3.Yangi mavzuni mustahkamlash va xulosa.
4. Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan tayanch iboralarni yodlash.
O’qituvchi:
«Ko’rildi» ____________
______________________
|
MAVZU: FUTBOL
Ta’limiy FUTBOL tog’risida ma’lumot berish.
Tarbiyaviy: o’qituvchilarga estetik didni, Iqtisodiy, huquqiy madaniyatni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni tez fikrlashga, xotirani mustahkamlashga, qiyoslash orqali xulosalar chiqarishga o’rgatish.
Darsning jihozi: darslik, taqdimot va rasmlar.
Darsning uslubi: intarfaol, aqliy hujum, klaster.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish, navbatchi axboroti
O’tilgan mavzuni so’rash.
Yangi mavzu bayoni.
Futbol tarixi ham uzoq o‘tmishlarga borib taqaladi. Futbolga o‘xshash o‘yinlar eramizgacha Sharq va antik dunyo davlatlarida mavjud bo‘lgan. O‘yinning nomi „Futbol“ — inglizcha „fut“ — oyoq va „bol“ — top so‘z- laridan kelib chiqqan. Hozirgi kundagi futbol qoidalari 100 yillardan beri o‘zgarishsiz qolib kelmoqda.
Futbol Yer yuzida o‘ta sevimli va ommabop o‘yin hisoblanadi. Bu sport turi o‘zining oddiyligi va qulayligi, o‘yinchilar o‘z mahorati va o‘zini tutishlarini namoyish eta olish imkoni borligi bilan ishqibozlarni jalb qiladi.
Shular qatori bu o‘yin o‘quvchilarning sog‘lig‘ini mustahkamlashga xizmat qiladi. Futbol bilan doimiy shu- g‘ullanish tezlik, chaqqonlik, chidamlilik, quvvatli bo‘lish, mo‘ljal olish kabi xislatlarni o‘stiradi. O‘yinda futbolchiga katta og‘irlik (nagruzka) tushadi, bu esa uning iroda kuchini tarbiyalaydi. Futbol, asosan, ochiq havoda o‘ynalgani sa- babli, o‘quvchilarning atrof-muhit ta’siriga chidamliligini oshiradi.
Futbolda ikki jamoa o‘zaro bahslashadi. G‘alabaga bo‘lgan intilish futbolchilarni jamoa bo‘lib harakat qilishga undaydi, o‘rtoqlik, o‘zaro yordam hissini tarbiyalaydi. Kollej o‘quv- chilarining bu o‘yinga ommaviy qiziqishi, uning texnik, taktik usullarini qo‘llab, raqib darvozasiga gol kiritishi ular- ni yangidan-yangi yuksak natijalar sari ilhomlantiradi.
Futbolda ikki jamoa 11 kishidan o‘yinchi o‘ynaydi. Minifutbolda darvozabon bilan 4 — 8 kishi. O‘yin chim yotqizilgan to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi maydonda o‘y- naladi. Maydonning uzunligi 100 — 110 m, eni 69 — 75 metr (minifutbol maydonining uzunligi 18 — 50 m, eni 12 — 35 m) bo‘ladi. Ikki tomon darvozalaridan bir xil masofada maydon o‘rtasidan chiziq tortiladi va markaz belgilanadi.
O‘yinchilar (darvozabondan tashqari) maydonda to‘pga qo‘l tekkizishlari mumkin emas. O‘yin 45 daqiqadan, ikki taym (12 — 13 yoshlilar uchun, minifutbolda 20 —25 daqiqa) o‘ynaladi, o‘rtada 15 daqiqa tanaffus beriladi. Raqib darvozasiga to‘p kiritish har bir jamoaning maqsadidir. Ikki taym davomida qaysi jamoa ko‘proq to‘p kiritsa, o‘sha jamoa yutgan hisoblanadi.
O‘yinda (dastlab) voleybol to‘plaridan foydalanilgan, keyinroq esa futbol to‘plari yaratilgan . O‘yinchilar kiyimi yengil futbolka, trusik va yengil poyabzallardan iborat bo‘ladi. Bir jamoa qattiq, boshqasi yumshoq poyabzalda o‘ynashiga ruxsat etilmaydi. Darvozabon kiyimining rangi hamda har ikkala jamoa o‘yinchilarining kiyimi ajralib turishi kerak. Sovuq paytda mashg‘ulotni issiq kiyimlarda o‘tkazishga ruxsat etiladi. Futbolkada o‘yin bayonnomasida qayd etilgan raqam yozilgan bo‘lishi shart.
Futbol mashg‘ulotlarida quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:
Eng avvalo o‘yinchi o‘zini bo‘lajak nagruzkaga tayyorlaydi. Mashg‘ulot asta yugurishdan boshlanadi, umumiy chigil yozish mashqlari bajariladi, turli usulda sakraladi, 10 — 30 metrga tez yuguriladi, yonboshga va orqaga yuguriladi. To‘siqlar chetlab o‘tiladi. To‘pni aniq tepish mashq qilinadi. U oyoqdan bunisiga sakraladi. So‘ng- ra osoyishta yurilib o‘yinga kirishiladi.
Maydonda intizom va tartibga rioya qilinadi (baqir- chaqir qilinmaydi).
Mashg‘ulot chog‘ida o‘yinchilarning maydondagi harakatlari kuzatiladi va ular o‘zaro to‘qnashib ketishlari- dan saqlanadi (ayniqsa, maydon ho‘l paytida).
Hakam bilan tortishish va o‘yinchilarni qo‘rqitish man etiladi. Qoidaga bo‘ysunmaganlar maydondan chiqarib yuboriladi.
Mashg‘ulotlar tugagach, to‘plar yig‘ilib, tegishli joyga qo‘yiladi.
Futbol o‘yinchilarining asosiy harakat usullari. Fut- bolchi maydonda oldinga, orqaga, yonga harakat qila olishi, o‘z gavdasini boshqara olishi, birdan to‘xtashi, yugura- yotib burila olishi zarur.
Futbolda yugurish asosiy harakat vositasidir. Bo‘sh joyga chiqib olish va raqib o‘yinchisini ta’qib qilishda oddiy yugurish qo‘llaniladi. Orqaga yugurishdan asosan himo- yalanuvchi o‘yinchilar foydalanadi va u qisqa, tez qadamlar bilan bajariladi. Oyoqlarni chalishtirib yugurishdan hara- katni chap yoki o‘ngga o‘zgartirishda, aldov qadamlardan foydalaniladi. U biroz bukilgan oyoqlar bilan bajariladi. Yonga birinchi to‘g‘ri qadam qo‘yilib, so‘ngra ikkinchi aldov qadami qo‘yiladi (oyoq harakati yuqoriga emas yonga bajariladi).
F utbolning asosiy o‘yin usuli top tepish hisoblanadi. To‘pni tepib darvozaga kiritiladi yoki sherikka oshiriladi. Futbolchilar to‘pni oyoq bilan ham, bosh bilan ham o‘ynaydilar. Dastlab joyida turgan to‘pni tepishga o‘rganiladi, so‘ngra yugurib kelib va joyda turib harakatdagi to‘pni tepish kabilar mashq qilinadi To‘pni oyoqning ichki tomoni bilan tepish. Bu usul asosan qisqa va o‘rta masofaga to‘p oshirishda, yaqin masofadan darvozaga to‘p yo‘llashda qo‘llaniladi. Buning uchun oyoq ortga cho‘ziladi va oyoqning ichki tomoni bilan oddiygina zarba beriladi. Bunday zarba berishni yugurib kelib ham bajarish mumkin. Qanchalik to‘pning pastiga tepilsa, u shunchalik balandga ketadi yoki aksincha. Agar to‘p oyoqning yuzi bilan tepilsa, uning o‘rta, ichki va tashqi qismlariga zarb berilgan bo‘ladi.
Oyoqning o‘rta yuzasi bilan top tepish. Futbolda bu zarb asosiy bo‘lgan va shunday bo‘lib kelyapti. Bu zarbda to‘p tez va uzoqqa uchadi. U yugurib kelib bajariladi. Tepuvchining oyog‘i orqaga cho‘ziladi. Zarb chog‘ida tepayotgan oyoq yerga tegib qolmasligi uchun tayanch oyoq uchiga ko‘tariladi. Bunday zarbdan to‘pni o‘rta va uzoq masofalarga uzatishda, darvozaga to‘p tepishda, jarima zarblarini bajarishda foydalaniladi. Oyoq kaftining tashqi tomoni bilan tepish. Bunday zarb to‘pni darvozaga tepishda, burchak va jarima zarblarini bajarishda qo‘llaniladi. U ro‘paradan yoki birmuncha yon tomondan yugurib kelib bajariladi. Oyoqni siltashda uning yuqori qismi buralgandek bo‘ladi.
Oyoq yuzining ichki qismi bilan burchakdan top tepish. Bunday zarb berish ko‘pincha to‘pni chetga oshi- rishda, erkin to‘p tepishda qo‘lla- niladi. To‘pni tepish uchun yugur- ganda yoysimon harakat qilinadi.
Oyoq uchi bilan tepish o‘yinchi raqib bilan to‘p talashayotib to‘pga zo‘rg‘a cho‘zilib yetayotganda qo‘llaniladi. Ayrim hollarda, darvozaga tayyorgarliksiz to‘p yo‘nal- tirishda ham bu zarbdan foydalaniladi. Oyoq uchi bilan zarb yugurib kelib yoki turgan joydan beriladi. Zarb chog‘ida oyoq uchi biroz o‘ziga tortiladi, shunda zarb to‘pning o‘rtasiga to‘g‘ri keladi, gavda biroz orqaga tortiladi.
Tovon bilan top tepish yoki oshirish orqaga yashirin, kutilmaganda uzatish uchun qo‘llaniladi. Bunda to‘p o‘yinchining yo‘nalishiga qarshi tomonga ketadi. Tovon bilan tepib to‘p oshirishda tayanch oyoq oldinga qo‘yiladi, shunda to‘p oyoq yonida bo‘ladi. So‘ngra boshqa oyoq bilan to‘pdan hatlab o‘tib, uning o‘rtasiga tovonni qo‘yiladi, shunda uni o‘zidan oshirib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |