3.Yangi mavzuni mustahkamlash va xulosa.
4. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan tayanch iboralarni yodlash.
O’qituvchi:
«Ko’rildi» ____________
______________________
|
MAVZU: TENNIS
Ta’limiy: TENNIS to’g’risida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: o’qituvchilarga estetik didni, Iqtisodiy, huquqiy madaniyatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni tez fikrlashga, xotirani mustahkamlashga, qiyoslash orqali xulosalar chiqarishga o’rgatish.
Darsning jihozi: darslik, taqdimot va rasmlar.
Darsning uslubi: intarfaol, aqliy hujum, klaster.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, navbatchi axboroti
O’tilgan mavzuni so’rash.
Yangi mavzu bayoni.
So‘ngi yillarda mamlakatimizda tennisni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Qisqa vaqt ichida xalqaro standartlarga javob beruvchi ajoyib tennis bazalari Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Qarshi, Buxoro, Guliston va boshqa shaharlarda qad ko‘tardi. Ularda turli darajadagi — o‘smirlar musobaqalaridan to jahon miqyosidagi turnirgacha bo‘lgan xalqaro musobaqalar o‘tkazilyapti. Bu sohani yanada kengaytirish va moddiy bazasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekistonda tennisni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etilgan.
Tennis — jahonda eng keng tarqalgan sport turlaridan biri bo‘lib, uni jahonning deyarli barcha mamlakatlarida o‘ynashadi. Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) dunyoning barcha burchaklarida bu o‘yinni rivojlantirishga doimiy yordam berib keladi.
Tennis o‘yini uchun tennis kortlari, sport zallaridagi maydonchalar, betonlangan yoki asfaltlangan maydon- chalar yoki oddiy, tekis, qattiq yer maydonidan foyda- lanish mumkin. Yuza chiziqlarining tashqi chegarasidan joy qolishi (2 m), kortlar orasida esa 1 — 2 m masofa bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. O‘yin o‘tkazish uchun mabodo tennis to‘ri bo‘lmasa, badminton uchun mo‘ljallangan to‘r yoki arqon yo unga o‘rnatilgan lentalardan foyda- lanish mumkin. Bu ham bo'lmaganda o‘yinni yerda oddiy chiziq chizib, o‘tka- zish mumkin. Tennis to‘rining balandligi markazida 96 sm, ustunlari esa 108 sm bo‘lishi kerak.
Tennis o‘yini uchun raketkaning uzunligi 45 — 65 sm (18 — 26 duym) bo‘lishi kerak. Bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan turli o‘lchamdagi bunday raketkalarni Slazenger, Dunlop, Wilson, Vonex va boshqa mashhur firmalar ishlab chiqaradilar.
3.Yangi mavzuni mustahkamlash va xulosa.
4. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan tayanch iboralarni yodlash.
O’qituvchi:
Do'stlaringiz bilan baham: |