3.Yangi mavzuni mustahkamlash va xulosa.
4. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan tayanch iboralarni yodlash.
O’qituvchi:
«Ko’rildi» ____________
______________________
|
MAVZU: Futbol musobaqasi qoidalari
Ta’limiy: Futbol musobaqasi qoidalari to’g’risida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: o’qituvchilarga estetik didni, Iqtisodiy, huquqiy madaniyatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni tez fikrlashga, xotirani mustahkamlashga, qiyoslash orqali xulosalar chiqarishga o’rgatish.
Darsning jihozi: darslik, taqdimot va rasmlar.
Darsning uslubi: intarfaol, aqliy hujum, klaster.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, navbatchi axboroti
O’tilgan mavzuni so’rash.
Yangi mavzu bayoni.
Futbol musobaqasi qoidalari
O‘yin oldidan darvoza tanlash va to‘pni o‘yinga kiritish yuzasidan qur’a tashlanadi. To‘p maydon markaziga qo‘yiladi va hakamning ishorasi bilan u o‘yinga kiritiladi.
To‘pni dastlab o‘yinga kiritishda, ikkala jamoa o‘yin- chilari o‘z maydonlarida bo‘ladilar. Gol kiritilgandan keyin, to‘p o‘tkazib yuborgan jamoa o‘yinni markazdan boshlaydi. Tanaffusdan keyin jamoalar o‘rin almashadilar. O‘yinni avval boshlamagan jamoa boshlaydi.
„Tortishuvli“ top. Bunda hakam qoidalarda ko‘zda tutilmagan sabab bilan o‘yinni to‘xtatadi. So‘ngra to‘pni ikki o‘yinchi orasida tepaga otadi.
O‘yindan tashqari holat. Bunda raqib jamoaning hujumchisi to‘pdan avval darvoza oldida paydo bo‘ladi. Buning uchun jarima sifatida erkin to‘p belgilanadi.
Raqibni ta’qib qilish. Bunda o‘yinchi jo‘rttaga raqib va to‘p orasiga kirib oladi, gavdasi bilan unga xalaqit beradi, shu bilan sherigiga to‘pni egallashiga imkon beradi. Jazo — o‘sha joydan to‘p tepishdir.
Jarima yoki erkin top tepish. Agar o‘yinchi raqibni tepsa, yiqitsa, chalib yiqitsa, unga sakrasa, turtsa, qo‘li bilan ursa yoki urmoqchi bo‘lsa, orqadan itarsa, ushlasa yoki to‘pni qo‘l bilan o‘ynasa, jarima to‘pi belgilanadi. Agar o‘yinchi bunday holatni o‘z jarima maydonida sodir etsa, 11 metrli jarima belgilanadi, boshqa paytda erkin to‘p tepiladi.
11 metrli zarb. U darvozadan 11 metr naridan tepiladi. Darvozabon va to‘p tepuvchidan tashqari barcha o‘yinchilar chetda turadilar (9 metr narida). Zarb berilmaguncha darvozabon o‘rnidan jilmaydi. Zarb berayotgan o‘yinchi to‘pni faqat darvozaga tepadi. To‘p darvozabondan qay- tadigan bo‘lsa, to‘p tepgan o‘yinchi uni takror tepmaydi.
Top tashlash. Bu ish to‘p chetga chiqib ketsa, o‘yinchi uni yon chiziqdan o‘yinga kiritadi. U to‘pni ikki qo‘llab boshi uzra irg‘itadi. To‘p tashlagan o‘yinchi unga qayta tegmaydi. To‘p o‘z darvozasi tomon tashlansa, burchakdan to‘p tepiladi.
Burchakdan top tepish. Himoyalanayotgan jamoa o‘yinchisi to‘pni chiziqdan chiqarib yuborsa, burchakdan to‘p tepish belgilanadi. Jamoa o‘yinchilari 9 metr uzoqda turadilar. Burchakdan to‘p tepganda u darvozaga kirsa, gol hisoblanadi.
Topni darvoza oldidan o‘yinga kiritish. Bunda to‘p hujumchi jamoa o‘yinchisidan tashqariga chiqib ketsa, to‘p darvoza oldidan o‘yinga kiritiladi. O‘yinchilar jarima maydonchasidan tashqarida turadilar.
Topga oyoq qo‘yish. Agar to‘p raqibdan noto‘g‘ri va qo‘pol ravishda olinsa, raqib o‘yinchisi himoyachining oyog‘iga qoqilib yiqilsa — erkin to‘p belgilanadi. O‘yin qoidalarida so‘kingan, haqorat qilgan, raqibni oyoq yoki qo‘l bilan urgan o‘yinchilarni jazolash ko‘zda tutiladi. Jazo — ogohlantirish yoki maydondan chiqarib yuborishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |