Mavzu: yengil atletika ta’limiy


Yangi mavzuni mustahkamlash va xulosa



Download 120,37 Kb.
bet7/13
Sana29.01.2022
Hajmi120,37 Kb.
#418902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
конспект

3.Yangi mavzuni mustahkamlash va xulosa.
4. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan tayanch iboralarni yodlash.


O’qituvchi:



«Ko’rildi» ____________


______________________


MAVZU: VOLEYBOL

Ta’limiy: VOLEYBOL tog’risida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: o’qituvchilarga estetik didni, Iqtisodiy, huquqiy madaniyatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni tez fikrlashga, xotirani mustahkamlashga, qiyoslash orqali xulosalar chiqarishga o’rgatish.
Darsning jihozi: darslik, taqdimot va rasmlar.
Darsning uslubi: intarfaol, aqliy hujum, klaster.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, navbatchi axboroti

  2. O’tilgan mavzuni so’rash.

Yangi mavzu bayoni.
Basketbol o‘yini qatori voleybolning dunyoga kelganiga ham yuz yilcha bo‘ldi. Bu o‘yin tez orada dunyoda ommalashib ketdi. Voleybol tomoshabop, chiroyli va kishilarni o‘ziga rom qiladigan sport turi hisoblanadi. Bu narsa: o‘yin qoidalarining soddaligi, unga zarur bo‘ladigan uskunalarning murakkab emasligi, shuningdek, voleybolni har qanday yoshdagi kishilar o‘ynay olishi bilan bog‘liq.
Voleybol o‘yini barcha mushaklarni rivojlantiradi, tez idrok yuritishga o‘rgatadi. Quvvatni, chaqqonlikni, chi- damlilikni, yengil harakatlanish sifatlarini va bu sifatlarni to‘g‘ri yo‘naltira olish hislatlarini o‘stiradi. Nafas olish, yurak- qon tomir faoliyatini mustahkamlaydi, aqliy charchoqni yozadi. Sakrab bajariladigan o‘yin vositalaridan hisoblanadi.
Voleybol gavdaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uni ortiqcha yukdan xolos qiladi. U jamoa bo‘lib harakat qilishga, o‘z shaxsiy manfaatlarini jamoa manfaatiga bo‘ysundirishga, intizomli bo‘lishga, sheriklarga yordam berishga o‘rgatadi. Voleybolning kishi tanasiga ijobiy ta’siri, uning ham- mabopligi, texnik jihatdan uncha murakkab emasligi kabi xususiyatlari — sog‘lomlashtirish ishida yaxshi natija berishini ko‘rsatmoqda. Aynan shular voleybol o‘yinini kollejlar o‘quv dasturiga kiritish imkonini berdi.
O‘yinning mohiyati. Voleybolni ikki jamoa bir-biriga qarama-qarshi turib o‘ynaydi. Maydonda bir jamoada 6 kishi ishtirok etadi. Jamoa o‘yinchilari to‘pni raqib tomonga (o‘rtada tortilgan to‘rdan oshirib) bir yoki ikki qo‘llab otadi. Shunday qilib, to‘p to yerga tushgunicha yoki maydondan chiqib ketguncha to‘rning u tomonidan bu tomoniga, qo‘ldan qo‘lga o‘taveradi.
Oxir oqibat, to‘p maydondan chiqib ketsa yoki yerga tushsa, shunda jamoalardan biri ochko oladi. Har bir jamoa to‘pni o‘zaro uch marta oshirishi mumkin, so‘ngra uni raqib tomonga o‘tkazadi. O‘yin jamoalardan biri 25 ochko to‘plagunicha davom etadi. Bu ochkoni to‘plagan jamoa g‘olib bo‘ladi va jamoalar o‘rin almashadilar. O‘yin uch yoki besh partiyadan iborat bo‘ladi. Ko‘proq partiyada g‘olib chiqqan jamoa yenggan hisoblanadi (masalan: 2 : 1 yoki

  1. : 2 hisob bilan).

O‘yin maydoni (18x9m) o‘rtasidan ko‘ndalangiga 2­2,45 m balandlikda setka-to‘r (eni 1 m.) tortiladi. Mashg‘ulotlar zal yoki ochiq havoda o‘tkazilishi ham mumkin. Ammo maydon atrofida turli xavfli narsalar: to‘nkalar, tunukalar bo‘lmasligi lozim. Maydon shunday joyda bo‘lishi kerakki, o‘yin chog‘ida quyosh nuri ko‘zga tushmasin. Maydon 5 sm kenglikdagi chiziq bilan o‘raladi. U ham maydon sathiga kiradi. Maydon o‘rtasidagi chiziq uni ikkiga bo‘lib turadi. Har bir maydonchaning to‘g‘ri chizig‘i orqasidan to‘pni o‘yinga kiritiladi.
O‘rta chiziq bo‘ylab (chetki chiziqdan 50 — 100 sm uzoqlikda) voleybol ustunchalari o‘rnatiladi. Ustunchada o‘g‘il bolalar uchun ilmoq balandligi 2 m 20 sm, qizlar uchun 2 m 10 sm; o‘smirlar uchun 2 m 35 sm, erkaklar uchun 2 m 43 sm, ayollar uchun 2 m 24 sm bo‘ladi.
Aytib o‘tganimizdek, voleybol to‘ri o‘rtadan tortiladi. To‘r bir xil rangda bo‘ladi (zalda rang ochroq bo‘lgani ma’qul). Uning og‘irligi 270 — 280 gramm bo‘ladi. O‘yinchilar kiyimi mayka, trusik va yengil poyabzaldan iborat. Jamoa bir xil rangdagi kiyim kiyadi. Jamoa sardori maykasining chap tomoniga belgi qo‘yiladi.
Voleybol musobaqasi qoidalari
O‘yin biron-bir jamoaning to‘p uzatishidan bosh- lanadi (avval jamoa sardorlari o‘rtasida qur’a tashlanadi). To‘pni uzatishga 5 soniya ajratiladi. Uzatishda kaftdagi to‘pga urish mumkin emas (uni, albatta, yuqoriga otish zarur). Agar to‘p urayotgan o‘yinchi to‘pni yuqoriga otgach, u gavdaning biron joyiga tegsa yoki ushlansa, to‘p uzatilgan hisoblanib, u raqib jamoaga beriladi. To‘p urish huquqini qo‘lga kiritgan jamoa o‘yinchilari soat millari bo‘yicha o‘rin almashadilar. To‘p o‘yinchilararo oshirilganda yoki hujumkor zarbda to‘rga tegsa, xato hisoblanmaydi. Har bir jamoa o‘z maydonida to‘pni faqat uch marta uradi, xolos (so‘ngra raqib tomonga yo‘naltirishi kerak). To‘pni gavdaning beldan yuqori har qanday a’zosi bilan urish mumkin. To‘pga qisqa va uzuq-yuluq tegish kerak. To‘siq qo‘yilgandan keyin jamoa uch zarb huquqiga ega. Raqib maydoni va to‘rga gavdaning har qanday a’zosi bilan tegish xato hisoblanadi.



Download 120,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish