4.Yangi mavzuni mustahkamlash va xulosa.
5. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan tayanch iboralarni yodlash.
O’qituvchi:
«Ko’rildi» ____________
______________________
|
MAVZU: BASKETBOL
Ta’limiy: BASKETBOL tog’risida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: o’qituvchilarga estetik didni, Iqtisodiy, huquqiy madaniyatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni tez fikrlashga, xotirani mustahkamlashga, qiyoslash orqali xulosalar chiqarishga o’rgatish.
Darsning jihozi: darslik, taqdimot va rasmlar.
Darsning uslubi: intarfaol, aqliy hujum, klaster.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, navbatchi axboroti
O’tilgan mavzuni so’rash.
Yangi mavzu bayoni. Basketbol o‘yini ham sport o‘yinlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. Shu tufayli u O‘zbekiston Respublikasining yangi Davlat ta’lim standartlari va uning kollejlar uchun dasturidan munosib o‘rin egallagan. Bu o‘yinni butun dunyoda kichik ham, katta ham birdek qiziqib o‘ynaydi. Vatanimizga basketbol o‘yini 1920- yillardan kirib keldi. U hozirda barcha o‘quv muassasalarining dasturiga ham kiritilgan.
Aslida, bu o‘yin bundan 110 yil muqaddam AQSHda paydo bo‘lgan. Uni Springfild kolleji jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Jeyms Neysmit o‘ylab topgan va o‘z talabalari bilan o‘ynagan. O‘sha paytlarda to‘pni hozirgidek halqaga otishmas, balki oddiy savatga tashlashardi. „Basketbol“ inglizcha so‘z bo‘lib, u „basket“ — „savat“, „bol“ — „to‘p“ degan ma’noni anglatadi.
Basketbol juda qiziqarli va serqirra, harakatlarga boy o‘yindir. O‘yin chog‘ida tezlik bilan oldinga chiqishlar, birdaniga yon tomonlarga burilib to‘xtab qolishlar, to‘pni bir holatdan boshqa holatga o‘tkazib, to‘satdan uni sherigiga uzatib yuborishlar, o‘zi tezlik bilan bo‘sh joyga chiqib, yana o‘sha to‘pni ilib olib savatga otishlar yoki himoya to‘siqlariga uchrab to‘pni qaytarib berishlar ungagina xos- dir. Son-sanoqsiz sakrashlar, shchit tagida hujumda bo‘- lib, undan chiqib savatga to‘p tashlashlar ungagina te- gishli.
Basketbol bilan shug‘ullanish organizmning barcha muskullarini birdek, har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi. Tayanch-harakat apparati, ya’ni suyak-muskul hamda bo‘g‘inlarning harakatchanligini, qon aylanish va nafas olishni yaxshilashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda o‘sib kelayotgan yosh organizmning modda almashinuvini faollashtiradi.
Basketbol o‘yinida besh kishidan iborat ikkita jamoa ishtirok etadi. O‘zaro raqib hisoblangan har bir jamoaning asosiy vazifasi — bir-birlarining savatiga iloji boricha ko‘proq to‘p tashlash. O‘yin chog‘ida qaysi jamoa o‘yinchisining qo‘liga to‘p tushsa, o‘sha jamoa, o‘z o‘yinchilari bilan raqibiga qarshi hujumga o‘tishga haqli. Bordi-yu, jamoa qo‘lidagi to‘pni yo‘qotib qo‘ysa, u barcha 5 o‘yinchisi bilan himoyaga o‘tadi. Jamoaning g‘olibligi — ular to‘plagan ochkolarning ko‘p-kamligi bilan aniqlanadi. O‘yinda jamoa savatiga tushgan har bir to‘p 2 ochkoga hisoblanadi.
O‘yin uchun eng yaxshisi basketbol to‘pining o‘zi hisoblanadi. Uning og‘irligi 600 grammdan 650 gramm- gacha. Ba’zi hollarda, futbol to‘pini ishlatsa ham bo‘ladi. Chunki, basketbol o‘yini paydo bo‘lganda ancha vaqtgacha futbol to‘pidan foydalanilgan.
Basketbol maydoni, asosan, tekis joylarga quriladi. Masalan, bino ichida — taxta yotqizilgan pol ustida ham, yaxshilab tekislangan hovlida ham, asfalt-beton yotqizilgan yerda ham bo‘lishi mumkin. Shahar miqyosida bu masala deyarli o‘z yechimini topgan. Maktablar yetarlicha jihoz- langan basketbol maydoniga ega.
Aytish joizki, basketbol maydonini shahardan boshqa maskanlarda ham vujudga keltirish mumkin. Masalan, qishloq joylaridagi foydalanilmayotgan keng maydonlarda. Chunonchi, yerning katta-kichikligiga qarab, maydonning hajmini 28 — 15 metr yoki undan kichikroq — 22 — 24 metr, yoki 12 — 14 metr qilib tayyorlash mumkin. Maydonning yuzini yaxshilab tekislab urib chiqish kerak, chunki koptok yerga tekkanda sakrashi lozim.
Mini-basketbol o‘yini uchun 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ham kattalarga mo‘ljallangan (28 — 15 metrli) maydon ajratiladi, ammo jarima to‘pini tashlash uchun savatdan 4 metrli masofa belgilanadi. Shchitning o‘lchovi 90 X 120 sm bo‘lib, unga savat yerdan 2 metr 60 sm balandlikda o‘rnatiladi. To‘pning og‘irligi 450 — 500 gramm bo‘ladi. Basketbol savati rasmiy maydonda temir halqali bo‘lib, halqaning aylanasi 45 sm bo‘ladi, unga savat ingichka arqonchadan to‘qiladi.
Halqaga o‘rnatilgan savatning pastki qismi tor bo‘- lishi lozim, chunki tashlangan to‘p undan asta-sekinlik bilan o‘tib tushishi kerak. Savatning halqasi poldan 3 metr 5 sm balandlikka o‘rnatiladi. Toki bo‘yi eng uzun o‘yinchilar ham savatga o‘ziga yarasha mehnat qilib to‘p tushirsinlar. Savat shchitga mumkin qadar puxta o‘r- natiladi. Temirdan yasalgan ikki tomoni qayirma mix bilan mustahkamlanadi. Shchit oddiy taxtalardan yasalishi yoki atrofi temirli oynasimon plastik materialdan ishla- nishi mumkin.
Agarda haqiqiy halqa topil-
masa, unda halqani qo‘lbola qilib yasash ham mumkin.
Qo‘lda yasalgan shchitni 1,8 X 1,2 metrli halqali savati bilan maydonning yon chizi- g‘iga o‘rnatilgan ustunga mah- kamlash mumkin. Bordi-yu, buning ham iloji bo‘lmasa, bitta savatni devorga yoki ustunga o‘rnatib qo‘yilsa, shunda ham asosiy o‘yinlarni o‘rgatish va ikki tomonli mashg‘ulotni o‘tkazish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |