qayta ta`sirli, ishchi organlarining soniga qarab bir barabanli va ko`p barabanli, konstruktsiyasi bo`yicha esa barabanli va shnekli xillarga bo`linadi.


Mayda qo`shilmalar chigitli paxtadan barabanli va shnekli tozalagichlarda yaxshi tozalanadi. To`rli sirtlar po`lat simlardan to`qilgan, har xil shakldagi ko`zli yaxlit tunuka yoki turli shakldagi kolosniklardan yasalgan bo`lishi mumkin (4.1-rasm).




Download 475,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish